Daromad samarasi - bu ne′mat narxi o`zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi talabiga ta′siridir. Daromad samarasi iste′molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u bir byudjet chizig`idan boshqa byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar majmuasiga o`tishini aks ettiradi. Almashish samarasi- bu naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining o`zgarishidir. Almashish samarasi biror X ne′mat narxini o`zgarishi natijasida biror Y ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig`i bo`yicha bo`ladi. Bozor sharoitida daromad samarasi va almashtirish samarasini ajratilishi, tovarlarga narx belgilashdagi qonuniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi Past kategoriyali tovarlar uchun daromad va almashtirish samaralari o`z xususiyatlariga ega
Bozor va tavakkalchilik Tavakkalchilikni o‘lchash. Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo‘ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki o‘ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo‘lishi mumkin.
Tadbirkor_ tavakkalchilikbilan oz ish vaqti, mexnati, ishdagi obro’si shuning bilan birga ozining sgaxsiy va oz kompaniyalari yoki aksionerlarning sariflagan mablag’lari garovga qoyib olib borishadi Tadbirkor kommersiya asosida yangi maxsulotlarni ishlab chiqarib ulardan foydalanish yangi ishlab chiqarish texnologiyalari yoki hatto biznesni tashkil etishning yangi shakillarini kundalik hayotga kiritib boradi