Xalqaro iqtisodiyotdagi klaster modellarini solishtirma xarakteristikasi
Qiyoslash mezonlari
Amerika modeli
G‘arbiy Yevropa modeli
Osiyo modeli
Lotin Amerikasi modeli
Rossiya model
Klaster tashkil etish maqsadi
Axborot tarqatish, marketing ishlarini yuritish, logistika masalalar
Innovatsion rivojlanishni avj oldirish maqsadida tarmoqli tuzilmalar
Subshartnoma asosida ishlab chiqarishni optimallashtirish innovatsion rivojlanish barqarorligi
Tor ixtisoslik yo‘nalishlarda innovatsion jarayonlarni kuchaytirish
Tarmoqli tuzilmalarni rivojlantirish
Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning rivojlanishi tahliliga ko‘ra, mazkur tuzilmalarning asoslari sifatida texnoparklar,texnologiyalar, yuqori texnologiya hududlarini e’tirof etish mumkin.
Ma’lumki, innovatsion jarayon texnologiyalar transferi asosida yotadi.Texnologiyalar transferi o‘zining chiziqli ko‘rinishda rivojlanishiga muvofiq qo‘yidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
fundamental ilmiytadqiqotlar;
110 amaliy tadqiqotlar;
innovatsion ishlanmalar;
yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
marketing va texnologiyalar tijorati (tayyor mahsulotlarni bozorga chiqarish).
Texnologiyalar transferining barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlarni amalga oshirish zarur:
olimlar tomonidan yaratilgan yangi g‘oyalar va yangiliklar zarur;
g‘oyadan to ilmiy hajmdor mahsulotga aylanish mumkin bo‘lgan real patentlangan ilmiy natijaga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish lozim. Buning uchun yetarli moddiy-texnik, tajriba-eksperimental va moliyaviy ta’minot kerak bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish tarmoqlari tomonidan investitsiya berilishi muhimdir;
ilmiy ishlanma ishlab chiqarish tarmog‘ining amalda qiziqishini uyg‘otishi va uni texnologik jarayonlarga joriy etilishi lozim;
sanoat sinovi uchun ishlab chiqarish tarmog‘ida tegishli infratuzilma va sharoit yaratilgan bo‘lishi zarur;
innovatsion mahsulot ichki va xalqaro bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega bo‘lishi lozim, ya’ni import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.
Xususiy vaaksioner kapital, venchur kapital ishtirokida, innovatsion jarayonni tashkil qilish, uni barcha bosqichlarida innovatsiyalarni amalga oshirish va taqdim etilgan maqsadli investitsiyalar mavjud sanoatga innovatsiyalarni targ‘ib qilish lozim.
Davlat yoki boshqa korxonalar topshirig‘iga asosan innovatsion jarayon oxirgi bosqichni tashkil qilish va boshqarish orqali menedjerlar guruhini ishga solish va zaruriy infratuzilmaniyaratish orqali amalga oshiriladi.
Shuni qayd qilish kerakki, ko‘pgina mahalliy ilmiy ishlanmalar butun sharoitda amalda bo‘lgan texnologiyalar va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning guruhiga to‘g‘ri kelmaydi. Ishlab chiqaruvchilarga tayyor va yaxshi reklama qilingan yangi texnologiya yoki mahsulotlarni sotib olish, ularning ishlab chiqarishdan ko‘ra osonroq hisoblanadi. Respublika 111 ishlab chiqaruvchilari hali ham yangi mahalliy ishlanmalarga mablag‘larni ishonchsiz qo‘ymoqda.
Davlat amaliy ilmiy-texnik dasturlari darajasida ilmiy loyihalarni moliyalashtirishda bu ishlarga qiziqqanlarni sanoat tomonidan ishtirok etishini ta’minlash va ayniqsa tarmoqlar,respublikaning Yetakchi sanoat obyektlari va ularning moliyaviy ishtiroki bilan yaratiladigan venchur fondlari loyihalar amaliy ishlanmalarning birinchi monitoringgini olib borish hamda innovatsiya bosqichiga o‘tkazishi zarur. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishda innovatsion loyihalarni venchur fondlari orqali moliyalashtirishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.Atkinson, Robert D. Innovation economics: the race for global advantage / Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University Press, 2012
2.Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.154.
3. https://www.youtube.com/watch?v=omYJhCLi9XIAn Insight, An Idea with Clayton Christensen - World Economic Forumwww.aup.ruIntellektualnыykapitalkaksredstvoinnovatsiy