3. Ichki va tashqi konvertirlash tushunchalariga izoh bering. - Konvertirlanmaydigan valyuta – bu, faqatgina ichki toʻlovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valyutaga ayirboshlanmaydigan milliy valyutadir.
Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valyutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishi imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi konvertirlashda xorijda toʻlovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valyutalarni konvertirlash koʻpgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.