Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 1-topshiriq boʻyicha berilgan savollarga javoblar: Valyuta tizimining mohiyatini va uning tarkibiy qismlarini aytib bering


Valyuta bozori davlat tomonidan qaysi usullar bilan tartibga solib turiladi? -



Yüklə 25,5 Kb.
səhifə2/7
tarix30.04.2023
ölçüsü25,5 Kb.
#126115
1   2   3   4   5   6   7
1-topshiriq Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 1

2. Valyuta bozori davlat tomonidan qaysi usullar bilan tartibga solib turiladi? - Bozordagi talab va taklif taʼsiri natijasida vaqti-vaqti bilan valyuta kurslari oʻzgarib turadi. Davlat valyuta kurslarini barqororlashtirish uchun valyuta bozorining amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud:
1. Zaxiralardan foydalanish. Valyuta kursini mustahkamlashning koʻproq qoʻllaniladigan usuli - rasmiy zaxiralar bilan bozorda manipulyatsiya qilish hisoblanadi. Oʻz-oʻzidan aniqki, valyuta zaxiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi chet mamlakatlar valyutalarining zaxirasidir (Masalan, AQSH dollari, YEVRO va h.k.).
2. Savdo siyosati. Valyuta bozoriga taʼsir koʻrsatishning boshqa tadbirlariga savdo va moliyaviy oqimlar ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qilishni kiritish mumkin. Masalan, AQSH dollarining yetishmasligi sharoitida valyuta kursini tegishli darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj yoki import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan mamlakat hukumati eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu orqali xorijiy valyuta taklifini koʻpaytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga keladigan asosiy muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi, uning tarkibini va savdo aloqalarini oʻzgartirib yuboradi, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikning buzilishiga hissasini qoʻshadi. Buning oqibatlarini hisobga olmaslik mumkin emas.
3. Valyuta nazorati. Boshqa muqobil variant valyuta nazorati hisoblanadi. Valyuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valyutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning yetishmasligi muammosini hal qilishi mumkin. Keyin, hukumat oʻz navbatida chet el valyutasining bu zaxirasini turli milliy importyorlar oʻrtasida taqsimlaydi. Shu yoʻl bilan hukumat milliy importni, milliy eksport hisobidan olingan chet el valyutasi miqdoriga cheklaydi.
Valyuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, savdo cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valyuta nazorati nisbiy ustunlik tamoiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi. Ikkinchidan, yetarli boʻlmagan valyuta resurslari ustidan valyuta nazorati jarayoni, soʻzsiz, alohida importyorlarni kamsitilishi bilan bogʻliq. Uchinchidan, nazorat tadbirlari isteʼmolchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi.
4. Ichki makroiqtisodiy tartibga solish. Valyuta kursi barqarorligini ushlab turishning oxirgi vositasi ichki soliq yoki pul siyosatidan shunday foydalanish hisoblanadiki, bunda tegishli chet el valyutasining yetishmasligi bartaraf qilinadi. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat milliy daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi. Chunki, import miqyosi milliy daromad darajasiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlib, bu oʻsha boshqa davlat buyumlariga va demak, xorijiy valyutaga talabning cheklanishiga olib keladi.



Yüklə 25,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin