9. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy natijalariga izoh bering. – Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 evro.
Advalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni biz quyidagi grafik vositasida ko’rib chiqamiz.
Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki talab hajmi esa D1 teng bo’lgan. Talab va taklif o’rtasidagi farq (D1-S1) import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo’lganida baholar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuqtada o’rnatilgan bo’lar edi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo’lgani va importga cheklovlar yo’qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil.
Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar ko’tariladi. Natijada: Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi).
Oqibatda ite’molchilar ma’lum bir yo’qotishlarga duch keladilar. Bu yo’qotishlar grafikda a,b,c,d sohalar bilan ko’rsatilgan.
Baholarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning o’sgan foydasiga aylanadi.
10. Importni yoqlovchi va unga qarshi bo'lgan fikrlarni taqqoslab, fikrlarga izoh bering. -Import (lot. importare — „olib kirish“) — biror molni mamlakatga sotish uchun olib kirish. Import mamlakati, deganda import qilinayotgan mol ishlab chiqarilgan mamlakat tushuniladi.
Import (ing . import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga oʻtkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qogozlar va b. keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sugʻurta, ilmiy-texnika bilimlari va b. xizmatlar harajatlari ham I. tarkibiga kiradi.
I. bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va b. notarif tarzdagi vositalar b-n tartibga solinadi. I.ning eksportaan ustunligi mamlakatning tash-qi savdosida salbiy saldoni vujudga keltiradi va bu hol mamlakatning umumiy iqtisodiy salohiyatida salbiy hodisa deb qaraladi.
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli toʻsiq sifatida bojxona bojlarini oshirish va cheklovlar qoʻyilishi tushuniladi.