Xalqaro savdoning shakllari va ular hajmini belgilovchi omillarni tushuntirib bering. A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasi kamchiligi nimalarda ko'rinadi?
2. Xalqaro savdoning shakllari va ular hajmini belgilovchi omillarni tushuntirib bering. A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasi kamchiligi nimalarda ko'rinadi? - xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An`anaviy ko`rinishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko`rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo`llanmoqda:
1) barter – tovarlarni to`g’ridan-to`g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini birbiriga taqqoslash uchun pulning qiymat o`lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;
5) kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko`ra, texnologik asbob-uskunalar etkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko`rinishidagi) bo`yicha to`lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni etkazib berish orqali amalga oshiriladi;
6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo`shimcha xomashyo etkazib berish orqali to`lash;
7) kliring operatsiyalari, ya`ni o`zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv. Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar barcha hajmida barter bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid – 55 foiz, kompensatsion bitimlar – 9 foiz, kliring operatsiyalari 8 foizni tashkil etadi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo`yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protektsionizm (tashqi ta`sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to`liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi.
Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to`g’risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko`ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o`ziga xosligiga tayangan holda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko`p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega.
SHunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. CHunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo`ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko`proq mahsulotga ega bo`ladi.
A.Smit modelini ko`rib chiqayotganda tahlil uchun foydalaniladigan ba`zi shartlarni keltirish talab etiladi:
1) Dunyoda faqat ikkita mamlakat mavjud.
2) Mamlakatlarda faqat ikkita mahsulot ishlab chiqariladi.
3)Mamlakatlar orasida tovarlar savdosi cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
4)Xalqaro savdo muvozanatlashtirilgan (import eksport bilan to`lanadi).
5) Faqatgina mehnat tovar bahosiga va unumdorlikka ta`sir ko`rsatadi.
6) Ishlab chiqarish omillari mamlakat orasida ko`chib yurmaydi.
7) Mehnat va mahsulotni chiqishi orasidagi nisbat doimiy.
8) Ishlab chiqarish omillari tarmoqlar orasida mutlaq ko`chib yurishi mumkin.
9) Har ikki mamlakatda va ikki tarmoqda sof raqobat muhiti mavjud bo`ladi.