Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 2-topshiriq boʻyicha berilgan savollarga javoblar: Xalqaro savdoni rivojlantirishning ob“yektiv va sub“yektiv sabablari nimalardan iborat?


Iqtisodiy o'sish tushunchasi va uni o'lchash usullarini izohlab bering. -



Yüklə 29,05 Kb.
səhifə3/6
tarix30.04.2023
ölçüsü29,05 Kb.
#126117
1   2   3   4   5   6
2-topshiriq Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 2

3. Iqtisodiy o'sish tushunchasi va uni o'lchash usullarini izohlab bering. - Iqtisodiy о‘sish tо‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish plaridarajasini uzoq muddatli kо‘payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy о‘sish jami taklifning о‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial YAIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy о‘sish muammosini о‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi – cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi. Demak, iqtisodiy о‘sish omillari va ular samaradorligini о‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy о‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining о‘sishi, shuningdek, jon boshiga tо‘g‘ri keladigan real daromadlarning о‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy о‘sish ikki xil usul bilan о‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy о‘sish real YAIMni о‘tgan davrga nisbatan о‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Bunda, joriy yildagi real YAIM (Yt) hajmining bazis yildagiga (Yt-1) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz kо‘rinishidagi о‘sishi aniqlanadi, ya’ni:



Yt
DY= ------------ x 100
Yt-1

Ikkinchi usulda iqtisodiy о‘sish aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan real YAIMning о‘tgan davrga nisbatan о‘zgarishi sifatida aniqlanadi.


Iqtisodiy о‘sish nazariyasi va modellarida YAIM о‘rniga SIM, YAMD, SMD kо‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy о‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bо‘linishiga bog‘liq deb qaraladi. Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning pirovard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining о‘zgarishi resurs imkoniyatlarining о‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini aks ettiradi. Iste’mol va investitsiya о‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy о‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.



Yüklə 29,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin