Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi


I.G‘arbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo‘li



Yüklə 119,69 Kb.
səhifə10/21
tarix28.05.2022
ölçüsü119,69 Kb.
#116371
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
kurs ishi Abdulaziz

I.G‘arbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo‘li.
Bunda bozor iqtisodiyotiga evolyusion o‘zgarishlar orqali o‘tib boriladi. XX asrning 30-yillariga kelib, ayniqsa 50-yillardan bu jarayon yanada tezlashdi. Bu modelni iqtisodchilar klassik model deb atashadilar. U bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin. CHunki, klassik modelda bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalari, hayotiyligi sinab ko‘rilgan. Klassik modelning o‘zi ham 3 ga bo‘linadi:

    1. Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli ko‘proq fuqarolar manfaatini himoya qilish, uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish, aholining haddan ziyod tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulkining ulushining boshqa modellarga qaraganda ko‘pligi (25-30%) bilan ajralib turadi. Bu model Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlariga xos.

    2. Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modelida esa davlat tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni tartiblashda ustun darajada taktik usullardan foydalanish, iqtisodiyotda davlat mulkining hissasi (10% atrofida) kamligi, aholining tabaqalanishi, ish haqidagi farqning kattaligi bilan ajralib turadi. Bu modelni qo‘llagan eng tipik mamlakat sifatida AQSH ni ko‘rsatish mumkin.

    3. Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini himoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berish, davlat mulki hissasi kamligi, lekin ish haqidagi farq haddan tashqari katta emasligi bilan farqlanadi. Bu muhim muvaffaqiyat bilan Yaponiyada va uning izdoshlari bo‘lgan mamlakatlarda qo‘llangan.

II.Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo‘li.
Bu yo‘l mustamlakchilikdan qolgan qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lidir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar turli xo‘jaliklar: azaliy natural xo‘jalik, rivojlanish darajasi, bozor munosabatlariga tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay, transformatsiya (aylana borishi) orqali yuz beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o‘tish: a) bozor infrastrukturasini yaratish; b) iqtisodiyotni borqarorlashtirish; v) sanoat tarmoqlarini (ayniqsa qayta ishlovchi) vujudga keltirish orqali yuz beradi.
Bu mamlakatlar uchun bozor iqtisodiyotiga kirib borish mustaqillik garovi hisoblanadi. Sababi bozor iqtisodiyotiga o‘tish ishlab chiqarishning jadal o‘sishiga olib keladi.

Yüklə 119,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin