Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi



Yüklə 119,69 Kb.
səhifə14/21
tarix28.05.2022
ölçüsü119,69 Kb.
#116371
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
kurs ishi Abdulaziz

Birinchi vazifa – davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish.
Ikkinchi vazifa – ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Uchinchi vazifa – milliy valyuta-so‘mni yana ham mustahkamlashdan iborat.
To‘rtinchi vazifa – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettiriladi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo‘jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to‘liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar erkin qo‘yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi.
Lekin bundan respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish maqsadiga to‘liq erishildi va bu sohada qo‘yilgan vazifalar to‘liq bajarildi degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo‘yadi.
Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir»4. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

  • Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

  • Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;

  • Mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;

  • Kichik va o‘rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustivor o‘rin olishiga erishish;

  • Mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini ta’minlash;



Yüklə 119,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin