Iqtisodiyot nazariyasi


Islom taraqqiyoti banki ITB guruhi keng miqyosdagi faoliyatga jalb etilgan



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə2/6
tarix16.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#125436
1   2   3   4   5   6
Sultonbek

Islom taraqqiyoti banki ITB guruhi keng miqyosdagi faoliyatga jalb etilgan: - a’zo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashish; - a’zo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish; - loyihaviy moliyalashtirish (shu jumladan, davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyilida);
- kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash (shu jumladan mikromoliyalash xizmatlari);
- a’zo-mamlakatlar mablag‘larini safarbar qilish;
- eksportni kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash hamda qayta sug‘urtalash;
- a’zo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta’lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish;
- a’zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda yordam ko‘rsatish;
- a’zo-mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa faoliyat shakllari.
ITB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
ITB a’zo-mamlakatlarga, davlat va xususiy sektorga qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqalar kabi qishloq xo‘jaligi va infratizilma loyihalarini moliyalashtirish uchun qarzlar beradi. Ushbu loyihalar ustuvor hisoblanadi va a’zo-mamlakatlar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Tashkil topgan vaqtidan boshlab ITB moliyalashtirgan mablag‘lar umumiy hajmi 2013 yilning oxiri holatiga 97,8 mlrd.dollarni tashkil etdi, undan 46,9 mlrd.dollari(48%) loyihaviy moliyalashtirishga, 49,8 mlrd.dollari savdoni moliyalashtirishga va 0,7 mlrd.dollari(1%) maxsus yordam uchun yo‘naltirildi.
Osiyo taraqqiyot banki — xalqaro mintaqaviy bank. Bankni tuzish haqidagi bitim 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan boʻlib 1966-yil 22-avgustda kuchga kirgan. OTB tarkibiga aʼzo sifatida BMTning iqti-sodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha Osiyo—Tinch okean komissiyasiga aʼzo boʻlgan davlatlargina kiritilishi mumkin. Hozirda bankka 61 mamlakat aʼzo.
 
Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga koʻmaklashishi, moliyaviy, texnik va iqtisodiy yordam koʻrsatish. Bank xususiy sektorni rivojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini saqlashga alohida eʼtibor qaratadi. OTB tomonidan 1968—83 yilda 9,2 mlrd. dollar odatdagi kredit va 4,2 mlrd. dollar maxsus fond krediti berilgan. OTBning nizom jamgʻarmasi — 43,6 mlrd. AQSH dollariga teng. Bankning har qanday qarorini hamkorlikda 1/3 ovozga ega boʻlgan AQSH va Yaponiya toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Ularning har biri nizom jamgʻarmasining 15,9% miqdorida ulushga ega. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yilda OTBga aʼzo boʻlgan. Respublikaning ushbu bankdagi kvotasi 310,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. hozirgi paytda Oʻzbekistonda OTB ishtirokidagi umumiy miqdori 625,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin