Iqtisodiyot nazariyasi


Mehnat resurslari shakllanishi va ulardan foydalanish



Yüklə 220,06 Kb.
səhifə8/13
tarix06.06.2023
ölçüsü220,06 Kb.
#127851
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
sHAHLO KURS ISHI

Mehnat resurslari shakllanishi va ulardan foydalanish

Iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida olib borayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish tajribasining ko’rsatishicha, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarni birlashtirish, ya’ni ishlab chiqarishni gorizontal holatda bir joyga to’plash bilan bir qatorda ishlab chiqarishni vertikal holatda bir joyga to’plash, ya’ni kombinatlar tarzida, korxonalarni birlashtirish yo’li bilan tashkil etish sodir bo’ladigan bo’lsa, bunda xom ashyoni qayta ishlashning izchil bosqichlari yoki ijtimoiy mehnat taqsimotining turli shakllari bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi ro’y beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek “2016 yilda yalpi ichki mahsulot 7,8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,6 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 6,6 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 12,5 foizga oshdi.Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profisit bilan bajarildi. Inflyasiya darajasi 5,7 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko’rsatkichlari doirasida bo’ldi. Ijobiy tarkibiy o’zgartirishlar va iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlari tufayli aholining real daromadlari 11 foizga oshdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15 foizga, pensiya va ijtimoiy nafaqalar – 12,1 foizga, aholi jon boshiga real daromadlar – 11 foizga o’sdi, 726 ming nafarga yaqin aholining, shu jumladan, 438,5 ming kollej bitiruvchisining bandligi ta’minlandi9 . Shunga ko’ra, mamlakatimizda mehnat resurslarini samarali shakllantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish zarurati dolzarb bo’lib, mazkur vazifani amalga oshirishda mehnat resurslari asosiy omil bo’lib hisoblanadi.


"Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlarda va statistik amaliyotda qaror topgan bo’lib, o’ziga xos tor kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. Bu tushunchaning nimadan iborat ekanligi haqida umumiy tarzda qabul qilingan, munozara talab qilmaydigan tasavvur yo’q.
Biz esa "mehnat resurslarini shakllantirish" deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi, deb hisoblaymiz.
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo’yicha – mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining tabiiy va mexanik o’zgarishdagi umumiy va o’ziga xos tomonlarni ko’rib chiqishimiz lozim.



Yüklə 220,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin