Hozirgi paytda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning toʻrtta asosiy yoʻnalishini ajratib koʻrsatish mumkin. Birinchidan, bu iqtisodiyotning nodavlat sektorida bandlikning oʻsishini rag‘batlantirish va ish joylari sonini koʻpaytirish dasturlari, ikkinchidan, ish kuchini tayyorlash va qayta tayyorlashga yoʻnaltirilgan dasturlar va uchinchidan, ishchi kuchini yollashga koʻmaklashish dasturlari. Ulardan tashqari, toʻrtinchidan, hukumat ishsizlikni ijtimoiy sug‘urta qilish borasida ham dasturlar ishlab chiqishga kirishmoqda, ya’ni ishsizlarga nafaqa berish uchun mablag‘ jamg‘armasi tuzildi. Shu tarzdagi dasturlar doirasida, masalan, AQSHda urushdan keyingi yillarda davlat sektorida (ijtimoiy xizmatlar sohasida – maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish, kommunal xoʻjalik hamda ijtimoiy binolar qurilishi va ta’mirlash-tiklash ishlarida) yuz minglab ish joylari yaratilgan edi. 2500 dan koʻproq mahalliy agentliklarga (mehnat birja-lariga) ega boʻlgan AQSH ishga joylashtirish xizmati ishsizlarni roʻyxatga olish bilan shug‘ullanadi. Ular boʻsh ish joylari topishga harakat qilishadi, malakasini aniqlash maqsadida ishga da’vogarlarni test sinovidan oʻtkazishadi va boshqa shunga aloqador vazifalar bilan shug‘ullanishadi. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga kelganda esa, AQSHda uning asosiy boʻg‘ini boʻlib oliy va oʻrta maktab, xususiy korporatsiyalarining oʻquv kurslari va markazlari hisoblanadi. Kasbga tayyorlashning davlat tizimi bu yerda ancha zaif rivojlangan. Mantiqan olganda uslubiy jihatdan bu yoʻnalishlar quyidagi tamoyillarga suyanadi.
Mehnat bozoridan davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo’nalishlari
Ishsizlikdan zarar ko’rganlarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni yo’lga qo’yish.O’z-o’ziga yordam tizimini yaratish.
Mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan ta’minlash.Egiluvchan mehnat bozorini shakllantirish jarayonida ishchi kuchi va ish beruvchining moddiy manfaatdorligini ta’minlash