Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə6/23
tarix23.10.2017
ölçüsü1,76 Mb.
#11690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

IV.NAZARIY MATERIALLAR


1-MAVZU. “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI
Reja:


  1. Iqtisodiyot nazariyasi qanday fan va u nimani o`rganadi?

  2. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar.

  3. Iqtisodiyot nazariyasining tahlil uslublari.

  4. Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog`liqligi

  5. Ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari.


Tayanch iboralar

Iqtisodiyot nazariyasi; iqtisodiy kategoriyalar; umumiqtisodiy kategoriyalar; formatsion­maxsus kategoriyalar; davriy­oraliq kategoriyalar; iqtisodiy qonunlar; induktiv va deduktiv usullar; umumiqtisodiy fanlar; xususiy iqtisodiy fanlar. Moddiy ehtiyojlar; ijtimoiy­ma'naviy ehtiyojlar; mehnat ehtiyoji; ehtiyojlarning yuksalishi; ehtiyojlarni qondirish vositasi.


Iqtisodiyot nazariyasi qanday fan va u nimani o`rganadi?

Iqtisodiyot nazariyasi qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. U doim olimlar va ziyoli kishilar diqqatini jalb qilib kelgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, iqtisodiyot nazariyasini o`rganish-bu barcha davrlarda - Aristotel va Ksenofontdan tortib to bugungi kunga qadar – kishilar iqtisodiy faoliyati va xo`jalik yuritish qonunlarining harakatlantiruvchi kuchlarini bilishning ob'ektiv zaruriyatini amalga oshirishdir.

Iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlari va usullarini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish va ularning iste'molida diniy tushunchalar, odamlarning imon­e'tiqodi katta ta'sir kuchiga ega. Islomning asosiy manbai «Qur'oni Karim» oyatlari bandalarni har jihatdan poklikka, imon basalomatligiga chorlaydi. Bu muqaddas kitobning 293 ta oyati bevosita iqtisodiy tafakkurga bag`ishlangan.

«U (Alloh) sizlarga erni bo`ysundirib qo`ygan zotdir. Bas, uning turli joylarida yuring va (Allohning) rizqidan eng...»1

Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanish va rivojlanishidagi birinchi bosqichi - bu merkantilizmning yuzaga kelishidir.

Merkantilistlar ta'limotining mohiyati boylikning yuzaga kelishi manbaiga berilgan ta'rifdan iborat (ularning xizmati shundaki bu to`g`rida birinchi bo`lib fikr bildirganlar). Biroq ular bu masalani noto`g`ri talqin qilganlar, chunki boylikning manbaini muomala sohasidan keltirib chiqarganlar, boylikni esa pul bilan tenglashtirganlar.

Siyosiy iqtisodning rivojlanishidagi yangi bosqich fiziokratlar timsolida ko`rinadi, ular yirik er egalari manfaatlarini himoya qiluvchilar bo`lib maydonga kelganlar. Mazkur yo`nalishning bosh vakili va tashkilotchisi Fransua Kene (1694­1774) dir. U ishlab chiqqan ta'limotning cheklanganligi shundan iboratki, bunda boylikning manbai faqat dehqonchilikdagi mehnat deb hisoblanadi.

Iqtisodiyot fan A.Smit (1723­1790) va D. Rikardo (1772­1823) asarlarida yanada rivojlantirildi. A.Smit iqtisodiy fikrlar tarixiga mumtoz (klassik) siyosiy iqtisodning asoschisi sifatida kirib keldi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab marjinalizm deb atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. (Inglizcha so`zdan olingan va «oxirgi qo`shilgan» – degan ma'noni beradi). Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl Menger, Fon Vizer, Bem Bavrek va boshqalar bo`lib, ular tomonidan «qo`shilgan tovar nafligi, qo`shilgan mehnat yoki resurs unumdorligi» – degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo`lgan talab va uning bahosi o`rtasidagi bog`liqlik hamda o`zaro ta'sirni tahlil qilishda keng qo`llaniladi.

Iqtisodiyot nazariyasining yana bir muhim yo`nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Uning asoschisi – Milton Fridman.

Markaziy Osiyoda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishi Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy va boshqa dunyoga mashhur olimlar nomlari bilan bog`liq.

Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar hali falsafiy va butun ijtimoiy bilimlar majmuidan ajralmagan bo`lsa­da, katta ahamiyatga ega edi.

Forobiy va Ibn Sino qarashlarida insonning ehtiyojlari to`g`risidagi ta'limot markaziy o`rin egallar edi.

Iqtisodiyot fanining tarixiga qilingan o`ziga xos sayohat natijasida uning asosiy maktablari va yo`nalishlari bilan tanishuvdan so`ng iqtisodiyot nazariyasining predmetiga ta'rif berish mumkin.

Iqtisodiyot nazariya - kishilarning cheklanmagan ehtiyojlarini to`laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan foydalanishning eng samarali yo`llarini izlash sharoitida kishilik jamiyati rivojlanishining qonunlari va qonuniyatlarini o`rganish bilan shug`ullanuvchi fandir.

Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi to`g`risidagi fan bo`lib, uning predmeti ishlab chiqarish munosabatlaridir.

Ishlab chiqarish munosabatlari-bu hayotiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida kishilar o`rtasida ob'ektiv yuzaga keladigan munosabatlar.

Iqtisodiyot nazariyasi tarkiban o`z ichiga mikroiqtisodiyot (alohida iqtisodiy sub'ektlarning xatti­harakati) va makroiqtisodiyot (butun milliy iqtisodiy tizim xatti­harakati va amal qilishi)ni oladi. Uning tarkibida yana mezoiqtisodiyot (milliy iqtisodiyotning alohida kichik tizimlari yoki xalq xo`jaligi tarmoqlari xatti­harakati) va supermakroiqtisodiyot (butun jahon iqtisodiyotining xatti­harakati)ni ajratib ko`rsatish mumkin.

Iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi-iqtisodiy hodisalarning shunchaki talqinini berish emas, balki ularning o`zaro bog`liqligi va o`zaro aloqadorligini ko`rsatish, ya'ni iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va qonunlar tizimini yoritib berishdan iborat. Shu bilan u boshqa aniq iqtisodiy fanlardan farq qiladi.

Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar.

Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o`rtasidagi aloqalar o`rganilganda, ular konkret sharoitda (masalan, korxonada) tekshirilmaydi, balki umumnazariy, ya'ni qonun­kategoriyalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi.

Har bir fan o`z predmetini kategoriyalar yordamida tekshiradi.

Iqtisodiy kategoriyalar – bu iqtisodni o`rganishda qo`llanadigan nazariy tushunchalar bo`lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in'ikosi, ifoda etilishidir.

Kategoriyalar – ilmiy fikrlash mahsulidir. Ularni kundalik hayotda uchraydigan tushunchalardan farqlash zarur. Masalan, kundalik hayotda bozor deganda, ko`pchilik yig`ilib savdo qilinadigan joy tushuniladi. Nazariyada esa bozor deganda joy emas, pul yordamida ayirboshlash, ya'ni kishilar o`rtasida oldi­sotdi munosabatlari anglanadi. Nazariyada kategoriyalar guruhlarga bo`linib o`rganiladi:



Umumiqtisodiy kategoriyalar– iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo`lgan, lekin ijtimoiy­iqtisodiy sistemaga aloqasi bo`lmagan umuminsoniy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar.

  1. Formatsion­maxsus kategoriyalar– iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo`lgan, ijtimoiy­iqtisodiy sistemaning tabiatiga aloqador, o`tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalar.

  2. Davriy­oraliq kategoriyalar – umuminsoniy xarakterdagi, lekin bir necha iqtisodiy sistemalar sharoitida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda saqlanuvchi, ammo o`tkinchi mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar.

Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy hodisalarning belgilari umumlashtirish asosida qonunlarda ta'riflanadi.Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o`rtasidagi muhim takrorlanib va yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab­oqibat, aloqa bog`lanishlaridir.

  1. Umumiqtisodiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat'i nazar amal qiluvchi qonunlar.

  2. Formatsion­maxsus qonunlar – maxsus iqtisodiy qonunlar – faqat muayyan ijtimoiy – iqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi, shu tizimning o`ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlar.

  3. Davriy­oraliq qonunlar – bu turli ijtimoiy­iqtisodiy sistemada, ammo ma'lum davrda amal qiluvchi sistemalarning maxsus tuzumiga aloqasi bo`lmagani holda, ularni birlashtirib bog`lab turuvchi munosabatlarga xos qonunlar.

Iqtisodiyot nazariyasi kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga mansub bo`lmasin, yaxlitlikda olib qaraydi, qonunlarni bir tizimda o`zaro ta'sir ostida amal qilishini hisobga oladi. Kategoriya va qonunlar tizimi – iqtisodiyotga xos bo`lgan barcha, bir­birini taqozo etuvchi qonunlar va kategoriyalar majmuasidir.Iqtisodiyot nazariyasining tahlil uslublari Iqtisodiyot nazariyasi hodisalarni bilishga bag`ishlangan umumfalsafiy usullarni qo`llaydi. Eng avval iqtisodiyotni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma'lumotlar (faktlar) jamlanib baholanadi. Jamlangan ma'lumotlarga bir qator umumiy tarzda baho beriladi. Natijada dastlabki sinab ko`rilmagan xulosa­gipoteza olg`a suriladi. Faktlarni tartiblab xulosaga kelishda abstraktsiyalash usuli asosiy usul bo`lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy­texnikaviy fan emaski, u o`z gipotezalarini tajribalar yoxud laboratoriya tahlili orqali tekshirib ko`rsa. U ijtimoiy fan, u iqtisodiyotdagi g`oyat ko`p qirrali, chirmashib ketgan aloqa­bog`lanishlarga duch keladi. Abstraktsiyalash-bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o`rganishdagi uchinchi bosqich nazariyani iqtisodiy siyosat bilan bog`lashdir. Nazariya iqtisodiyotga qanday tendentsiyalar xos bo`lishi, uning qanday omillari ta'sirida rivojlanishi, unda qanday o`zgarishlar bo`lishini bashorat eta oladi. Shu sababli nazariya – iqtisodiy siyosatning ilmiy asosi deb aytish mumkin. Siyosat deganda nafaqat davlatning umummilliy, umumjamiyat miqyosidagi siyosatni, balki ayrim korxona, firmaning Seminaroti dasturini, uning qanday xatti­harakatga qo`l urishini ham tushunmoq zarur.Nazariyada induktiv va deduktiv usullar ishlatiladi. Induktiv usul deganda empirik bilimdan abstraktsiyaga o`tib, nazariy xulosalar chiqarish, so`ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o`tishni tushunish kerak. Deduktiv usuli qo`llanganda nazariyadan iqtisodiy faktlar tahliliga o`tiladi. Bunda olg`a surilgan xulosa qaytadan faktlar asosida tekshirib ko`riladi. Har ikkala usul bir­birini to`ldiradi.Nazariy xulosalar ikki - makro va mikro darajadagi iqtisodiy tahlildan kelib chiqadi. Iqtisodiyot o`rganilganda miqdor va sifat tahlili qo`llanadi. Iqtisodiyot nazariyasida qonuniyatlarni bayon etish uchun egri chiziq chizmalari, statistik jadvallar qo`llanadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin