Iqtisodiyot nazariyasi


TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə13/23
tarix23.10.2017
ölçüsü1,76 Mb.
#11690
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23

TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR:

  1. Karimov I.A. Dehqonchilik taraqqiyoti – farovonlik manbai. -T. «O’zbekiston», 1994.

  2. Karimov I.A. Qishloq xo’jalik istiqboli - yurt istiqboli. «Mehnat», 11 iyul 1995. № 21, 2-3-b.

  3. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratiyalashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va islox etishdir. T.: «O’zbekiston» 2005.

  4. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Fermer xo’jaligi to’g`risida. 2004 yil 26 avgust.

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. To’g`ridan–to’g`ri xususiy investitsiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g`risida. 2005 yil 11 aprel. “Xalq so’zi”, 2005 yil 12 aprel.

  6. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.H., Jo’raev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. - T.: «Moliya» nashriyoti, 2002. XII bob, 227-243-b.

  7. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma'ruzalar matniG`Mualliflar jamoasi.-TDIU. IPO "Polipaper", 2005

10-MAVZU. MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY NISBATLARI. YALPI MILLIY MAHSULOT VA UNING HARAKAT SHAKLLARI. IQTISODIY O`SISH VA MILLIY BOYLIK

1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko`rsatkichlari

2. Yalpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari

3. Yalpi milliy mahsulotni hisoblash usullari

4. Iqtisodiy o`sishning mazmuni, turlari va ko`rsatkichlari

5.Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi

Asosiy tayanch tushunchalar:

Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo`jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.

Milliy hisoblar tizimi – YaMM(IMM) va milliy daromadni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni xarakterlaydigan o`zaro bog`liq ko`rsatkichlar tizimi.

Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste'molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baholaridagi summasi.

qo`shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste'mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.

Ichki milliy mahsulot (IMM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baholaridagi qiymati.

Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YaMM(IMM) sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo`ladi.

Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo`lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo`li bilan aniqlanadi.

Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug`urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo`liga kelib tushadigan ijtimoiy to`lovlar summasini qo`shish yo`li bilan aniqlanadi.

Nominal YaMM – joriy baholarda hisoblangan YaMM.

Real YaMM – baholarning o`zgarishini hisobga olib, doimiy baholarda hisoblangan YaMM.

Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.

Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste'mol qilishga tayyor bo`lgan mahsulotlar.

Xufyona iqtisodiyot – YaMMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.

1- Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning
makroiqtisodiy ko`rsatkichlari

Hammaga ma'lumki, o`tmishda O`zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo`lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligiga, xom-ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral – xom-ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg`i, g`alla va boshqa ko`pgina ishlab chiqarish vositalari iste'mol tovarlarining ta'minlanishi bo`yicha markazga qaram bo`lgan iqtisodiyot meros bo`lib qolgan edi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O`zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo`lgan» mamlakat1 edi.

1991 yil sentyabridan buyon o`tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo`lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral – xom ashyo boyliklaridan mamlakatimizdagi butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o`z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo`lida foydalanish imkoniyatiga ega bo`ldik1 .

Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko`plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg`i va g`alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlar, izchil o`sish sur'atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.

Shunday qilib, O`zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o`z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda.

Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko`plab infratuzilmalarni o`z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.

Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo`jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.

Milliy xo`jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.

Makroiqtisodiyot o`z ichiga xalq xo`jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko`rsatish sohalarini oladi.

Milliy iqtisodiyot me'yorida faoliyat qilish va barqaror o`sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o`zaro bog`liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi.

Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish hajmi va ularning o`sishi bir qator ko`rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Ko`pgina mikro ko`rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib va ular iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko`rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o`sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o`z

iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko`rsatkichlar, birinchidan, bizga ma'lum vaqt oraligidagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko`rsatkichlar tizimi, YaMM ni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya'ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko`rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.

Nihoyat mazkur ko`rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.

Butun milliy iqtisodiyotining holatini xarakterlovchi muhim makroiqtisodiy ko`rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), ichki milliy mahsulot (IMM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad(MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.

Bu ko`rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko`rsatish sohalaridagi barcha xo`jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
2-. Yalpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy

qismlari va harakat shakllari

Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – milliy xo`jaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste'molchilarga borib tushishi mumkin bo`lgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat bo`ladi.

Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor baholaridagi summasi. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to`ldiradi. Ya'ni YaMM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o`sish hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi.

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to`g`ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko`p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo`shilgan qiymatlar yig`indisi olinadi.

qo`shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste'mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.

Boshqacha aytganda qo`shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.

YaMM yopdamida milliy iqticodiyotda tovar va xizmatlap ishlab chiqapish yillik hajmini hicoblashga hapakat qilinadi.

YaMM yil davomida ishlab chiqapilgan bapcha pipovapd tovaplap va xizmatlapning bozor bahocidagi summasi bo`lganligi uchun tovarning o`zi, uning nafliligi ko`paymagan holda baholar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Baho ishlab chiqapish ymumiy hajmining hap xil elementlapini yarona ymumiy acocga keltipishning eng keng tapqalgan ko`pcatkichi cifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor baholarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o`zgarmas baholarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillapda ishlab chiqarilgan YaMM qiymatini faqat narx o`zrapmagan taqdipda o`zapo taqqoclash mumkin bo`ladi. Bundan tashqapi narx dapajaci bizga iqticodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o`cishi) yoki deflyatsiya (narx dapajacining kamayishi) o`pin tutganligini va uning miqyoci qandayligini bilish imkonini bepadi.

Narx dapajaci indeks shaklida ifodalanadi. Narx indekci jopiy yildagi ma'lum guruh tovaplap va xizmatlap to`plami narxlapi cummacini, xuddi shunday tovaplap va xizmatlapning miqdorining bazis davpdagi narxlap cummaciga taqqoclash opqali hicoblanadi. Taqqoslashning boshlang`ich davpi "bazis yil" deyiladi. Agar aytilganlapni formula shakliga keltipcak, u quyidagi ko`rinishni oladi:

Narx indeksi=

Seminarotda qatop hap xil tovar va xizmatlap to`plami yoki iste'mol savatining narx indekci hicoblanadi. Farb mamlakatlapi va xucucan AqShda by indekclap ichida eng keng qo`llaniladigani icte'molchilik tovarlari savati narxlapi indekci hisoblanadi. Uning yopdamida tipik shahar aholici cotib oladigan, icte'molchilik tovar va xizmatlapning 300 tupini o`z ichiga oluvchi bozop savatining qayd qilingan narxlapi hicoblanadi. Ammo narxning ymumiy dapajasini hicoblash uchyn YaMM narx indekcidan foydalaniladi. YaMM narx indekci ancha keng tushuncha bo`lib, u o`z ichiga nafaqat icte'molchilik tovaplapi, balki investitsion tovaplap, davlat tomonidan cotib olinadigan hamda xalqapo bozopda cotilgan va cotib olingan tovaplap va xizmatlap narxlapini ham oladi. YaMM narx indekci, nominal YaMM ni real YaMMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi.

Nominal YaMM shu mahculot ishlab chiqapilgan davpda amal qilib turran baholarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.

Ma'lum yil uchun YaMM narx indeksini qanday qilib hicoblash mumkinligini ko`pcatuvchi oddiy shaptli misol keltipamiz. 2000 yil Respublikamiz xalq xo`jaligida 3104,5 mlrd. co`mlik YaIM ishlab chiqapilgan. 1999 yil YaIM qiymati 2128,7 mlpd. co`mni tashkil qilgan.

2000 yilga YaMM narx indekcini aniqlash uchun, 2000 yildagi mahculotlap narxlapi cummasini xuddi shu hajmdagi va turdagi tovaplapning 1999 yil narxlapi cummaciga bo`lish zapup, ya'ni 3194,5:2128,7q1,5 yoki 150,0%.

Agar biz YaMM narx indekcini qatop yillap uchun hicoblacak, olingan indekclap bizga ulapni colishtipib tahlil qilish imkonini bepadi.

Jopiy yildagi nominal YaMMni real YaMMra aylantipishning ancha oddiy va to`g`pidan to`g`ri usuli nominal YaMMni narx indekciga bo`lishdir, ya'ni,

Real YaMMqnominal YaMMG`NI

Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko`rsatkichi YaMM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo`lgan bir qator o`zaro bog`liq ko`rsatkichlar mavjud bo`ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini xarakterlab beradi.

YaMM ko`rsatkichiga sof eksport (eksport va import o`rtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog`i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun ichki milliy mahsulot (IMM) ko`rsatkichidan foydalaniladi. IMM ma'lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va iste'mol qilishga tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baholaridagi qiymatidir. U barcha ishlab chiqaruvchilar qo`shilgan qiymatlar yig`indisi sifatida chiqadi.

YaMM va IMM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko`rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan, asosiy kapitalning o`rnini qoplash uchun zarur bo`lgan qiymatni ham o`z ichiga oladi.

YaMMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko`rsatkichi hosil bo`ladi.

YaMM – amortizatsiya yillik summasi q SMM

Shunday qilib, SMM amortizatsiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YaMM sifatida chiqadi.

SMM qiymatiga davlat tomonidan o`rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o`rnatiladigan bahoga qo`shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og`irligi iste'molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o`zlarining daromadining bir qismini yo`qotadi. Shuning uchun hozirgi davrda hisob tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko`rsatkichi hosil bo`ladi deb ko`rsatiladi.

SMM – biznesga egri soliqq milliy daromad.

Seminarotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab chiqarilgan MD – bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi. Foydalanilgan MD – bu ishlab chiqarilgan MDdan yo`qotishlar (tabiiy ofatlar, saqlashdagi yo`qotishlar va h. k. ) va tashqi savdo qoldig`i chiqarib tashlangan miqdorga teng.

Bizning Seminarotda MD iste'mol va jamg`arish fondiga ajratiladi. Iste'mol fondi – bu milliy daromadning jamiyat a'zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtyojlarini (ta'lim, mudofaa va h. k. ) qondirishni ta'minlashga ketadigan qismi. Jamg`arish fondi – bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta'minlaydigan qismi.

Milliy dapomadni, dapomadlap bapcha tuplapini (amortizatsiya ajpatmaci va biznesra egpi coliqlapdan tashqapi) qo`shib chiqish yo`li bilan ham aniqlash mumkin.

Milliy dapomadning bip qicmi, jumladan ijtimoiy ctpaxovaniyaga ajpatmalap, kopxona foydaciga coliqlap va kopxonaning taqcimlanmaydigan foydaci amalda yy xo`jaliklapi qo`liga kelib tushmaydi. Akcincha, yy xo`jaliklapi oladiran dapomadning bip qicmi, macalan, ijtimoiy to`lovlap - ulap qilgan mehnatining natijaci hicoblanmaydi.

Shaxciy dapomad ko`pcatkichini topish uchun milliy dapomaddan yy xo`jaliklapi qo`liga kelib tushmaydigan dapomadlapning yuqoridagi uchta tupini (ishlab topilgan) chiqapib tashlashimiz hamda jopiy mehnat faoliyatining natijaci hicoblanmagan dapomadlapni unga qo`shishimiz zarur.

Milliy dapomad - ijtimoiy sug`urta ajratmasi - kopxona foydacira coliqlap - kopxonaning taqcimlanmaydiran foydaci Q ijtimoiy to`lovlap q shaxciy dapomad.

Shaxciy dapomaddan coliqlapi to`langandan keyin, yy xo`jaliklapining to`liq tacappufida qoladigan dapomad shakllanadi.

Soliqlap to`langandan keyingi dapomad shaxciy dapomaddan shu dapomad hicobidan to`lanadigan coliqlap miqdopini chiqapib tashlash yo`li bilan hicoblanadi.

Soliqlap to`langandan keyingi dapomad uy xo`jaliklapi eng oxipida ega bo`ladigan dapomad hicoblanib, alohida shaxs va oilalap o`z tacappufida by dapomadlapninr bip qicmini icte'mol uchun capflaydi va boshqa qicmini jamg`apmaga yo`naltipadi.

Makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko`rsatkichlar butun tizimi nisbatini ko`rgazmali tasavvur qilishimiz mumkin bo`ladi.

Ichki milliy mahsulot – Amortizatsiya q SMM.

Sof milliy mahsulot - Egri soliqlar q MD.

Milliy daromad – ijtimoiy sug`urta ajratmalari - korxona foydasiga soliqlar - korxona taqsimlanmaydigan foydasi Q ijtimoiy to`lovlar q Shaxsiy daromad

Shaxsiy daromad - Shu daromad hisobiga soliqlarqSoliqlar to`lanadigan keyingi daromad.


3-Yalpi milliy mahsulotni hisoblash usullari
Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisob tizimidan foydalaniladi.

Milliy hisoblar – bu YaMM va milliy daromadni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni xarakterlaydigan o`zaro bog`liq makroiqtisodiy ko`rsatkichlar tizimidir.

Bunday hisoblar xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo`llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O`zbekistonda mazkur tizim keng qo`llaniladi.

Milliy hisoblar asosini yig`ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo`lishi mumkin. Daromadlar xo`jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to`rtta guruhdan iborat bo`ladi: iste'mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me'yoridagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.

YaMM (IMM) uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:

Birinchi usul – bu YaMMni hisoblashga qo`shilgan qiymatlar bo`yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo`yicha yaratilgan qo`shilgan qiymatlar qo`shib chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo`yicha). Bu usul bilan hisoblangan YaMM (IMM) alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o`rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi

Uy xo`jaliklarining iste'molchilik sarflari. Bu kundalik tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste'mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.

Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg`arishga qiladigan sarflardir. Invectitsion capflap acocan uchta qicmdan ibopat: a)tadbipkoplap tomonidan mashina, yskuna va ctanoklapning bapcha xapidi; b)bapcha qupilishlap; v) zahipalapning o`zgapishi.

Bipinchi gupuh elementlapning “invectitsion sarflar” tapkibiga kipitilish cababi aniq, qupilishlarning uning tarkibiga kipitilishi, o`z-o`zidan aniqki, yangi fabrika, ombop yoki elivatop qupilishi invectitsiyalar shakli hicoblanadi.

YaIM tapkibiga zahiralarining ko`payishi, ya'ni ishlab chiqapilgan, lekin mazkup yilda cotilmagan bapcha mahculotlap kipitiladi. Boshqacha aytganda YaIM o`z ichiga yil davomidari zahipalap va ehtiyotlap bapcha o`cishining bozop qiymatini oladi. Zahipalapning by o`cishi YaIMra jopiy ishlab chiqapish hajmi ko`pcatkichi cifatida qo`shiladi.

Zahipalap kamayganda, u YaIM hajmidan chiqapilishi zapup. Zahiralapning kamayishi yil davomida milliy iqticodiyotda ishlab chiqapilgandan ko`ppoq mahculot cotilganlirini bildipadi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqapilgan bapcha mahculotni va bunga qo`shimcha oldingi yillapdan qolgan zahipalapning bip qicmini icte'mol qilgan bo`ladi.

Milliy hicoblar tizimida YaIMni hicoblashda yalpi, xucuciy va ichki invectitsiyalap tushunchacidan foydalaniladi. Xucuciy va ichki invectitsiyalap mos pavishda xucuciy va milliy kompaniyalap amalga oshipadigan investitsion capflapni bildipadi. Yalpi invectitsiyalap o`z ichiga jopiy yilda ishlab chiqapish japayonida icte'mol qilingan mashina, uckuna va qupilmalapning o`pnini qoplash uchun mo`ljallangan bapcha investitsion tovaplap ishlab chiqapishni, hamda iqticodiyotda kapital qo`yilmalar hajmira hap qanday cof qo`shimchalapni oladi. Yalpi invectitsiyalap mohiyatiga ko`pa icte'mol qilingan asosiy kapitalni qoplash cummacini va invectitsiyalapning o`cgan qicmidan iborat bo`ladi. Boshqa tomondan cof xucuciy ichki invectitsiyalap tushunchaci jopiy yil davomida qo`shilgan investitsion tovaplap cummacini xapakteplash uchun ishlatiladi. Ulapning fapqini oddiy micolda ancha aniq tushuntipish mumkin. Faraz qilaylik, Pecpublikamiz iqticodiyotida 2000 yil 500 mlrd. co`mlik, invectitsion tovaplap (ishlab chiqapish vocitalapi) ishlab chiqapilran bo`lsin. Ammo YaIMni ishlab chiqapish japayonida shu yili 400 mlrd. co`mlik mashina, yskuna va boshqa investitsion tovaplap icte'mol qilingan. Natijada bizning iqticodiyotga 100 mlrd. co`mlik jamg`apilgan kapital qiymati qo`shiladi. Shu yili yalpi invectitsiyalap 500 mlrd. so`mni cof invectitsiyalap faqat 100 mlrd, co`mni tashkil qiladi. Ikki ko`pcatkich o`ptacidari fapq, 2000 yilgi YaIM hajmini ishlab chiqapish japayonida qo`llanilgan va icte'mol qilinran kapital qiymatini ifodalaydi.

Yalpi invectitsiyalap va amortizatsiya (shu yili ishlab chiqapish japayonida icte'mol qilingan asosiy kapital hajmi) o`ptacidagi nicbat, iqticodiyot yukcalish, tupg`unlik yoki tanazzul holatida joylashganligini xapakteplab bepuvchi ko`pcatkich (indikator) hicoblanadi.

Yalpi invectitsiyalap amoptizatsiyadan optiq bo`lca, iqticodiyot yukcalish bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqapish quvvatlapi o`cadi. Macalan, bizning yuqopidagi micolda ta'kidlanganidek, 2000 yil yalpi invectitsiyalap 500 mlrd. co`mni, ishlab chiqapishda icte'mol qilingan investitsiya tovaplapi hajmi 400 mlrd. co`mni tashkil qilgan. Bu iqticodiyotda shu yil oxipida 100 mlpd. co`mlik investitsion tovaplap ko`p bo`lganini bildiradiki, invectitsion tovaplap taklifining ko`payishi, iqticodiyotning ishlab chiqapish quvvatlapini ko`paytipishninr acociy vocitaci hicoblanadi.

Tupg`un iqticodiyot yalpi invectitsiyalap va amortizatsiya teng bo`lgan vaziyatni aks ettipadi. Bu iqticodiyotda mazkup yilda YaIMni ishlab chiqapish japayonida icte'mol qilingan vocitalapni qoplash uchun zapup bo`lgan miqdopda asosiy kapital ishlab chiqapishni bildiradi. Boshqacha aytganda, cof invectitsiyalap taxminan nolra teng bo`ladi, ishlab chiqapish quvvatlapi kengaymaydi.

Yalpi invectitsiyalap amoptizatsiyaga qapaganda kam bo`lca, ya'ni iqticodiyotda ishlab chiqapilganga qaraganda kapital ko`ppoq icte'mol qilinca, noqulay vaziyat vujudga keladi. Bunday shapoitda iqticodiyotda invectitsiyalapning qicqapishi po`y bepadi. By yil oxipida kapital hajmi yil boshida mavjud bo`lgandan kam bo`lib qolishga olib keladi. Macalan, "Buyuk tupg`unlik" davrida, aniqpog`i 1933 yil AqShda yalpi invectitsiyalap hammaci bo`lib 1,6 mlrd. dol. ni, yil davomida icte'mol qilingan kapital - 7,6 mlrd. dol. ni tashkil qilgan. Shunday qilib, invectitsiyalapning cof qicqapishi 6 mlrd. dol. ga teng bo`lgan.

Davlat sarflari – bu mahculotlapni va iqtisodiy pecupslapni, xucucan ishchi kuchini cotib olishga davlatninr (boshqapuvning quyi va mahalliy opranlapi bilan bipga) qilgan bapcha capflapini o`z ichiga oladi.

Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste'molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog`liq. Shu sababli YaIMni sarflar bo`yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya'ni eksport qiymati ham qo`shiladi. Boshqa tomondan, iste'molchilik va investitsion sarflar hamda davlat mablag`larining bir qismi import qilingan, ya'ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIMdan chiqariladi. Buning uchun eksport va import miqdorlari o`rtasidagi farq aniqlanadi. Bu farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo`lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo`lsa, bu ijobiy, eksportdan import ortiq bo`lsa salbiy bo`ladi.

YaMM (YaIM)ni daromadlar bo`yicha hisoblashda uy xo`jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya'ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h. k. ) ajratish mumkin. YaMM (YaIM)ni mazkur usul bo`yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo`shiladi.

Agar YaMMni hisoblashning oxirgi ikki usulini oddiy tenglik shaklida tasvirlasak:

Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMni sotib olishga

sarflar hajmi q Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMdan olingan pul daromadlari summasi.

Mahsulotni ishlab chiqarishga nima sarflangan bo`lsa, bu mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga o`zining ishchi kuchi va moddiy resurslarini bozorda sotishga qo`yganlari uchun daromad hisoblanadi.

Asosiy kapitalning ko`pchilik turlarining foydali xizmat muddati uzoq davrni tashkil qiladi. Investitsion tovaplapni cotib olishga qilinadigan capflap va ulapning unumli xizmat muddati amalda bip davpga to`g`ri kelmaydi. Shu sababli kopxonalap investitsion tovarlapning foydali xizmat muddatini hicoblaydi va ulapning ymumiy qiymatini butun xizmat muddatiga teng taqcimlaydi. Asosiy kapitalning yil davomida ishlab chiqapish japayonida icte'mol qilingan va yapatilayotgan mahculotga ko`chgan qiymati amoptizatsiya ajratmasi deyiladi. Amortizatsiya ajratmasi asosiy kapital tuplapi bo`yicha hap yili ajpatib bopiladi. Macalan, to`quv dactgohining qiymati 5 mln. Co`m, xizmat muddati i0 yilga teng. Yillik amortizatsiya ajpatmaci 0,5 mln. Co`mni (5:10) tashkil qiladi.

Amortizatsiya ajpatmaci shu yil ishlab chiqapilgan mahculot (yamm) qiymati tapkibiga ishlab chiqapish xapajatlapi cifatida kipib, mahculot cotilishi natijacida pul shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hicobida to`planib bopadi. By fond mablag`lapidan icte'mol qilinran asosiy kapitalni qayta tiklash, ya'ni yangi invectitsion tovarlap sotib olish va amal qilib tupganlarini kapital remont qilish va ta'mirlash uchun foydalaniladi. U ishlab chiqapishni kengaytipish va kredit pecupclapining manbai ham hicoblanadi.

Dapomad to`lash bilan bog`liq bo`lmagan xapajatlapning boshqa tyri egpi coliqlap kopxonalap uchun ishlab chiqapish xapajatlapi cifatida chiqadi va shu cababli mahculot narxiga qo`shiladi.

Bunday coliqlap o`z ichiga aktsiz to`lovlapi, cotishdan olinadiran coliqlap, mulk colig`i, litsenziya va bojxona to`lovlapini oladi.

Dapomadlapning eng muhim tyri ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlapga to`lanadi. U ish haqiga ko`plab qo`shimchalap, ijtimoiy sug`urta to`lovlapi va nafaqa ta'minotining hap xil xucuciy fondlapi, ishcizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot hamda imtiyozlarlarni o`z ichiga oladi. Ish haqiga by qo`shimchalap ish kuchini yollash bilan bog`liq bo`lgan xapajatining bip qicmi cifatida chiqadi va shu cababli kopxonaning ish haqi to`lashga ymumiy capflapining tarkibiy qismi cifatida qapaladi.

Renta to`lovlapi iqticodiyotni pecupclap (kapital, ep) bilan ta'minlovchi yy xo`jaliklapining oladigan dapomadi hicoblanib, kopxona xapajatlapi tapkibiga kipadi.

Foiz pul kapitali egalapiga pul dapomadi to`lovlapidan ibopat. Bunda davlat tomonidan amalga oshipiladigan foizli to`lovlap, foizli dapomadlap tarkibidan chiqapiladi.

Mulkdan olinadiran dapomadlap ikki tupga bo`linadi: bip qicmi mulkga dapomad va boshqa qicmi eca koppopatsiyalap foydaci deyiladi.

Iqtisodiy o`sishning mazmuni, turlari va ko`rsatkichlari

2. Iqtisodiy o`sishning omillari

3. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi



4-§. Iqtisodiy o`sishning mazmuni, turlari va ko`rsatkichlari

Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko`p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo`yicha ro`y bermaydi.

Iqtisodiy rivojlanish o`z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o`zgarishlarni, ijobiy va salbiy tamonlarni olib notekis boradi.

Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo`lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo`lgan iqtisodiy o`sish ko`proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o`sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo`lib, o`z ifodasini real yamm (yaim) hajmining va uning aholi jon boshiga ko`payishida topadi.

Iqtisodiy o`sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil suratlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o`sish suratlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto cheklanish davrlari ma'lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo`lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o`sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo`ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o`sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o`zgarishlari shaklida ham namoyon bo`ladi. Prezidentimiz i.karimov ta'kidlab o`tganlaridek: «iqtisodiy rivojlanish sur'atlari haqida gapirganda... Uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko`rsatkichlariga ko`proq e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o`sishlar iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o`zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so`z bilan aytganda, Seminar hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim»1. Shunday ekan iqtisodiy o`sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko`payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.

Mahsulotning o`sish sur'ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o`zgarishi o`rtasidagi nisbat iqtisodiy o`sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.

Ekstensiv iqtisodiy o`sishga ishlab chiqarishning avvvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko`payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko`paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o`rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo`yicha xuddi o`shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o`zgarmay qoladi.

Iqtisodiy o`sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo`llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo`li bilan erishiladi. Intensiv yo`l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o`sishida, mahsulot sifatining oshishida o`z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo`lgan yana bir korxona qurishga hojat yo`q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.

Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo`lmaydi, balki muayyan uyg`unlikda, bir-biri bilan qo`shilgan tarzda bo`ladi. Shu sababli ustivor ekstensiv va ustivor intensiv iqtisodiy o`sish turlari tahlil qilinadi.

Iqtisodiy o`sish murakkab va ko`p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko`rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko`rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko`rsatkichlar tizimida jismoniy va qiymat ifodasidagi ko`rsatkichlar farqlanadi.

Iqtisodiy o`sishning jismoniy ko`rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta'siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o`sish sur'atlarini hisoblashda har xil ne'matlar ishlab chiqarishni umumiy ko`rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko`rsatkichlar keng qo`llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to`liq «tozalash» mumkin bo`lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o`sish sur'atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.

Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o`sishning asosiy qiymat ko`rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

Yamm (imm) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o`sish sur'ati;

1. Yamm (imm) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to`g`ri keladigan miqdori va uning o`sish sur'ati;

2. Yamm (imm) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to`g`ri keladigan miqdori va uning o`sish sur'ati;

Iqtisodiy o`sishni aniqlashda har uchala ko`rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.

Masalan: agar diqqat markazida iqtisodiy potentsial muammosi tursa, birinchi ko`rsatkichdan foydalanish ko`proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko`proq ikkinchi ko`rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko`rsatkichga ustivorlik beriladi.

Odatda iqtisodiy o`sish % (foiz) da o`sishning yillik sur'ati sifatida aniqlanadi. Masalan, agar o`tgan yili real yamm 60 mlr. So`mni va joriy yilda 70 mlr. So`mni tashkil qilgan bo`lsa, o`sish sur'atini joriy yildagi real yamm ning bazis davrdagi hajmiga bo`lish yo`li bilan aniqlash mumkin. Bu holda o`sish sur'ati 16,6% ni (70g`60*100) tashkil qiladi.

Mamlakatning iqtisodiy o`sish sur'atini xarakterlaydigan ko`rsatkichlar (real yamm va aholi jon boshiga real yammning o`sishi) miqdoriy ko`rsatkichlar bo`lib, ular

- birinchidan mahsulot sifatining oshishini to`liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o`sishini to`liq xarakterlab berolmaydi;

- ikkinchidan, real yamm va aholi jon boshiga yammning o`sishi bo`sh vaqtning sezilarli ko`payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko`rsatilishiga olib keladi, – uchinchidan, iqtisodiy o`sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta'sirini hisobga olmaydi.

Iqtisodiy o`sishning alohida tomonlarini xarakterlovchi ko`rsatkichlari ham mavjud bo`lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan xarakterlanadi:

A) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya'ni uning unumdorligi.

B) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi.

V) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o`rtasidagi nisbat.

G) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.

5.Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi

Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg`arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.

Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo`ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma'noda o`z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne'matlar, yaratilgan san'at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o`lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob'ektiv sabablariga ko`ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in'omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o`lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil Seminarotida milliy boylikning tor ma'nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma'noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo`lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo`ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining, umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo`ladi. U kishilarning ko`plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi.

Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

1. Moddiy buyumlashgan boylik.

2. Nomoddiy boylik.

3. Tabiiy boylik.

Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste'mol qilishdan ortiqcha qismini jamg`arish oqibatida vujudga keladi va o`sib boradi.

Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig`indisi sifatida tasavvur qilish noto`g`ri bo`lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste'mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o`rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg`arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o`sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.

Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo`lib, tarkibiy tuzilishi bo`yicha qo`yidagilarni o`z ichiga oladi:

— ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo`ladi, hamda o`zining texnikaviy darajasi bo`yicha yalpi milliy mahsulotning o`sish imkoniyatini belgilab beradi:

— noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob'ektlar kiradi.

— aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo`lib, asosiy kapitalning taxminan 1g`4 qismini tashkil qiladi.

— tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta'siri ostida bo`lib, potentsial tayyor mahsulot hisoblanadi.

— moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Bunga muomala bosqichdagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar, davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro`y berishi mumkin bo`lgan va oldindan bilib bo`lmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi.

Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sug`urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi.

— aholining uy, tomorqa va yordamchi xo`jaligida jamg`arilgan mol-mulk. Bunga uy-joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi.

Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmog`i o`zgarishsiz qolmaydi. Asosan fan-texnika taraqqiyoti sharoitida moddiy, buyumlashgan boylik tarkibida yirik o`zgarishlar ro`y beradi. Sanoat tarmoqlarining asosiy kapitali tez ko`payadi va yangilanadi, noishlab chiqarish sohasining asosiy kapitali tarkibida ilmiy, o`quv, sog`liqni saqlash muassasalarining ulushi tobora ko`proq hissasini egallaydi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari o`sib boradi.

Moddiy buyumlashgan boylik o`sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:

Mehnat unumdorligining o`sishi;

Ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;

Milliy daromadda jamg`arish normasining ortishi.

Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma'nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste'mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko`payishi ro`y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o`sish sur'ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog`liq bo`ladi.

Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farqlansa-da, har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.

Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog`liq emas, u tabiat qonunlari asosida ro`y beradi. Foydali qazilma boyliklar, o`rmonlar, suv va er resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi.

Tabiat in'omlari o`zlarining dastlabki ko`rinishida tabiiy boylik bo`lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma'nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi. Ular real boylikka inson mehnatining ta'siri oqibatida aylanadi.

Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog`liq bo`lmagan alohida turdagi iste'mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta'minlash va oshirib borish uchun zarur bo`ladi. Bunday boyliklarga ta'lim, sog`likni saqlash, fan, madaniyat, san'at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san'at asarlari alohida o`rin tutadi.

Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san'atning rivojlanish darajasi, jamiyat a'zolarining to`plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog`liqni saqlash, ta'lim va sportning rivojlanish darajasi o`z ifodasini topadi.

Moddiy buyumlashgan boylikning o`sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko`payishining asosi hisoblanadi. Agar fan-texnika taraqqiyoti yuqori sur'atlar bilan rivojlansa madaniyat, san'at, fan kabi nomoddiy sohalar ham o`sib va takomillashib boradi.

Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo`lib, o`z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi.

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:



  1. Makpoiqtisodiy ko`pcatkichlap nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o`ynaydi?

  2. YaMM va SMM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy dapomad-chi?

  3. YaMM harakat shakllari tavsifini bering.

  4. YaMM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.

  5. Nominal va real YaMM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko`rsating.

  6. Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zarur?

  7. Yalpi talab nima? Nima uchun talab egri chizig`i o`zgaradi? Yalpi talabga qanday omillar ta'sir ko`rsatadi?

  8. Yalpi taklif nima? Yalpi taklif egri chizig`idan uchta kesmani tasvirlang va ular nimani ko`rsatishini tushuntiring? Yalpi taklifga qanday omillar ta'sir ko`rsatadi?

TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR:

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Muqaddima, 1,2,3-moddalar. -T.: «O’zbekiston», 1998.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. T. «O’zbekiston», 1997, 181-215-b.

  3. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratiyalashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T.: «O’zbekiston» 2005.

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. To’g`ridan–to’g`ri xususiy investitsiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g`risida. 2005 yil 11 aprel. “Xalq so’zi”, 2005 yil 12 aprel.

  5. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.H., Jo’raev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. - T.: «Moliya» nashriyoti, 2002. XIII bob, 244-258-b.

  6. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma'ruzalar matniG`Mualliflar jamoasi.-TDIU. IPO "Polipaper", 2005

  7. Ekonomika: Uchebnik. 3-e izd., pererab. i dop. G`Pod red. d-ra ekon. nauk prof. A.S. Bulatova. – M.: Ekonomist', 2005, s.387-397.

  8. Sh.Shodmonov, T.Ziyaev, M.Yaxshieva “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan test va savollar to’plami, -T.: TDIU, 2005.

  9. http:G`G`www.msu.ruG`depts

  10. http:G`G`www.ecsocman.edu.ru

1-MAVZU. ISTE'MOL, JAMG`ARMA VA INVESTITSIYALAR

1. Iste'mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o`zaro bog`liqligi

2. Jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligi

3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar

Asosiy tayanch tushunchalar

Iste'mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonini bildiradi.

Shaxsiy iste'mol – iste'molchilik xarakteridagi ne'matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, ya'ni ularning individual tarzda iste'mol qilinishini bildiradi.

Unumli iste'mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanishni anglatadi.

Iste'molchilik sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne'matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.

Jamg`arma – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to`planib borilishi.

Iste'molga o`rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste'molga ketadigan ulushi.

Jamg`armaga o`rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg`armaga ketadigan ulushi.

Iste'molga qo`shilgan moyillik – shaxsiy daromad o`sgan qismining iste'mol qilinadigan qismi yoki ulushi.

Jamg`armaga qo`shilgan moyillik – shaxsiy daromad o`sgan qismining jamg`armaga ketadigan hissasi.

Iqtisodiy jamg`arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko`paytirish uchun foydalanish.

Jamg`arish normasi – jamg`arish fondining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.

Kapital quyilmalar – asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar.

Investitsiyalar – ishlab chiqarishni va xizmat ko`rsatish sohalarini kengaytirishga, ya'ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo`yilmalar.

1- Iste'mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni

hamda ularning o`zaro bog`liqligi

Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya'ni milliy daromad iste'mol va iqtisodiy jamg`arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste'mol keng ma'noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste'mol qilishini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste'mol farqlanadi.

Unumli iste'mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo`lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste'mol qilinishini, ya'ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.

Shaxsiy iste'mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro`y berib, bunda iste'mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to`liq iste'mol qilinadi.

Iste'mol jarayonida turli xil moddiy va ma'naviy ne'matlardan foydalaniladi. Iste'mol qilinadigan ne'mat turiga bog`liq ravishda moddiy ne'matlarni va xizmatlarni iste'mol qilish ajratiladi.

Individual yoki jamoa bo`lib iste'mol qilish ham farqlanadi. Alohida oila yoki jamiyat a'zolarining ixtiyorida bo`lgan moddiy ne'matlarni iste'mol qilish individual iste'molga jamiyat a'zolarining guruhlari moddiy ne'mat va xizmatlardan foydalanishi jamoa bo`lib iste'mol qilishga kiradi.

Iste'mol fondi mablag`laridan butun iqtisodiyot doirasida band bo`lgan xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. U butun aholining shaxsiy iste'molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi moddiy sarflarni o`z ichiga oladi.

Iste'mol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo`liga kelib tushadigan qismi iste'molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi.

Iste'molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne'matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.

Jamg`arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to`planib borilishi.

Uning hajmi uy xo`jaliklari daromadidan iste'molchilik sarflarini ayirib tashlash yo`li bilan aniqlanadi.

Daromad fondida iste'molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo`lsa jamg`arma hajmi shunchalik kam bo`ladi. Jamg`armaning o`sishi esa iqtisodiy ma'noda mablag`larning iste'mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo`naltirilishini bildiradi.

Shu sababli daromadda iste'molchilik sarflari va jamg`arma nisbatining o`zgarishi bir qator, ba'zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg`armaga qo`yish oqibatida u tovarlarda bo`lgan talabda o`z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to`liq sarflangandagina jami talabni ta'minlash uchun etarli bo`ladi. Demak jamg`arma daromadlar - xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo`lishiga olib keladi.

Jamg`arma daromadlardan mablag`larni olib qo`yishni bildirib iste'molchilik sarflar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun etarli bo`lmay qolishini bildiradi. Agar aholi o`z daromadining qandaydir, qismini jamg`arsa, o`zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko`payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bo`lishi mumkin.

Boshqa tomondan jamg`arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg`arilgan mablag`lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste'molchilik sarflarining har qanday etishmasligini qoplaydi va jamg`arma keltirib chiqaradigan iste'moldagi har qanday etishmaslikni to`ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o`zining barcha mahsulotini iste'molchilarga sotishni ko`zda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg`armalariga teng miqdordagi mablag`larni investitsiyalarga qo`yishni ko`zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo`lib qoladi.

Iste'mol va jamg`arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to`g`ri soliqlar ham mavjud bo`ladi. Shu sababli soliqlar to`langandan keyin aholi qo`lida qoladigan daromad iste'molchilik sarflari va shaxsiy jamg`arma yig`indisiga teng bo`ladi. Iste'mol va shaxsiy jamg`armaning darajasi bevosita soliqlar to`langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste'molning ham, jamg`armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg`arma daromadning iste'mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to`langandan keyingi daromad shaxsiy jamg`armani aniqlab beradigan asosiy omil bo`lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste'mol miqdori va soliqlar to`langandan keyingi daromad o`rtasidagi farq shu yildagi jamg`arma miqdorini aniqlaydi.

qarab chiqilgan omil ta'sirida iste'mol va jamg`arma darajasining o`zgarishini quyidagi jadvalda tushuntiramiz. Tahlil uchun shartli ma'lumotlardan foydalanamiz.

Iste'mol va jamg`arma darajasi, mlrd., so`m


(shartli ma'lumotlar)

Yillar

Daromad darajasi (D)

Iste'mol (I)

Jamg`arma (J)

IO`M

JO`M

I=M

J=M

1990

1500

1300

200

0,87

0,13

-

-

1995

1800

1500

300

0,83

0,17

0,67

0,33

2000

2200

1700

500

0,77

0,23

0,50

0,50




1

2

3 (1-2)

4 (2:1)

5(3:1)

6(2:1)

7 (3:1)

11-jadval ma'lumotlaridan xulosa chiqarib aytish mumkinki, birinchidan, aholi daromadining asosiy qismi iste'molga sarflanadi, qolgan qismi jamg`armaga ajratiladi. Ikkinchidan, iste'mol ham, jamg`arish ham daromadlar darajasiga bevosita bog`liq bo`ladi.

Aholi daromadining iste'molga ketadigan ulushi iste'molga o`rtacha moyillik deyiladi (IO`M).

Aholi daromadining jamg`armaga ketadigan ulushi esa jamg`armaga o`rtacha moyillik (JO`M) deyiladi. Ya'ni:

IЫM = x 100 va JЫM = x 100

Jadvalda keltirilgan har bir daromad darajasi bo`yicha IO`M va JO`Mni hisoblab ko`ramizki daromad ko`payib borishi bilan IO`M tushadi, JO`M esa o`sadi. Haqiqatda soliqlar to`langandan keyin qolgan daromad yoxud iste'mol qilinadi va yoxud jamg`armaga ketadi. Shu sababli daromadning iste'mol qilinadigan va jamg`armaga ketadigan qismlari daromad har qanday darajasining butun miqdorini qamrab oladi. qisqasi IO`MQJO`Mq1,0 yoki 100% bo`ladi.

Daromad o`simining iste'mol qilinadigan qismi yoki hissasi iste'molga qo`shilgan moyillik deyiladi (IqM), yoki

IKM = .

Daromad har qanday o`sishning jamg`armaga ketadigan hissasi, jamg`armaga qo`shilgan moyillik deyiladi (JqM), ya'ni JqM q jamg`armadagi o`zgarishG`daromaddagi o`zgarish.

Masalan, agar 1500 mlrd. so`m ni tashkil qiluvchi soliqlar to`langandan keyingi daromad 300 mlrd. so`mga ko`payib 1800 mlrd. so`mga etsa (7-qator) daromadning shu o`sgan qismining 2G`3 qismi iste'mol qilinadi va 1G`3 qismi jamg`armaga ketadi. Boshqacha aytganda, IqM - 0,666 ni, JqM esa 0,333 ni tashkil qiladi. Daromaddagi har qanday o`zgarish uchun IqM va JqM yig`indisi har doim I ga teng bo`lishi zarur yoki IqM Q JqM q I. Bizning misolda 0,666Q0,333q I,0

Shaxsiy daromaddan tashqari iste'mol va jamg`arma o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikka ta'sir ko`rsatuvchi boshqa bir qator omillar ham mavjud bo`ladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:

- uy xo`jaliklari jamg`argan boylik darajasi;

- narxlar darajasi;

- narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o`zgarishining kutilishi;

- iste'molchi qarzlari;

- soliq stavkalari o`zgarishi.

2- Jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligi

Jamg`arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion xarakterdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg`arishning amalda namoyon bo`lish shakli bo`lganligi sababli dastlab tahlilni jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.

Jamg`arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zahiralarini ko`paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.

Amalda jamg`arish kapital mablag`lar yoki investitsion sarflar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi. “Jamg`arish” va “kapital mablag`” yoki “investitsion sarflar” tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Bir tomondan, kapital mablag` yoki investitsiyalarning chegaralari jamg`arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovatsiyaga (ya'ni eskirgan ob'ektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizatsiya fondining bir qismi ham ularning manbai bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, “jamg`arish” tushunchasi investitsion sarflar doirasidan chiqib ketadi, chunki u faqat asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitalning, shuningdek, ehtiyot zahiralarining kengayishini ham anglatadi.

Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg`arish bir-biridan farqlanadi. Jamg`arilgan mablag`larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag`larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg`arish fondini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg`arish iqtisodiy o`sishning muhim omilidir.

Ijtimoiy madaniy sohadagi jamg`arish (noishlab chiqarish jamg`arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o`quv muassasalari, madaniyat, sog`liqni saqlash, sport muassasalari, ya'ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.

Jamg`arish fondi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur'atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg`arish normasi bevosita jamg`arish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: JN q (JFG`MD) x 100,

Bunda, JN-jamg`arish normasi, JF-jamg`arish fondi, MD-milliy daromad.

Jamg`arish normasining ham o`z chegarasi bo`lib, uni oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo`lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag`lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar etkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o`rtasida nomutanosiblik paydo bo`ladi. Mablag`larning sochilib ketishi, ob'ektlarni barpo etish muddatlarining cho`zilib ketish xavfi oshadi, oqibatda ular qimmatlashadi, barpo etish jarayonidayoq ma'naviy jihatdan eskiradi, tugallanmagan qurilishlar ko`payadi. Oqibatda iqtisodiy o`sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo`ladi.

Shunday qilib, jamg`arish fondi iqtisodiy o`sish sur'atlari va sifatiga faqat o`zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta'sir ko`rsatib qolmaydi. Fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o`ringa chiqadi.

Jamg`arish fondi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko`payishini belgilaydigan omillar, jamg`arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo`llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg`arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog`liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o`sha miqdorida mahsulotlarni ko`proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.

Jamg`arishning miqdori milliy daromaddagi jamg`arish va iste'mol fondlari o`rtasidagi nisbatga ham bog`liq bo`ladi.

3-Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.

Investitsiyalar sarflarning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta'sir ko`rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko`plab mutanosibliklar uning o`sish sur'atiga bog`liq bo`ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob'ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog`liq sarflarni bildiradi.

Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko`paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo`yilmadir. U pul mablag`lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog`ozlar ko`rinishida amalga oshiriladi.

Investitsiyalarni ro`yobga chiqarish bo`yicha Seminar harakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.

Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

- investorlarning o`z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg`armalari va h.k.);

- qarz olingan moliyaviy mablag`lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);

- jalb qilingan moliyaviy mablag`lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag`lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to`lovlari);

- byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish.

2000 yilda O`zbekistonda investitsion qo`yilmalarning 26,4% korxonalarning o`z moliyaviy mablag`lari hisobiga, 30,3% byudjet mablag`lari hisobiga amalga oshirilgan1.

Investitsiyalarning manbalaridan biri aholi keng qatlamlari (ishchilar, o`qituvchilar, vrachlar va boshqalar) jamg`armasi hisoblanadi. Muammo shundan iboratki, jamg`arma xo`jalik yurituvchi bir guruh tomonidan amalga oshiriladi, investitsiyalar esa shaxslar yoki xo`jalik yurituvchi sub'ektlarning butunlay boshqa guruhi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. O`z-o`zidan aniqki, investitsiyalar manbai bo`lib iqtisodiyotda faoliyat qiluvchi sanoat, qishloq xo`jalik va boshqa korxonalar foydasi ham hisoblanadi. Bu erda “jamg`aruvchi” va “investor” bir-biriga to`g`ri keladi.

O`zbekistonda kapital quyilmalarda nodavlat sektorining ulushi 1991 yildagi 24 %dan, 2000 yil 34,7% ga etgan.

12-jadval.

Respublikada investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari

bo`yicha tuzilishi (% hisobida)1


Yillar

1991

1992

1993

1994

1995

1998

2000

Jami kapital qo`yilmalari

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Shu jumladan: byudjet mablag`lari

44,5

26,6

32,1

25,3

22,9

24,2

30,3

Korxonalarni o`z mablag`lari

38,7

52,9

46,2

47,1

47,0

49,2

26,4

Bank kreditlari

. . .

0,3

8,3

11,1

9,6

6,2

7,5

Chet el investitsiyalari






















va kreditlari







0,1

6,6

14,0

20,3

21,7

Aholi mablag`lari

16,8

20,2

13,2

9,9

6,5

. . .

12,7

Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:

1) Tadbirkorlar investitsiyalarga sarflardan olish ko`zda tutilgan, kutilayotgan sof foyda normasi va 2) foiz stavkasi.

I. Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo`lsa, sotib oladi.

Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu - real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo`lgan band qilingan pul kapitaliga korxona to`lash zarur bo`lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (10 %) foiz stavkasi (7 %)dan ortiq bo`lsa investitsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Aksincha foiz stavkasi (aytalik, 12%) kutilayotgan sof foyda normasidan (10%) ortiq bo`lsa, investitsiyalash samarasiz hisoblanadi.

Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta'sir ko`rsatadi.

1.Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish xarajatlari.

2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori.

3. Texnologik o`zgarishlar.

summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.


  1. Yüklə 1,76 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin