1-MAVZU. “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI
Reja:
-
Iqtisodiyot nazariyasi qanday fan va u nimani o`rganadi?
-
Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar.
-
Iqtisodiyot nazariyasining tahlil uslublari.
-
Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog`liqligi
-
Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari.
Tayanch iboralar
Iqtisodiyot nazariyasi; iqtisodiy kategoriyalar; umumiqtisodiy kategoriyalar; formatsionmaxsus kategoriyalar; davriyoraliq kategoriyalar; iqtisodiy qonunlar; induktiv va deduktiv usullar; umumiqtisodiy fanlar; xususiy iqtisodiy fanlar. Moddiy ehtiyojlar; ijtimoiyma'naviy ehtiyojlar; mehnat ehtiyoji; ehtiyojlarning yuksalishi; ehtiyojlarni qondirish vositasi.
Iqtisodiyot nazariyasi qanday fan va u nimani o`rganadi?
Iqtisodiyot nazariyasi qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. U doim olimlar va ziyoli kishilar diqqatini jalb qilib kelgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, iqtisodiyot nazariyasini o`rganish-bu barcha davrlarda - Aristotel va Ksenofontdan tortib to bugungi kunga qadar – kishilar iqtisodiy faoliyati va xo`jalik yuritish qonunlarining harakatlantiruvchi kuchlarini bilishning ob'ektiv zaruriyatini amalga oshirishdir.
Iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlari va usullarini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish va ularning iste'molida diniy tushunchalar, odamlarning imone'tiqodi katta ta'sir kuchiga ega. Islomning asosiy manbai «Qur'oni Karim» oyatlari bandalarni har jihatdan poklikka, imon basalomatligiga chorlaydi. Bu muqaddas kitobning 293 ta oyati bevosita iqtisodiy tafakkurga bag`ishlangan.
«U (Alloh) sizlarga erni bo`ysundirib qo`ygan zotdir. Bas, uning turli joylarida yuring va (Allohning) rizqidan eng...»1
Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanish va rivojlanishidagi birinchi bosqichi - bu merkantilizmning yuzaga kelishidir.
Merkantilistlar ta'limotining mohiyati boylikning yuzaga kelishi manbaiga berilgan ta'rifdan iborat (ularning xizmati shundaki bu to`g`rida birinchi bo`lib fikr bildirganlar). Biroq ular bu masalani noto`g`ri talqin qilganlar, chunki boylikning manbaini muomala sohasidan keltirib chiqarganlar, boylikni esa pul bilan tenglashtirganlar.
Siyosiy iqtisodning rivojlanishidagi yangi bosqich fiziokratlar timsolida ko`rinadi, ular yirik er egalari manfaatlarini himoya qiluvchilar bo`lib maydonga kelganlar. Mazkur yo`nalishning bosh vakili va tashkilotchisi Fransua Kene (16941774) dir. U ishlab chiqqan ta'limotning cheklanganligi shundan iboratki, bunda boylikning manbai faqat dehqonchilikdagi mehnat deb hisoblanadi.
Iqtisodiyot fan A.Smit (17231790) va D. Rikardo (17721823) asarlarida yanada rivojlantirildi. A.Smit iqtisodiy fikrlar tarixiga mumtoz (klassik) siyosiy iqtisodning asoschisi sifatida kirib keldi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab marjinalizm deb atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. (Inglizcha so`zdan olingan va «oxirgi qo`shilgan» – degan ma'noni beradi). Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl Menger, Fon Vizer, Bem Bavrek va boshqalar bo`lib, ular tomonidan «qo`shilgan tovar nafligi, qo`shilgan mehnat yoki resurs unumdorligi» – degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo`lgan talab va uning bahosi o`rtasidagi bog`liqlik hamda o`zaro ta'sirni tahlil qilishda keng qo`llaniladi.
Iqtisodiyot nazariyasining yana bir muhim yo`nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Uning asoschisi – Milton Fridman.
Markaziy Osiyoda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishi Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy va boshqa dunyoga mashhur olimlar nomlari bilan bog`liq.
Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar hali falsafiy va butun ijtimoiy bilimlar majmuidan ajralmagan bo`lsada, katta ahamiyatga ega edi.
Forobiy va Ibn Sino qarashlarida insonning ehtiyojlari to`g`risidagi ta'limot markaziy o`rin egallar edi.
Iqtisodiyot fanining tarixiga qilingan o`ziga xos sayohat natijasida uning asosiy maktablari va yo`nalishlari bilan tanishuvdan so`ng iqtisodiyot nazariyasining predmetiga ta'rif berish mumkin.
Iqtisodiyot nazariya - kishilarning cheklanmagan ehtiyojlarini to`laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan foydalanishning eng samarali yo`llarini izlash sharoitida kishilik jamiyati rivojlanishining qonunlari va qonuniyatlarini o`rganish bilan shug`ullanuvchi fandir.
Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi to`g`risidagi fan bo`lib, uning predmeti ishlab chiqarish munosabatlaridir.
Ishlab chiqarish munosabatlari-bu hayotiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida kishilar o`rtasida ob'ektiv yuzaga keladigan munosabatlar.
Iqtisodiyot nazariyasi tarkiban o`z ichiga mikroiqtisodiyot (alohida iqtisodiy sub'ektlarning xattiharakati) va makroiqtisodiyot (butun milliy iqtisodiy tizim xattiharakati va amal qilishi)ni oladi. Uning tarkibida yana mezoiqtisodiyot (milliy iqtisodiyotning alohida kichik tizimlari yoki xalq xo`jaligi tarmoqlari xattiharakati) va supermakroiqtisodiyot (butun jahon iqtisodiyotining xattiharakati)ni ajratib ko`rsatish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi-iqtisodiy hodisalarning shunchaki talqinini berish emas, balki ularning o`zaro bog`liqligi va o`zaro aloqadorligini ko`rsatish, ya'ni iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va qonunlar tizimini yoritib berishdan iborat. Shu bilan u boshqa aniq iqtisodiy fanlardan farq qiladi.
Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar.
Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o`rtasidagi aloqalar o`rganilganda, ular konkret sharoitda (masalan, korxonada) tekshirilmaydi, balki umumnazariy, ya'ni qonunkategoriyalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi.
Har bir fan o`z predmetini kategoriyalar yordamida tekshiradi.
Iqtisodiy kategoriyalar – bu iqtisodni o`rganishda qo`llanadigan nazariy tushunchalar bo`lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in'ikosi, ifoda etilishidir.
Kategoriyalar – ilmiy fikrlash mahsulidir. Ularni kundalik hayotda uchraydigan tushunchalardan farqlash zarur. Masalan, kundalik hayotda bozor deganda, ko`pchilik yig`ilib savdo qilinadigan joy tushuniladi. Nazariyada esa bozor deganda joy emas, pul yordamida ayirboshlash, ya'ni kishilar o`rtasida oldisotdi munosabatlari anglanadi. Nazariyada kategoriyalar guruhlarga bo`linib o`rganiladi:
Umumiqtisodiy kategoriyalar– iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo`lgan, lekin ijtimoiyiqtisodiy sistemaga aloqasi bo`lmagan umuminsoniy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar.
-
Formatsionmaxsus kategoriyalar– iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo`lgan, ijtimoiyiqtisodiy sistemaning tabiatiga aloqador, o`tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalar.
-
Davriyoraliq kategoriyalar – umuminsoniy xarakterdagi, lekin bir necha iqtisodiy sistemalar sharoitida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda saqlanuvchi, ammo o`tkinchi mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy hodisalarning belgilari umumlashtirish asosida qonunlarda ta'riflanadi.Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o`rtasidagi muhim takrorlanib va yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sababoqibat, aloqa bog`lanishlaridir.
-
Umumiqtisodiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat'i nazar amal qiluvchi qonunlar.
-
Formatsionmaxsus qonunlar – maxsus iqtisodiy qonunlar – faqat muayyan ijtimoiy – iqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi, shu tizimning o`ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlar.
-
Davriyoraliq qonunlar – bu turli ijtimoiyiqtisodiy sistemada, ammo ma'lum davrda amal qiluvchi sistemalarning maxsus tuzumiga aloqasi bo`lmagani holda, ularni birlashtirib bog`lab turuvchi munosabatlarga xos qonunlar.
Iqtisodiyot nazariyasi kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga mansub bo`lmasin, yaxlitlikda olib qaraydi, qonunlarni bir tizimda o`zaro ta'sir ostida amal qilishini hisobga oladi. Kategoriya va qonunlar tizimi – iqtisodiyotga xos bo`lgan barcha, birbirini taqozo etuvchi qonunlar va kategoriyalar majmuasidir.Iqtisodiyot nazariyasining tahlil uslublari Iqtisodiyot nazariyasi hodisalarni bilishga bag`ishlangan umumfalsafiy usullarni qo`llaydi. Eng avval iqtisodiyotni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma'lumotlar (faktlar) jamlanib baholanadi. Jamlangan ma'lumotlarga bir qator umumiy tarzda baho beriladi. Natijada dastlabki sinab ko`rilmagan xulosagipoteza olg`a suriladi. Faktlarni tartiblab xulosaga kelishda abstraktsiyalash usuli asosiy usul bo`lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiytexnikaviy fan emaski, u o`z gipotezalarini tajribalar yoxud laboratoriya tahlili orqali tekshirib ko`rsa. U ijtimoiy fan, u iqtisodiyotdagi g`oyat ko`p qirrali, chirmashib ketgan aloqabog`lanishlarga duch keladi. Abstraktsiyalash-bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o`rganishdagi uchinchi bosqich nazariyani iqtisodiy siyosat bilan bog`lashdir. Nazariya iqtisodiyotga qanday tendentsiyalar xos bo`lishi, uning qanday omillari ta'sirida rivojlanishi, unda qanday o`zgarishlar bo`lishini bashorat eta oladi. Shu sababli nazariya – iqtisodiy siyosatning ilmiy asosi deb aytish mumkin. Siyosat deganda nafaqat davlatning umummilliy, umumjamiyat miqyosidagi siyosatni, balki ayrim korxona, firmaning Seminaroti dasturini, uning qanday xattiharakatga qo`l urishini ham tushunmoq zarur.Nazariyada induktiv va deduktiv usullar ishlatiladi. Induktiv usul deganda empirik bilimdan abstraktsiyaga o`tib, nazariy xulosalar chiqarish, so`ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o`tishni tushunish kerak. Deduktiv usuli qo`llanganda nazariyadan iqtisodiy faktlar tahliliga o`tiladi. Bunda olg`a surilgan xulosa qaytadan faktlar asosida tekshirib ko`riladi. Har ikkala usul birbirini to`ldiradi.Nazariy xulosalar ikki - makro va mikro darajadagi iqtisodiy tahlildan kelib chiqadi. Iqtisodiyot o`rganilganda miqdor va sifat tahlili qo`llanadi. Iqtisodiyot nazariyasida qonuniyatlarni bayon etish uchun egri chiziq chizmalari, statistik jadvallar qo`llanadi.
Dostları ilə paylaş: |