Iqtisodiyot


Xodimlar bilan ishlash bo`limi



Yüklə 84,55 Kb.
səhifə5/8
tarix12.09.2023
ölçüsü84,55 Kb.
#128917
1   2   3   4   5   6   7   8
Malakaviy amaliyot hisoboti-hozir.org

Xodimlar bilan ishlash bo`limi

1.Bank ichki bank nazorati, uning turlari va ahamiyati.
Bank operatsiyalari ichki nazorati - bank rahbariyati va barcha bankxodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi;
Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo’lgan tartib yoki qoida bo’lmasdan, balki u bankning barcha bo’g’inlarida kunlik bank operatsiyalarning boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir. Ichki nazorat o’z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy nazoratga bo’linadi. Ichki nazorat tizimi kerdit tashkiloti sifatida bank joriy holatini tahlil qilishda, banklarni taraqqiy toptirishda juda muhim element bo’lib, bank menejmentining ajralmas bo’lagi hsoblanadi. Ichki nazorat tizimi o’zida ichki nazoratning turli yo’nalishlari va bo’limlarini jamlaydi. Ichki nazorat bank xodimlari tomonidan yo’l qo’yilgan turli xatoliklar va qonun buzilishlar natijasida paydo bo’ladigan yo’qotishlarni minimallashtirish maqsadida bank boshqaruvi tomonidan yaratilgan nazorat tizimi sifatida faoliyat yuritadi. Biroq bank ichki nazoratining mohiyati faqatgina tekshiruv metodlari jamlanmasidangina iborat emas, shunday bo’lsada u bank tomonidan o’z aktivlari butligini ta’minlash, boshqaruv siyosatiga amal qilish, moliyaviy hisobotlar ishonchliligini tekshirish va samarali ish faoliyatini tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni o’zida ifoda etadi. Ichki nazorat administrativ va moliyaviy nazorat kabi ikki shakldan iborat bo’ladi: Administrativ nazoratda jarayon, ish va protseduralarni tashkil qilish, hujjatlashtirishni yuritish rejasiga asoslanadi. Moliyaviy nazorat hujjatlashtirishga asoslanib, ushbu hujjatlashtirish moliyaviy hisobotlar ishonchliligini ta’minlash va aktivlar butligini saqlash vazifasi bilan bog’liq. Faoliyat natijalarini nazorat qilishda jarayon dokumentatsiya jarayoni bilan bog’liq bo’lib, u bank mahsulotlari tannarxining rejadagi va haqiqatdagi ko’rsatkichlari va ularning rentabelligi bilan bog’liq hisoblanadi.
Bank nazoratining asosiy maqsadi xodimlarning qonunchilik hujjatlari, Markaziy bank va boshqa tegishli organlarning meyoriy hujjatlariga o’z ish faoliyatida amal qilishi, bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga yuqori darajada ishonchlilikni ta’minlash va bank faoliyatidagi mumkin bo’lgan risklarni kamaytirish yo’li bilan omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilishdan iborat. Nazariy jihatdan bank ichki nazoratning bir qancha shakllarini mavjud. Ularni umumiy qilib 2-rasmda ko’rsatilgandek tasniflash mumkin. Bank ichki nazoratini tashkil qilish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshadi:
- Kredit tashkiloti faoliyatini tashkil etuvchi boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat.
- Bank risklarini baholash va ularni boshqarish tizimining ish faoliyatini tekshirish.
- Bank operatsiyalarini amalga oshirishda vakolatlar taqsimotini nazorat qilish.
- Ma’lumotlar oqimi va ularning xavfsizligini nazorat qilish.
Yuqori boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat ichki nazorat siyosatini amalga oshirishning bir qismi sifatida bank Kengashi, shuningdek bank ijroiya organlari tomonidan o’tkaziladigan chora -tadbirlar yig’indisini o’zida qamrab oladi. Direktorlar Kengashi (Nazorat kengashi) ish faoliyatida bank faoliyatiga tegishli quyidagi masalalarni ko’rib o’tishi tavsiya qilinadi:
- Samarali ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
- O’z majlislarida ichki nazorat samaradorligini doimiy muhokama qilish va bank ijroiya organlari bilan ichki nazoratni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan muloqotlar o’tkazish;
- Ichki nazoratni tashkil qilish bo’yicha bankning ichki ijro organlari, ichki nazorat xizmati, shuningdek ichki nazorat organiga taalluqli boshqa xodimlar tomonidan tayyorlangan hujjatlarni joriy nazoratini o’tkazish;
- Ichki nazorat xizmati tomonidan bildirilgan takliflar va e’tirozlarni tijorat banki ijro organlari tomonidan tezkorlik bilan ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ta’minlash;
- Ichki nazoratning bank faoliyati ko’lami, xarakteriga muofiqligini o’z vaqtida tekshirib borish.
Bank ijro organi o’z ish-faoliyatida quyidagi masalalarni ko’rib borishi zarur:
- Bank kengashi qarorlari yuzasidan javobgarlikni belgilash, bank ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda tijorat banki siyosati va strategiyasini amalga tadbiq etish;
Ichki nazorat doirasida qoida va tartiblarni ishlab chiqish jarayonida vakolatlar taqsimotini belgilash (bank tashkiliy strukturasiga muofiq);
- Tijorat banki faoliyatining ichki hujjatlar, shuningdek ichki nazoratni amalga oshirishda belgilangan tartibga muofiqligini nazorat qilish;
- Ichki nazoratning aniq yo’nalishlari uchun javobgarlikni va majburiyatlar taqsimotini belgilash;
- Ma’lumotlarning samarali uzatilish tizimini ishlab chiqish;
- Ichki nazorat xizmati tomonidan aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha nazorat mexanizmini tashkil etish;
Tijorat banki manfaatlar to’qnashuvi yuzaga kelishi sharoitida mavjud bo’ladigan ziddiyatlarni oldini olish maqsadida xodimlarning xizmat vazifalari taqsimotini amalga oshiradi. Bank manfaatlarning potensial to’qnashuvini aniqlash va nazorat qilish bo’yicha aniq tartib o’rnatishi kerak.
Ma’lumotlar oqimi boshqaruvini nazorat qilish va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash jarayoni bank faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab olishi zarur. Bank faoliyatining biror yo’nalishi bo’yicha ma’lumot ishonchli, to’liq, to’g’ri shakllantirilgan va o’z vaqtida taqdim etilgan bo’lishi kerak. Avtomatlashgan ma’lumotlar tizimi va texnik vositalarning ichki nazorati umumiy nazorat va dasturiy nazoratdan iborat bo’ladi. Umumiy nazorat uzluksiz ishni tashkil qilish maqsadida komputer tizimini nazorat qilishni nazarda tutadi. Dasturiy nazorat amaliy dasturda avtomatlashgan tartiblar bilan amalga oshiriladi. Ichki nazorat tizimini nazorat qilish boshqaruv va turli bo’linmalar xodimlari tomonidan doimiy amalga oshirilishi shart. Bank moliyaviy faoliyatga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni o’rganib ichki nazorat tizimining sama rali faoliyat yuritishi uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Tijorat banklarida ichki nazorat xizmati quyidagi muhim tamoyillar asosida shakllantiriladi:
- Nazorat tadbirlarini o’tkazish uchun bankning barcha bo’linmalari va tashkiliy tuzilmalarning ochiqligi;
- Bank faoliyatidagi risklarning doimiy nazoratini amalga oshirish;
- Operatsiyalarning maqsadli bajarilishiga yagona shaxs javobgar bo’lmasligi uchun xodimlarning lavozim majburiyatlari taqsimoti;
- Har bir lavozimdagi shaxsni boshqa shaxsdan avval bajarilgan operatsiyalarga bog’liq bo’lmagan holda nazorat qilish;
- Bank aktivlariga va hujjatlariga bo’lgan jismoniy ruxsatni doimiy nazorat qilish.
Bank ichki nazorat tizimi uni joriy qilish bilan bog’liq hujjatlarga muofiq ravishda boshqaruv organlari tomonidan tashkil etiladi. Ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishi, muammolarni aniqlash va tahlil qilish jarayonini domiy nazorat qilish uchun bankda ichki nazorat xizmati joriy qilinadi. U Markaziy bank talablariga javob berishi va o’z faoliyatini bank Ustavi hamda ichki nazorat to’g’risidagi Kengash tomonidan tasdiqlangan ichki tartibga asosan amalga oshirishi kerak. Ichki nazorat xizmatining xodimlar tarkibi bankning ko’lami, u bajaradigan operatsiyalar murakkablik darajasiga bog’liq holda boshqaruv tomonidan belgilanadi. Bugungi kunda bank faoliyatida risk nazorati xizmatini tashkil qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bank ishidagi risklar likvidlilikning tushib ketishi, katta moliyaviy yo’qotishlar va zararlarga olib kelishi mumkin. Ichki nazoratda ushbu yo’nalishni tashkil qilishdan asosiy maqsad kredit tashkiloti tomonidan qonunchilik hamda markaziy bank va boshqa tegishli organlar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish yo’li bilan mavjud risklarni cheklashdan iborat.
Amerikaning aksionerlik va davlat korxonalari uchun buxgalteriya hisobi bo’yicha mutaxasislarni tayyorlovchi Institut olimlari ichki nazoratni quyidagicha talqin etadi
:“Ichki nazorat tashkilot rejasi va shu tashkilot (ma’lum biznes sohasi) tomonidan quyidagilarni ta’minlash maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi: o’z aktivlarini saqlash; hisobotlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va aniqligini tekshirish; operatsiyalar samaradorligini oshirishga ko’maklashish; tasdiqlangan boshqaruv siyosatiga rioya qilinishini rag’batlantirish.
Ma’lumki, nazariy jihatdan ichki audit va ichki nazoratni taqqoslash zaruriyati paydo bo’ladi va bu taqqoslash bizga ikkala tizimning mohiyatini to’laroq ochib berishga imkon yaratadi. Ichki audit bo’limi ichki nazorat tizimini kuzatish va ichki nazoratning qanday shaklda amal qilayotganini aniqlash uchun javobgar. Ichki audit shuningdek, operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlab chi qilgan tartiblarni ta’minlaydi. Bundan tashqari ichki audit bo’limi bankda profilaktik funksiyani ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazorat ishini tashkillashtirish, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ushbu jarayonda har bir xodimning faol ishtirokini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Umumiy jihatdan olib qaraganda bank ichki nazoratida bank barcha xodimlarining o’z o’rni bor, ya’ni bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan lavozim majburiyatlarida har bir xodimning operatsiyalarni bajarishdagi faqatgina o’zigagina tegishli huquq va majburiyatlari belgilanadi va ana shu majbuiyatlar ichida nazorat mexanizmini amalga oshirishdagi shu xodimga tegishli ma’lum vazifa aniq ko’rsatilgan bo’ladi. Bu holat xodimning ichki nazorat xizmatiga to’g’ridan-to’g’ri aloqadorligini anglatmaydi, lekin bank asosan mijozlar mablag’lari bilan ish olib borishini inobatga olganda nazorat har bir bo’g’inda shartligi yaqqol ko’rinadi. Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratning amaliy jihatdan tashkil qilinishini inobatga olib, bank ichki nazoratining asosiy ish yo’nalishlarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Bankda kundalik hujjatlashtirish va xodimlarning o’z xizmat vazifalarini to’laqonli bajarishini nazorat qilish.
2. Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat ishini tashkil etish.
Ichki nazoratning birinchi yo’nalishi yuzasidan asosiy meyoriy hujjat O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul qilingan 674-sonli “O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida yo’riqnoma” hisoblanadi. Shuningdek tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan ichki meyoriy hujjatlar va xodimlarning xizmat vazifalari to’g’risidagi buyruqlar shular jumlasidan.
Bank faoliyati nazorati administrativ va moliyaviy nazorat liniyalari orqali amalga oshiriladi: Administrativ nazorat bank operatsyalarini faqatgina bank tomonidan o’rnatilgan xizmat vazifalari taqsimoti asosida amalga oshirilishini ta’minlashi zarur. Moliyaviy nazorat aktivlar butligini saqlash, operatsiyalarning me’yoriy hujjatlar asosida bajarilishi, bank operatsiyalarini hisob va hisobotda to’g’ri aks ettirish va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga qaratiladi.
Administrativ va moliyaviy nazorat dastlabki, joriy va so’nggi nazorat tartibida amalga oshadi. Bunda xodimlar faoliyatining nazorati uch xil ko’rinishda amalga oshadi: dastlabki, joriy va so’nggi. Dastlabki nazoratda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish jarayoni nazoratga olinadi. Ichki nazorat xizmati bankda xodimlar bazasiga nisbatan o’rnatilgan mezonlarga amal qilinishini nazorat qiladi. Ushbu mezonlar xizmat yo’riqnomasida to’la aks ettiriladi. Bunda xodimning klassifikatsiyasi (ma’lumoti, ish tajribasi) va individual xususiyatlariga katta etibor beriladi. Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan operatsiyalar bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy monitoring qiladi. Shuningdek, xodimlarning o’z xizmat majburiyatlariga to’laqonli amal qilishi ham nazorat ostiga olinadi. So’nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning foydalanish imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki kirmasligi to’la nazorat qilinadi. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, hozirgi vaqtda tijorat banklarida xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga tayanib bajarishiga ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. Xodimlarning bank operatsiyalarini to’g’ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan muntazam kuzatib boriladi. Bugungi kunda bank operatsiyalarining murakkablashib borayotganini inobatga olib xodimlarni murakkab amaliyotlar bo’yicha muntazam malakasini oshirib borish eng asosiy vazifalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka asosan moliyaviy nazorat tizimida buxgalteriya operatsiyalarining dastlabki nazorati front ofis xodimlari yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalar samaradorligi, ularning bank ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mosligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xalqaro shartnomalar asosida xorijiy valutada amalga oshirilayotgan bo’lsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi ta’minlanadi. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlari qabul qilinayotganda quyidagi jihatlarga kata e’tibor qaratilishi kerak:
- Ularning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
- Barcha rekvizitlar to’liq va to’g’ri to’ldirilganligi;
- Ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaganligi;
- Hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mosligi va boshqalar.
Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisob-kitob hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi:
- Hujjatda belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa;
- Hujjatda summa, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o’zgartirilgan bo’lsa ;
- Hujjat mijozlar tomonidan o’zaro kelishilgan tartibda o’zgartirish kirtilgan bo’lsa;
- To’lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri mavjud bo’lmagan holda;
- Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda (budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari mijozning hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda 2-son kartatekaga qabul qilinadi);
- To’lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo’yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lmasa. Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul hisob kitob hujjatlarining asl va elektron nushalarini qabul qilgandan so’ng amalga oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
- Dastlabki nazoratdan o’tkazilgan to’lov hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi va ularning electron nushalarining to’g’ri rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi;
- Hujjatlardagi muhr izi va imzolarni o’zlarida mavjud muhr izi va imzo namunalari bilan solishtiradi;
- To’lov hujjatlarinig asl nushasida front ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini tekshiradi;
- Bankning ichki moliya-xo’jalik operatsiyalari bo’yicha kelib tushgan to’lov hujjatlarining asl va elektron nushalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo’lgan bank tegishli bo’linmalari Xizmat farmoyishlarining nushalari to’g’ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo’qligi tekshiriladi. Yakuniy nazorat banklarda amaliyot kuni tugaganidan so’ng, kunlik operatsiyalar uchun asos bo’lgan hujjatlar o’rnatilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib bo’lingandan keyin amalga oshiriladi. Bunda yakuniy nazorat xodimlari bankning electron ma’lumotlar bazasiga kirib hujjatlarning asl va elektron nushalarini nazoratdan o’tkazadi. Yakuniy nazorat xodimi bank operatsiyalarini bajarish uchun asos bo’lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to’g’ri va maqsadga muvofiq bajarilganligi bo’yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.
Bank ichki nazorati quyidagilarni tashkil etish maqsadida tuzilgan tashkilot rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo’lishi kerak:
1) o’z aktivlari butligini ta'minlash;
2) hisobot ma'lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish;
3) operatsiyalar samaradorligiga ko’maklashish;
4) hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish.
Maskur qo’yilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirishda tijorat bankining har bir tarkibiy tuzilmasi o’zi amalga oshirayotgan operatsiyalar ustidan ichki nazoratni olib borishi shart bo’lib, bunday nazorat mas’ul ijrochilardan tortib tuzilma boshlig’igacha barcha xodimlarning lavozim majburiyat lariga kirishi lozim. Aksiyadorlar ham Bank kengashi va Taftish komissiyasi orqali o’z ichki nazoratini amalga oshiradilar. Ichki nazoratga nisbatan bunday kompleks yondashuv banklar faoliyatida uchraydigan barcha risklarni aniqlash, tahlil qilish va oldini olish, shuningdek operatsiyalar samaradorligini baholashda operativlikni taminlaydi. OATB “Hamkorbankda” Bank Kengashi, Bank boshqaruvi, ichki va tashqi auditorlar ichki nazoratni tashkil qilish va uning samarali faoliyat yuritishida ma’lum vazifalarni bajaradi.



Yüklə 84,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin