Iqtisodiyot



Yüklə 69,64 Kb.
səhifə3/15
tarix01.12.2023
ölçüsü69,64 Kb.
#136946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazaryasi” fanidan kurs ishi-fayllar.org

Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordam ida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta ’sir qiladi va bu ashyolarni o'zining iste’moli uchun zarur bo‘lgan shaklga keltiradi.
Ikkinchi guruhga m ateriallarni saqlash uchun mo‘ljallangan mehnat vositalari (sisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi.
Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to‘la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo‘llar va boshqalar misol bo‘la oladi.

Mehnat jarayonining zaruriy shartlari

Mehnat predmenti

Mehnat vositalari

Ishchi kuchi

Xom ashyo

Tabiat ashyolari

Mehnat qurollari

Mehnatning moddiy sharoitlari

Ishkab chiqaruvchi vosita




1-chizma. Mehnat jarayoni zaruriy shartlarining turkumlanishi
Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat predmetlarining ahamiyati oshib bormoqda. Materiallaming tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsa-da, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berishadi va ulami turlicha tushuntirishadi.
Jum ladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda m ehnat qurollari va m ehnat predmetlari (yer-suv, yer osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham ) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko'pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi. Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o'rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning to'g'ri rog'i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. Ko'pgina adabiyotlarda esa ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko'pgina chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, mehnat turli omillaming birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi, yuqorida aytganimizdek. insonning mehnatga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishga qatnashishiga tayyor turgan omil bo'lib xizmat qiladi, mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo'shilishi natijasida sodir bo'ladigan va m a’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Shuning uchun biz m ehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yersuv va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta ’kidlaymiz
2- chizma

Ishlab chiqarish omillari


Ishchi kuchi

Kapital


Yer

Tadbirkorlik qobilyati





Yüklə 69,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin