Iqtisodiyot va servis


Eksport oldi moliyalashtirishni amalga oshirish jarayoni



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə6/13
tarix02.06.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#116531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
19-87 gurux talabasi Azimov T. ning kurs ishi

Eksport oldi moliyalashtirishni amalga oshirish jarayoni
Shuningdek, Eksport-kredit agentligi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olishni xohlovchi xalqaro kompaniyalarga kreditlar berish orqali eksportyorlarni bilvosita qo‘llab-quvvatlaydi.
Bunday vaziyatda,

  1. Eksport-kredit agentligi xorijiy banklar va boshqa moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Dastlabki bosqichda eksportyor eksport shartnomasini va xorijiy mijoz to‘g‘risida kredit ma’lumotlarini taqdim etadi va Eksport-kredit agentligi ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  2. Tekshiruv ma’qullangandan so‘ng, Eksport-kredit agentligi xaridorga kredit shartnomasini beradi va eksport qiluvchini ogohlantiradi;

  3. Eksportyorga to‘lov odatda Eksport-kredit agentligi xaridor tomonidan tasdiqlangan hisob-fakturani olgandan so‘ng amalga oshiriladi va agentlik xaridordan to‘lovlarni yig‘ish va qarzni boshqarish uchun javobgar bo‘ladi.

Bundan tashqari, eksport qiluvchi kompaniyalar tijorat banklaridan eksport oldi kreditlar olishlari mumkin. Bunda, mazkur kreditlar va eksport jarayonlari “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi yoki Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan sug‘urtalanadi. Shuningdek, Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi eksportni moliyalashtirish, shu jumladan tashish xarajatlarining ma’lum bir qismi qoplashi mumkin.


Bugungi kunda mamlakatimizda eksport faoliyatini qo`llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Eksport jarayonida tadbirkorlarga berilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari, sertifikat va ruxsatnomalar olish jarayonidagi soddalashtirilgan tizim jular jumlasidan. Natijalar esa o`z samarasini ko`p kuttirayotgani yo`q. Birgina Navoiy viloyati misolida statistik ma`lumotlarga yuzlansak, eksportda sezilardi o`sishga erishilganligini ko`rishimiz mumkin. Xususan, joriy yilning o`tgan 8 oyi davomida viloyat tadbirkorlari tomonidan qiymati 19,4 mln. AQSh dollariga teng meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan va bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 17,6 foizga ko`p demakdir.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin