Iqtisodiyot


ATB “Agrobank”ning xizmat turlari va tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 41,49 Kb.
səhifə2/5
tarix21.12.2022
ölçüsü41,49 Kb.
#121610
1   2   3   4   5
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi b

1.2 ATB “Agrobank”ning xizmat turlari va tashkiliy tuzilmasi
Bankning yuksak vazifasi
Bankning yuksak vazifasi - o'z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashish.
Ushbu vazifani amalga oshirishda AT «Agrobank» doimiy ravishda o'zining korporativ qadriyatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Korporativ qadriyatlar:
Kasbiy mahorat. AT «Agrobank» bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko'rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etilishiga amin bo'lishi mumkin.
Ishonchlilik. AT «Agrobank» biznes sohasida yaxshi nom orttirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yib, mijozlar, hamkorlar va davlat organlari bilan halollik, o'zaro ishonch, ochiq siyosat va hamjihatlikka asoslangan o'zaro munosabatlarda ish etikasining yuksak me'yorlariga rioya qiladi.
Ochiqlik. AT «Agrobank» faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat bilan bo'ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan.
Qonuniylik. AT «Agrobank» o'z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo'rin tavakkalchilik va shubhali (g'ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo'l qo'ymaydi.
Innovatsion g'oyalarni qo'llash. AT «Agrobank» doimo har bir mijozga jahon miqyosidagi bank ishi va innovatsion g'oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari va xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi.
Xalqaro hamkorlik. AT «Agrobank» mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O'zbekistonda o'zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g'oyalarni taklif etadi.
Samaradorlik. Har bir operatsiyani amalga oshirishda AT «Agrobank» qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko'zda tutadi.
Bank o'z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi:
Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo'layotgan muhim voqealar to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo'lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir.
O'zaro ishonch. Bank o'z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo'lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o'zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi.
Professionallik. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o'z hodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadi,ularning ijtimoiy himoyasi hamda motivatsiyasi haqida qayg'uradi.
Novatorlik. Bank mijozlarining talablariga to'liq javob berish uchun o'tgan davr tajribasi va bugungi kunning innovatsion echimlarini birlashtiradi.

Bank haqida


Hozirgi kunda bank:
O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi a’zosi;
O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi qatnashchisi;
Fuqarolarning banklardagi "Omonatlarini kafolatlash jamg’armasi" a'zosi;
“Toshkent” Respublika fond birjasi qatnashchisi;
O’zbekiston umumdavlat to’lov tizimining a’zosi;
SWIFT xalqaro to’lov tizimi a’zosii;
VISA xalqaro to'lov tizimi a'zosi;
O'zbekiston linzing beruvchilar Assotsiatsiyasi a'zosi; sindikatli kreditlash tashabbus markazi hisoblanadi.
Bank WESTERN UNION, UNISTREAM, ЗОЛОТАЯ КОРОНА, CONTACT, MONEY GRAM kabi xalqaro pul
o’tkazmalari tizimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda.
Vakillik munosabatlari:
AJ Alfa-Bank
AG Commerzbank (Germaniya);
PAO "Sberbank" (Rossiya)
YAJ Azia-Invest Bank (Rossiya);
KB Kookmin Bank (Koreya Respublikasi);
AJ TengriBank (loro hisobraqam, Qozog'iston Respublikasi);
OAJ Dos-Kredobank (loro hisobraqam, Qirg'iziston Respublikasi).
Bank auditori – PricewaterhouseCoopers (2008-2010 yy, 2012-1014 yy.)
Bank aksiyadorlari sifatida quyidagi bir qator nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar va qo’shma
korxonalar o’rin olgan:
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
“O’zbekiston Respublikasi Тiklanish va Тaraqqiyot Jamg’armasi;
"O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi;
Elektromagnit moslashuv markazi;
Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti;
“Alskom” sug’urta kompaniyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi;
"DD GENERAL INSURANCE" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
“O’zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi;
"MEHNAT" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi.
Xalqaro reyting:
2018 yil, B1/B2/NP
«Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan AТ “Agrobank”ga quyidagi xalqaro
reyting baholari berildi:
Barcha reytinglar bo’yicha prognoz – «BARQAROR»;
Milliy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B1/NP;
Хorijiy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B2/NP;
Kontragent riskini baholash bo’yicha - B1(cr)/NP(cr)
Milliy reyting:
2018 yil, uzA+ (Juda yuqori)
«Axbor-Reyting» banklararo reyting kompaniyasi AТ «Agrobank»ga:
Milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik «uzA+» (Juda yuqori) reytingini berdi;
Investitsion faollik bo'yicha - 66,54 ball bilan baholadi.


Yüklə 41,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin