Isamatova Nigora Kutpillayevna turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning fonetik, morfologik va semantik tahlili



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/38
tarix26.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#135974
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

II bob bo‘yicha xulosalar 
 
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning fonetik qismiga xulosa qilib shuni 
aytish mumkinki, fors tili dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri hisoblanadi. 
Bu tilning boyishida fors tilida ijod qilgan turkiy shoirlardan Nizomiy, Xusrav 
Dehlaviy, Alisher Navoiy, Bedil, Fuzuliy, Shahriyor va boshqalarning xizmatlari 
beqiyos bo‘lgan. Shuningdek, Eronda ko‘p asrlar davomida hukmronlik qilgan 
turkiy sulolalar ham o‘z hissalarini qo‘shganlar. 


54 
Fors tiliga o‘zlashgan turkiy so‘zlarning fonetik tahlili o‘ta muhim tilshunoslik 
mavzusi bo‘lib, bu XVI asrlarga kelib fors tilida yuz bergan muhim hodisa, klassik 
fors tilidagi fonemalar tizimining shakllanishida turkiy tilining ta’sirini ochib 
berishga xizmat qiladi. 
Tadqiqot ishida hozirgi zamon fors tili fonetika tizimini hozirgi turk tili fonetik 
tizimi bilan qiyosiy o‘rganildi. Chunki hozirgi turk tili o‘g‘uz lahjasiga asoslangan 
bo‘lib, fors tiliga o‘zlashgan turkiy so‘zlar aynan mana shu lahjaga mansub. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


55 
III BOB.
TURKIY TILDAN FORS TILIGA O‘ZLASHGAN SO‘ZLARNING 
MORFOLOGIK TAHLILI 
 
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar boshqa arabiy va yevropa tillaridan 
kirgan o‘zlashmalar singari fors tili lug‘at tarkibidan muqim o‘rin olib bo‘lgan. Har 
qanday tilda o‘zlashgan begona til unsurlari, yangi til muhitida uzoq muddatli 
moslashuv jarayonini boshidan kechiradi. Bu moslashuv jarayoni til sistemasining turli 
tarkibiy bosqichlarida amalga oshadi. Odatda begona so‘z yangi til muhitida fonetik, 
grafik, ma’noviy, grammatik va uslubiy bosqichlarda moslashuv jarayonini boshdan 
kechiradi
67

Turkiy o‘zlashmalar ham mana shunday moslashuv jarayonini o‘tkazgan. Bu 
moslashuv jarayonlari uzoq muddatli jarayon bo‘lib, to yangi so‘z yoki birikma til 
sistemasining hamma bosqichlarida o‘z o‘rnini topmaguncha o‘zlashtiruvchi til 
sistemasiga singib ketmaydi. 
Turkiy o‘zlashmalar fors tili lug‘at tarkibidan joy olgach, grammatik 
moslashuvning bir bosqichi bo‘lgan morfologik moslashuv jarayonini boshidan 
kechiradi. 
Morfologik moslashuvda turkiy tillardan o‘zlashgan so‘z turkumi, fors tilida shu 
so‘z turkumiga oid grammatik kategoriyalarga moslashadi. Bunda agar o‘zlashma ot 
so‘z turkumiga oid bo‘lsa ko‘plik kategoriyasi, otdan so‘z yasash usullariga, sifat so‘z 
turkumiga oid bo‘lsa sifatlarning qiyosiy va orttirma darajasiga va so‘z yasash 
moddellariga, fe’lga tegishli bo‘lsa fe’lning so‘z yasash, zamon, mayl va nisbat 
kategoriyalariga moslashadi
68

To‘plangan misollar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi fors tilidagi turkiy o‘zlashmalar 
quyidagi so‘z turkumlariga bo`linadi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin