Hamčenin yek gune be nām-e ordak-e sar-sefid dar ma’raz-e enγerāz va
davāzdah gune niz āsibpazir talaγγi šodeand.
Shuningdek, “oq bosh” (
oxyura
leucocephala
) nomli ordakning bir turi
yo‘qolib ketish xavfida va yana o‘n ikki turini ham xavf ostida deb hisoblashgan.
Muhokamat ul-lug‘ataynda berilgan قامیق
γeymāγ
‘qaymoq’ so‘zini ham
hozirgi fors tilidagi manbalarda uchratishimiz mumkin:
.
16
ديا يم تسد هب دنفسوگ و واگ ریشرس زا هك هدوب ىناویح تلاوصحم قامیق
γ
eymāγ mahsulāt-e heyvāni bude ke az saršir-e gāv va gusfand be dast
miāyad.
Qaymoq chorva mollari mahsuloti bo‘lib, sigir va qo‘y sutidan olinadi.
“Muhokamat ul-lug‘atayn”da turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan nafaqat
so‘zlar, balki ىچ-
či
so‘z yasovchi suffiksi haqida ham qimmatli ma’lumotlar
berilgan: “Yana bir adolar borki, ba’zi alfozning so‘ngg‘ida “ch”, “yoy” ki, “chi”
lafzidir, orttururlar, yo mansabning yo hunarning yo peshaning izhori uchun;
forsiyda yo‘qdir, balki alar ham turkcha ayturlar.
Mansabda andoqki, qo‘rchi va suvchi va xizonachi va kerak-yarog‘chi va
chavgonchi va nayzachi va shukurchi va yurtchi va shilonchi axtachi yo‘sinlig‘
ko‘pdir.
14
Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн. Мукаммал асарлар тўплами.– Тошкент: Фан, 2000. T.16.
– Б. 18.
15
.٤٦.ص .١٨٣٦ ٬ ىگنهرف ىاهشهوژپ رتفد :نارهت –. ناريا ىعیبط ثاریم .درف ىورسخ ماس
16
http://www.boorsekala.com/cook/p/96/3791/%/قامیق20
(قامیق)
15
Hunar va peshada andoqki, qushchi va borschi va qo‘ruqchi va tamg‘achi va
jibachi va yo‘rg‘achi va halvochi va kemachi va qo‘ychi.
Andoqki, qush hunarida dag‘i bu istiloh, bordur, andoqki, qozchi va quvchi va
turnachi va kiyikchi va to‘vushqonchiki, sort lafzida yo‘qtur. Va alar mazkur
bo‘lgonlarning ko‘pin turkcha ayturlar”
17
.
Tilshunoslik tarixida yaratilgan asarlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan
“Muhokamat ul-lug‘atayn” asari turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar ustidan
qilingan tadqiqotlar orasida ham katta ahamiyatga ega.
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar A. Quronbekovning “Fors tili
leksikologiyasi”
18
ning turkiy o‘zlashmalarga bag‘ishlangan “Turkiy tillardan
o‘zlashmalar” qismida ham yoritilgan. Unda turkiy tillardan fors tiliga
o‘zlashmalar kirib kelishi qadimgi zamonlarga borib taqalishi qayd etilgan.
Qadimgi xitoy, yunon va arab manbalaridan va bir qator O‘rta Osiyo olimlarining
bizga qoldirgan asarlaridan, jumladan, Beruniyning “Osori baqiya”, Rabg‘uziyning
“Qissasi Rabg‘uziy”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Hazrati
Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlaridan ma’lumki, Eron xalqlari bilan
Turon xalqlarining o‘zaro munosabatlari qadimgi zamonlardan boshlab mavjud
bo‘lgan
19
.
Mazkur “Fors tili leksikologiyasi” dagi turkiy o‘zlashmalarga bag‘ishlangan
qismning boshqa bu mavzudagi ishlardan eng katta farqi unda Alisher Navoiyning
“Muhokamat ul-lug‘atayn” asaridan misollar keltirilganligidir. Alisher Navoiy
o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida bir qator mavzular keltirib, bu
so‘zlarning muodili fors tilida yo‘q ekanligi va bular fors tiliga kirganligini
ta’kidlagan, deb asardan misollar keltiriladi. Biz bunday holatni turkiy
o‘zlashmalarga bag‘ishlangan boshqa ishlarda, ayniqsa, xorijda qilingan ishlarda
uchratmaymiz. Mavzuni yoritish davomida turkiy o‘zlashmalarning grammatik
moslashuvi, asosan morfologik moslashuvi va boshqa turkiy leksik birliklar –
turkiy suffikslar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Turkiy o‘zlashmalarning
17
Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн. Мукаммал асарлар тўплами. – Тошкент: Фан, 2000. T.16. – Б. 18.
18
Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi. – Toshkent, 2009.
19
Ko‘rsatilgan asar. – Toshkent, 2009. – B. 49.
16
hozirgi kundagi holati haqida shunday deb yozilgan: “Hozirgi davrda Eronda
faoliyat olib borayotgan “Farhangeston” (Akademiya) fors tilini barcha chet tili
o‘zlashmalaridan, jumladan, turkiy tillardan o‘zlashgan lug‘at birliklaridan
tozalamoqda. Shuning uchun hozirgi kunda hamma eronliklar uchun o‘z ona
tiliday bo‘lib qolgan اقآ
āγā
, قشاق
γāšoγ
, يچیق
γeyči
, وقاچ
čāγu
, خامس
šomāx
, چراق
γārč
,
ىسیق
γeysi
va shunga o‘xshash so‘zlar yangi forscha so‘zlar bilan almashtirilsa hech
ajablanadigan joyi yo‘q”
20
.
Dostları ilə paylaş: |