30
Diftonglar: [ei], [ow].
Agar buni klassik davr fors tilining unlilar tizimi bilan qiyoslasak, shunday
o‘zgarishlar yuz berganining guvohi bo‘lamiz:
Klassik fors tili:
Hozirgi fors tili:
Qisqa i
e qisqa
u o
a a (e)
Klassik fors tili:
Hozirgi fors tili:
Cho‘ziq i i cho‘ziq
ē
ū u
ō
ā ā
Klassik fors tilidagi qisqa “i” fonemasi hozirgi fors tilidagi “e” ga, qisqa “u”
qisqa “o” ga aylangan. Qisqa “a” fonemasi esa so‘z boshi va o‘rtasida “a” shaklida
va so‘z oxiridagi “a” fonemasi “e” fonemasiga o‘zgargan.
Undosh fonemalardagi o‘zgarishlar uncha katta emas, klassik fors tilidagi ذ
[δ] ingliz tilidagi
dz
shaklida talaffuz qilingan. Klassik tildagi “γ” fonemasi hozirgi
fors tilida ”γ” va “q” shaklida o‘zgargan. Masalan:
γorfe, noqte.
Klassik fors
tilidagi “xw”, “x(v) hozirgi fors tilida saqlanib qolmagan
48
.
Agar klassik fors tilidagi unli fonemalar tizimini hozirgi Afg‘onistonidagi
dariy tili va Tojikistondagi tojik tili unli fonemalari bilan qiyoslasak, ular orasida
deyarli farq yo‘qligini guvohi bo‘lamiz. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, u holda hozirgi
fors tilidagi unli fonemalar qachon o‘zgara boshlagan va bu o‘zgarishlar yuzaga
kelishiga nima sabab bo‘lgan? A.N. Boldirevning
fikricha, IX asrning oxiridan
XVI asrning boshlarigacha “Fors adabiy tili morfologiya, sintaksis va lug‘at tarkibi
sohasida hech bir mahalliy tusdagi differensiyatsiyadan nishona ko‘rsatmaydi”.
Faqat mana shu davrdan (XVI asrdan) boshlab uchta mustaqil fors, dariy va tojik
48
Қуронбеков А. Классик форс тили ҳамда ҳозирги форс, дарий ва тожик тиллари фонемалар тизимининг
қиёсий таҳлили // Шарқ классик филологияси. – Тoшкент: ТошДШИ, 2009. – Б. 13–14.
31
adabiy tiliga bo‘linish boshlanadi. XVI asrdan boshlab
bu tilning fonologik
tizimida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu hodisa hali jiddiy tadqiqotlarni taqozo
qiladi, lekin nazarimizda, bunga Eron ozarbayjoni turklarining ta’siri bo‘lsa ajab
emas. Tarixdan ma’lumki, XVI asrdan boshlab Eronda
turkiy tilli Safaviylar
sulolasi hukmronlik qilgan. Shu sababli fors tiliga ko‘plab turkiy so‘zlar kirib
kelgan va fors tili fonologik tizimiga turkiy til talaffuzining ta’siri bo‘lgan
ko‘rinadi
49
. Bu maqolada bir qancha fonemalar qiyoslanib tahlil etiladi va shunday
xulosaga kelinadi: “Xulosa
qilib aytishimiz mumkinki, klassik fors tilida so‘z
o‘rtasi va oxiridagi qisqa, til oldi, ochiq “
a
” fonemasini hozirgi zamon fors tilidagi
“
e
” fonemasiga aylanishida va cho‘ziq, til orqa “
e
” fonemasini cho‘ziq, til orqa “
i
”
fonemasiga aylanishida so‘zsiz o‘rta asr ozarbayjon turk tilisining ta’siri bo‘lgan,
deb aytsa bo‘ladi”
50
.
Dostları ilə paylaş: