Isamatova Nigora Kutpillayevna turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning fonetik, morfologik va semantik tahlili


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/38
tarix26.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#135974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon


Tadqiqotning maqsad va vazifalari.
Ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi 
turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning holatini, fonetik moslashuvi, 
ularning morfologik, shuningdek, undagi ba’zi bir ma’no o‘zgarishlarini o‘rganish 
tadqiqotimizning asosiy maqsadi qilib belgilandi. Shu bilan birga ishning asosiy 
vazifalari quyidagicha belgilandi: 
1) turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar mavzusi bo‘yicha shu kungacha 
qilingan ilmiy ishlarni kuzatish, tahlil etish va ularni o‘zaro solishtirish; 
2) turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarni manbalardan ajratish; 
3) turkiy o‘zlashmalarning o‘zlashish tarixini, sabablari va omillarini 
o‘rganish; 
3) turkiy o‘zlashmalarning fonetik tahlilini yoritib berish; 
4) turkiy o‘zlashmalarni mustaqil so‘z turkumlari bo‘yicha tahlil qilish va 
ularning morfologik moslashuv jarayonini kuzatish; 
5) turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning ma’nolarini va ulardagi 
semantik o‘zgarishlarini o‘rganish: a) ma’no torayishi; b) ma’no kengayishi; d) 
yangi ma’no kasb etishi; e) ma’no o‘zgarishisiz ko‘chishi. 
Tadqiqot obyekti. 
Eron tilshunosligidagi kam o‘rganiladigan muammolardan 
biri – turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar tadqiqot obyekti sifatida tanlab 
olindi. 
Tadqiqot premdeti. 
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning miqdori, 
fonetik, morfologik, semantik tahlili va undagi o‘zgarishlar ilmiy ishning predmeti 
sifatida belgilandi. 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
. Turkiy tildan fors tiliga 
o‘zlashgan so‘zlarni fonetik, morfologik va semantik tahlil etish, shuningdek, 
ularning semantikasidagi ba’zi o‘zgarishlarni o‘rganish mazkur magistrlik 
dissertatsiyasida ko‘riladigan asosiy masaladir. 


10 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin