1. Koson tuman ____-umumiy o‘rta ta’lim maktabi: Maktab direktori __________ ____________________ nomidan, keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb ataladi va fuqaro dar _______________________________________o‘rinlarda “Xodim” deb ataladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik.
2. Xodim: __________________________________________________ -toifali ____________________________ fani o‘qituvchisi kilib ishga qabul qilinadi.
3. Shartnoma: asosiy ish bo‘yicha hisoblanadi. 4. Shartnoma muddati: nomuayyan muddatga tuzildi. 5.Shartnoma bo‘yicha ish: 20___ yil ___________________dan boshlanadi. 6. Sinov muddati: _________________.
7. Xodimning majburiyatlari: a) mehnat va texnologiya intizomi (ichki mehnat tartib qoidalari, muassasa Ustavi (Nizomi) va intizom to‘g‘risidagi qoidalar)ga rioya qilish;
b) ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish;
v) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va sanitariyaigiena talablariga rioya qilish;
g) lavozim yo‘riqnomasiga rioya qilish;
d) O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga rioya qilish;
e) fan kabineti va sinf xonani tozaligini ta’minlash;
yo) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
j) o‘quvchilarni fan olimpiadalari va bilimlar bellashuviga tayyorlaydi;
z) o‘quvchilarni o‘zlartirish ko‘rsatkichini 70 foizdan kam bo‘lmasligiga erishadi;
i) amaldagi mehnat qonunchiligiga qat’iy rioya qilish;
y) o‘z ustida doimiy ish olib boradi va o‘quvchilarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tadi.
8. Ish beruvchining majburiyatlari: a) xodimning mehnatini tashkil qilish, mehnatni muhofaza qilish va xafvsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa normativ va mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish;
b) mehnat va o‘quv tarbiya jarayonida intizomiga rioya etilishini taminlash;
v) ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni to‘g‘ri hisob-kitob qilinishi va o‘z vaqtida to‘lanishini tashkil etish;
g) bexatar, havfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish, xodimni o‘qitish, unga mehnatning havfsiz shart-sharoiti to‘g‘risida yo‘l yo‘riq berish va ish o‘rnini shaxodatdan o‘tkazib borish;
d) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va havfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
e) xodimni to‘lik (1 stavka) ish vakti va soati bilan ta’minlaydi;
yo) ishdagi yutuqlari uchun direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib boradi va mehnatiga ustama haq to‘laydi.
j) konun xujjatlariga va boshqa normativ xujjatlarga rioya qilish;
z) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
i) ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar;
y) xodimni belgilangan muddatlarda malakasini oshirishini va attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil qiladi.
9. Ish kuni rejimi: xaftasiga 36 soatlik, ishning boshlanishi ertalab soat 8:00 dan 15:00 gacha, shanba kuni ertalab 8:00 dan 14:00 gacha, tushlik dars rejimi asosida 12:00 dan 13:00 gacha (dars rejimiga qarab tushlik vaqti o‘zgarishi mumkin).
10. Mehnat haqi to‘lash: Xodimga qo‘yidagicha haq to‘lash belgilanadi:
a) tarmoq tarif setkasi bo‘yicha xodimning malaka toifasiga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi va jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda;
b) ishdagi yutuqlari uchun direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaldagi qonun va normativ hujjatlarga muvofiq ustama va kompensatsiyalar;
v) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan hollarda mukofot, rag‘batlantirish va moddiy yordamlar ko‘rsatish.
11. Xodimga: 48 - ish kunidan iborat haq to‘lanadigan yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi.
Tomonlarning manzillari va imzolari: Xodim: ______________________________
Manzili: ____________shahar(tuman) , __________ MFY, _____ xonadon
Pasport seriya
_________________________
Tel: ______________________
20___ yil ______ ___________
Ish beruvchi __________ __________________
Manzili: Koson tumani, ________________ ______________,
Tel: ______________________