Ish jurnali (kun tartibini rejalashtirish)



Yüklə 24,57 Kb.
tarix30.10.2022
ölçüsü24,57 Kb.
#118813
Ish jurnali (kun tartibini rejalashtirish)



2019-yil yanvar oyidan "Ilk qadam" davlat dasturi bo'yicha o'quv metodik ishlarni amalga oshirdik. Har bir guruhda kerakli faollik markazi mavjud bo'lib, bolalar uchun ertalabki soatda, mashg'ulotlarda va kun davomida tarbiyachilar pedagogik faoliyatlarni olib bordilar. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev o'zining e'tborini maktabgacha ta'lim sohasiga qaratdi. Xalqimizning "Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqshdir" degan maqoliga amal qilgan holda bolajonlarning 7 yoshgacha olingan bilimlarni butun umri davomida 70% egallar ekan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning PQ-3305 qaroriga asosan maktabgacha ta'lim Vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi qaroriga muvofiq maktabgacha ta'lim tizimida qator o'zgarishlar ro'y berdi. Shu jumladan 2018-yilning 15-avgustidan "Ilk qadam'"dasturi bo'yicha yangi o'quv yilini boshladik. "Ilk qadam" dasturida oy atamalari, hafta atamalari mashg'ulot davomida keng yoritib borildi. Har bir mashg'ulot uchun ko'rgazmali qurol va tarqatma materillar tayyorlandi. Faollik markazida ertalabki soat va mashg'ulotlarni olib bordik. Maktabgacha ta'lim Vazirligi tomonidan chiqarilagan 2018- yil 15-avgustda 183-buyurg'iga binoan tarbiyachilar me'yyoriy hujjatlarni tashkil etdilar va ish davomida yuritib bordilar.

  • Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari va "Ilk qadam" davlat dasturi

  • Bolalarni qayd etish daftari (table, filtr, patronaj va ota-onalat to'g'risidagi ma'lumot)

  • Ish jurnali (kun tartibini rejalashtirish)




  • Bolaning rivojlantrish ko'rsatkichlari xaritasi (1-yilda 3 marotaba - sentabr, dekabr, may oylarida)

  • Ta'lim faoliyatini tematik rejalashtirish to'plami

  • Guruh ota-onalar yig'ilishi bayonnomasi daftari (1-yilda 4 marta )

  • Malaka oshirish kursidan keying faoliyat yuzasidan tarbiyachining 5 yilga mo'jallangan istiqbol rejasi va uning bajarilishii haqida ma'umot.

Bolajonlar biian 14-yanvar Vatan himoyachilari kunini munosib tarzda kutib oldik. Bunda bolajonlar bilan musiqa xonasini bayramona bezatib, harbiy kiyimlarda, ko'tarinki ruhda, yaxshi kayfiyat bilan bayram ertaligini o'tkazdik. Bayram ertaligini muassasamiz mudirasi: G.Esonboeva kirish so'zi bilan ochib, barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. Shundan so'ng bolajonlar askar akalari haqida, vatan haqida she'r qo'shiqlar kuyladilar, raqsga tushdilar. Qizg'in musobaqa o'yinlar o'ynaldi. Mashg'ulotlar davomida bolalarga berilgan bilim, ko'nikma va malakalar sifatli bo'lish uchun ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, didaktik vositalar va o'qitishning texnikaviy vositalardan keng foydalandim. Ota-onalarimiz tomonidan farzandlari uchun kerakli o'quv jihozlari ham yetkazib berildi. Loy ishi applikatsiya, rasm mashg'ulotlaridan farzandlarimiz o'quv qurollaridan keng foydalandilar. Nutq o'strish, badiiy adabiyot, matematika, atrof olam va tabiat bilan tanishtrish mashg'ulotlarida bolajonlarimizning aqliy jihatdan rivojlantirishga tarbiyacNIar harakat qildim. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida kichkintoylarni yirik va mayda motorikalarini




rivojlantirishga, yurish, yugurish, sakrash, emaklash malaka va ko'nikmalarini rivojlantirib borishga harakat qildilar. Har oyning oxrida bolalarning olgan bilim, malaka va ko'nikmalarini umumlashtirgan holda nazorat mashg'ulotlarini o'tkazib bordik. Mashg'ulot so'ngida bolajonlarni yanada mashg'ulotlarga qiziqtirish uchun rag'batlantirib bordilar.
Tarbiyachilar mashg'ulotlarni o'z vaqtida ko'rgazmali qurollar va tarqatma materiallardan foydalangan holda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanib qiziqarli tashkil etdilar. Har oyning oxrida nazorat mashg'ulotlari olib bordilar.
Mashg'ulot so'ngida tarbiyachilar bolajonlarni yanada mashg'ulotlarga qiziqtirish uchun rag'batlantirib bordilar. Buyuk siymolarimiz bilan tanishtirib borish maqsadida g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning tavallud kunini 577 yilligini ochiq mashg'ulot tarzida nishonladilar. Bunda bolajonlarimiz A.Navoiyning g'azal, ruboiy va tuyuqlaridan na'munalar aytib, Navoiy davri hayotidan sahna ko'rinishlari ijro etdilar. Haftada boshqa guruh tarbiyachilarining mashg'ulotlarini ham kuzatib, kerakli axborotlarni olib, o'zimning fikr, mulohaza va tavsiyalarimni tarbiyachig berib bordim.
Fevral oyida yana bir buyuk shoir va sarkarda vatandoshimiz Zaxriddin Muhammad Bolurning 535 yilligini nishonladik. Bunda bolajonlarimiz Z.M.Boburning bolaligi va hayotidan sahna ko'rinishlari ijro etishib, g'azal va ruboyilaridan yod oldilar. Tadbir qo'shiq, kuy va raqslarga ulanib ketdi.




O'lkamizga fasillar kelinchagi bahor faslining kirib kelishi bilan birga o'zgacha shukuh bilan birin-ketin bahoriy bayramlarimiz ham tashrif buyurdi. Dastlab 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayramini nishonladik. Bunda bolajonlar onajonlarini madh etuvchi qo'shiqlar kuyladilar, yod olgan she'rlarini aytdilar. Raqsga tushdilar. O'tkir Hoshimivning "Gilam paypoq" hikoyasini yangicha talqinda ijro etib, tomosha bilan olqishga sazovor bo'ldilar. Onajonlari uchun atab tayyorlagan sovg'alarini topshirganlarida onajonlar va buvijonlar o'zida yoq xursand bo'lib to'lqinlandilar. 21-mart qadimiy va milliy bayramlarimizdan "Navro'z" bayramini juda katta xursandchilik bilan kutib oldik. Bunda guruhimiz bolalari o'rtasida bir piyola choy ustida bayram o'tkazdik. Onajonlar bahoriy taomlar tayyorlab keldilar. Ko'kmanti, ko'ksomsa, ko'kchuchvara, cheburak, yupqa, palov kabi milliy va bahoriy taomlarni tanavvul qilish bilan birgalikda bahor, navro'z bayrami, qushlar haqida sherlar aytib, raqsga tushdilar. Muassasamizda buyuk sarkardamiz A.Temurning tavallud kuni ham chetda qolmadi. Ochiq mashg'ulot tarzda A.Temur bobomizning tavallud kuniga atab tadbir o'tkazdik. Tadbir davomida sarkarda bobomiz haqida she'rlar aytdilar, qilgan ishlari haqida bolajonlarga so'zlab berdilar.
Aprel oyining oxrida "Zumratoylar davrasi" to'garak ishtirokchilari o'rtasida "Zulfiyaxonim izdoshlari" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tanlovda tanlov ishtirokchilari o'zlarining kompitensiyalarini namoyish etib, o'zaro bellashdilar. Bellashuv yakunida ishtirokchi qizlarimiz harxil




nominatsiyalar bilan taqdirlandilar va muassasa, ota-onalar homiyligidagi sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev Maktabgacha ta'lim sohasida ham tubdan burulishlar hosil qilib, qator qaror va farmonlar chiqardi. Shu jumladan bolalar bog'chalarini qurish , eskirgan binolarni qaytadan tamirlash va zamonaviy jixozlar bilan ta'minlash farmoniga muvofiq bizning muassasamiz ham 2019-yilda qaytadan zamonaviy tarzda ta'mirdan chiqarish rejasi tuzildi. Shu yilning may oyidan qatadan rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. May oyining oxrida tarbiyachilar bolalarning rivojlanish xaritasini belgilar bordilar.
Bunda tashqari tayyorlov guruhda "Xayr bog'cha, salom maktab" bayram ertaligi o'tkazildi.
1-lyun "Bolalarni himoya qilish" kunida muassasamizda tarbiyalanuvchilar o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi.
Sog'lomlashtirish oyi uchun qisqartrilgan mashg'ulot jadvallari tuzildi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "Beshta muhim tashabbusi" bo'yicha ham o'quv metodik ishlari ham amalga oshirib borilmoqda.
MTM mudirasi: X. A'zamova


Yüklə 24,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin