YOZISH VA TAQDIMOT QILISH KO’NIKMALARI FANIDAN 1-
KURS (MAXSUS-SIRTQI) TA’LIM TALABALARI UCHUN 1-MUSTAQIL
ISH TOPSHIRIQLARI
1.Adabiyotlar ro`yxati:
Fanni o`zlashtirish va mustaqil o`qib-o`rganish uchun
asosiy adabiyotlar ro`yxati:
1. M.Aminov, A.Madvaliev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Yo. Odilov.
Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. “O‘zbekiston nashriyoti”, Toshkent,
2020. -528 b.
2. I.Saifnazarov, A.Muxtarov T.Sultonov, D.Ernazarov. Ilmiy tadqiqot
metodologiyasi. O‘quv qo‘llanma. TDIU, 2019.
3. Lester, James D. Writing research papers: a complete guide. Pearson,
fifteenth edition, Global edition, 2017. 419-pages.
4. Barbara Gastel, Robert A. Day. How to Write
and Publish a Scientific
Paper. Greenwood, Eighth Edition, 2016. 346-pages.
5. Бушенева Ю.И. Как правильно написать реферат, курсовую и
дипломную работы: Учебное пособие для бакалавров. Дашков и К, 2014. 140-
ст.
6. Alice Oshima, Ann Hogue. Longman Academic Writing Series 4: Essays,
with Essential Online Resources 5th Edition. Pearson
Education ESL, 2016. 368-
pages.
7. R. Dadabayeva, Sh. Nasridinova, N. Shoaxmedova, L.
Ibragimova,
Sh.Ermatov. Axborot – kommunikasion texnologiyalar va tizimlar. -T.:
“Sanoatstandart” nashriyoti. O‘quv qo‘llanma. 2017.-552 bet.
Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar taxminan quyidagilar.
Reja:
1. Matn ustida ishlash.
a) Matnni o’qish; (1-ilova)
b) Matnda tagiga chizilgan so’zlarni fonetik tahlil qiling; (1-ilova)
c) Matn tarkibidagi so’zlarni asos va qo’shimchalarga ajrating; (1-ilova)
2. “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida tadbir tashkil qiling.
Tadbirning bayonnomasini tayyorlang. (Misol: MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTI, MAKTAB, MAXALLA) dan birini tanlang.
3. Quyidagi ariza matni bilan tarnishing va uni buyriqlashtiring.
(2-ilova)
(1-ilova)
Vatan-tug‘ilgan
tuprog‘imiz, bolaligimiz o‘tgan chang ko‘chalar,
yaqinlarimiz, ustozlarimiz, do‘stlarimizni har kuni ko‘rish imkoni bo‘lgan
muqaddas go‘sha.
O‘zbekistonda tug‘ilganmiz - bu eng buyuk baxt.
Televizor
yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali notinch yurtlarni, aholisi ko‘chalarda sarson
bo‘layotgan,
ayollari, bolalari bir burda nonga zor ellarni ko‘rib, beixtiyor
tinchligimizga shukr qilaman. Vatan tuyg‘usini har qadamda his qilaman. har tong
osoyishta uyg‘onganimda, oilam bag‘rida salomat yashayotganim - bularning bari
yana bir bor Vatanni sevishga, shu yurtning tuprog‘ini e’zozlashga turtki beradi.
Ona O‘zbekistonim, jonajon o‘lkam, 30 yoshing muborak.
Ilohim doimo gullab,
yashnayver!
(2-ilova)
1. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 15.
a) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida, jumladan, matnni o’qib, matn
tarkibidagi belgilangan so’zlarni fonetik jihatdan to’liq
tahlil qilib,
belgilangan so’zlarni asos va qo’shimchalarga to’g’ri ajrata olsa 13-15 ball
bilan baholanadi.
b) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4
ta xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsa, 9-12 ball qo’yiladi.
c) Agar mustaqil ishni to’liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik
bo’lsa, 6, 7, 8 ball qo’yiladi.
d) Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo’lsa, 3, 4, 5 ball qo’yiladi.
e) Agar mustaqil ishda jiddiy qo’pol xatolar mavjud bo’lsa, 1, 2 ball qo’yiladi.
f) Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi.
2. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo’natishingizni
so’rayman.
3. Topshirish muddati: 20.11.22. Soat: 23:55.