Ish topshiriqlari



Yüklə 263,06 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.12.2022
ölçüsü263,06 Kb.
#120374
1-mustaqil ish. Yozish va taqdimot



YOZISH VA TAQDIMOT QILISH KO’NIKMALARI FANIDAN 1-
KURS (MAXSUS-SIRTQI) TA’LIM TALABALARI UCHUN 1-MUSTAQIL 
ISH TOPSHIRIQLARI 
1.Adabiyotlar ro`yxati: 
Fanni o`zlashtirish va mustaqil o`qib-o`rganish uchun 
asosiy adabiyotlar ro`yxati: 
1. M.Aminov, A.Madvaliev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Yo. Odilov. 
Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. “O‘zbekiston nashriyoti”, Toshkent, 
2020. -528 b. 
2. I.Saifnazarov, A.Muxtarov T.Sultonov, D.Ernazarov. Ilmiy tadqiqot 
metodologiyasi. O‘quv qo‘llanma. TDIU, 2019.
3. Lester, James D. Writing research papers: a complete guide. Pearson, 
fifteenth edition, Global edition, 2017. 419-pages. 
4. Barbara Gastel, Robert A. Day. How to Write and Publish a Scientific 
Paper. Greenwood, Eighth Edition, 2016. 346-pages. 
5. Бушенева Ю.И. Как правильно написать реферат, курсовую и 
дипломную работы: Учебное пособие для бакалавров. Дашков и К, 2014. 140-
ст. 
6. Alice Oshima, Ann Hogue. Longman Academic Writing Series 4: Essays, 
with Essential Online Resources 5th Edition. Pearson Education ESL, 2016. 368-
pages. 
7. R. Dadabayeva, Sh. Nasridinova, N. Shoaxmedova, L. Ibragimova
Sh.Ermatov. Axborot – kommunikasion texnologiyalar va tizimlar. -T.: 
“Sanoatstandart” nashriyoti. O‘quv qo‘llanma. 2017.-552 bet.
Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar taxminan quyidagilar
Reja: 
1. Matn ustida ishlash. 
a) Matnni o’qish; (1-ilova) 
b) Matnda tagiga chizilgan so’zlarni fonetik tahlil qiling; (1-ilova) 
c) Matn tarkibidagi so’zlarni asos va qo’shimchalarga ajrating; (1-ilova) 


2. “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida tadbir tashkil qiling. 
Tadbirning bayonnomasini tayyorlang. (Misol: MAKTABGACHA TA’LIM 
TASHKILOTI, MAKTAB, MAXALLA) dan birini tanlang. 
3. Quyidagi ariza matni bilan tarnishing va uni buyriqlashtiring. 
(2-ilova) 
(1-ilova) 
Vatan-tug‘ilgan 
tuprog‘imiz, bolaligimiz o‘tgan chang ko‘chalar, 
yaqinlarimiz, ustozlarimiz, do‘stlarimizni har kuni ko‘rish imkoni bo‘lgan 
muqaddas go‘sha. O‘zbekistonda tug‘ilganmiz - bu eng buyuk baxt. Televizor 
yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali notinch yurtlarni, aholisi ko‘chalarda sarson 
bo‘layotgan, ayollari, bolalari bir burda nonga zor ellarni ko‘rib, beixtiyor 
tinchligimizga shukr qilaman. Vatan tuyg‘usini har qadamda his qilaman. har tong 
osoyishta uyg‘onganimda, oilam bag‘rida salomat yashayotganim - bularning bari 
yana bir bor Vatanni sevishga, shu yurtning tuprog‘ini e’zozlashga turtki beradi. 
Ona O‘zbekistonim, jonajon o‘lkam, 30 yoshing muborak. Ilohim doimo gullab
yashnayver! 
(2-ilova) 


 
1. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 15. 
a) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida, jumladan, matnni o’qib, matn 
tarkibidagi belgilangan so’zlarni fonetik jihatdan to’liq tahlil qilib
belgilangan so’zlarni asos va qo’shimchalarga to’g’ri ajrata olsa 13-15 ball 
bilan baholanadi. 
b) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 
ta xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsa, 9-12 ball qo’yiladi. 
c) Agar mustaqil ishni to’liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik 
bo’lsa, 6, 7, 8 ball qo’yiladi. 
d) Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo’lsa, 3, 4, 5 ball qo’yiladi. 
e) Agar mustaqil ishda jiddiy qo’pol xatolar mavjud bo’lsa, 1, 2 ball qo’yiladi. 
f) Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi. 
2. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo’natishingizni 
so’rayman. 
3. Topshirish muddati: 20.11.22. Soat: 23:55. 


 
 
Fan o’qituvchisi: Xo’jamatova X.M. 
 
 
 
Omad yor bo’lsin!!!

Yüklə 263,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin