VIEW yaratish va o’chirishning so’rovi sintaksisi CREATE VIEW tasavvur_nomi AS
SELECT ustun1, ustun2, ...
FROM jadval_nomi WHERE shartli_tenglik;
DROP VIEW tasavvur_nomi;
Masalan:
CREATE VIEW Braziliya_xaridorlari AS
SELECT xaridor_familiyasi, xaridor_ismi
FROM xaridorlar
WHERE mamlakat = "Braziliya";
DROP VIEW Braziliya;
Ishni bajarish tartibi Kafedralar jadvalidan xodimlari soni 15 tadan ko’p kafedralarni aks ettiruvchi Viewni yaratamiz:
So`rov: Create view xodimlari_15_tadan_kop_kafedra as select nomi, fan_id, xodimlar_soni from kafedralar where xodimlar_soni>15; Natija:
15.1 – rasm. View yaratilishi
Tasavvur (view)ni ko’ramiz:
So`rov: Select * from xodimlari_15_tadan_kop_kafedra; Natija:
15.2 – rasm. Yaratilgan Viewdagi ma’lumotlarni ko’rish
Tasavvurni o’chirish:
So`rov: Drop view xodimlari_15_tadan_kop_kafedra; Natija:
15.3 – rasm. Viewni ma’lumotlar bazasidan o’chirish
Ishdanmaqsad: Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasi uchun protsedura yaratish.
Masalaniqo`yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasi shakllantirilgandan so`ng ob`yektlarda proseduralarni yaratish va ulardan foydalanish.
Uslubiyko`rsatmalar:
Protsedura bu ma'lumotlar bazasida saqlanadigan oddiy skript tilidagi kichik dastur hisoblanadi. (subprogram kabi). MySQL holatida protseduralar MySQL-da yoziladi va MySQL ma'lumotlar bazasida/serverda saqlanadi.
MySQl da protdedura bilan ishlashning umumiy sintaksisi: