Ishdan maqsad: rip protokoli yordamida multimediya tarmoqlarida marshrutizatsiya jarayonini sozlash. Nazariy qism



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix10.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#138926
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-10 Amaliy mashg`ulot MATdoc



6-AMALIY MASHG’ULOT 
Mavzu:
RIP protokoli yordamida multimediya tarmoqlarida marshrutizatsiya 
jarayonini sozlash. 
Ishdan maqsad:
RIP protokoli yordamida multimediya tarmoqlarida 
marshrutizatsiya jarayonini sozlash.
 
Nazariy qism 
Marshrutizatorlar tarmoqda kerakli manzilga paketlarni etkazib borishlari 
uchun eng optimal marshrutni tanlashda tanlash kriteriyasi sifatida marshrutning 
metrikasidan foydalanadi. Ya’ni marshrutni baxolashda uning metrikasiga qaraladi. 
Agar paketlar uzatilayotgan marshrutizatordan paketlar etib borishi lozim bo‘lgan 
tarmoqgacha etib borish marshrutlari ko‘p bo‘lsa va ularning barchasi bir xil 
protokol asosida tashkil etilgan bo‘lsa, u xolda bu marshrutlarning eng kichik 
metrikali bo‘lgani eng yaxshi marshrut xisoblanadi. Agar turli marshrutlar uchun 
turlicha protokollar qo‘llanilgan bo‘lsa, u xolda eng yaxshi marshrutni tanlashda 
administrativ masofadan foydalaniladi. 
RIP (Routing Information Protocol) protokoli vektor-masofaviy protokollar 
sinfiga kiradi va bu protokol metrika sifatida manzilgacha paketlar o‘tadigan 
marshrutizatorlar soni (xoplar) dan foydalanadi.
RIP – shuningdek quyi avtonom tarmoqlar ichida qo‘laniluvchi protokollar 
guruxiga mansub bo‘lib, nisbatan katta bo‘lmagan tarmoqlarda keng qo‘llaniluvchi 
protokoldir. Bunda qo‘shni marshrutizatorlar har 30 soniyada o‘zaro marshrutlar 
bo‘yicha axborot almashinadilar. Bunda har bir marshrutizator o‘zidagi 
marshrutizatsiya javalini yangilanganini tarmoqga tarqatadi. Agar tarmoqqa 
tarqatiladigan marshrutizatsiya jadvalini yangilangani 180 s davomida uzatilmasa u 
xaqiqiy emas deb xisoblanadi. Buning yordamida tarmoqdagi qo‘shni 
marshrutizatorlar ham o‘zlaridagi marshrutizatsiya jadvallarini yangilab olishadi.
RIP protokolining kamchiliklari:
1.
Tarmoq o‘lchamiga mavjud bo‘lgan cheklov (ya’ni paket o‘tishi kerak 
bo‘lgan margshrutizatorlar soni 15 tadan ortmasligi lozim). Agar paketni 
o‘tishi kerak bo‘lgan marshrutizatorlar soni 15 tadan ortib ketsa, ushbu paket 
tashlab yuboriladi.
2.
Tarmoqda marshrutizatorlar sonining ortib ketishi tarmoqda xalqaning 
paydo bo‘lishiga olib keladi va bu marshrutizatsiya jarayonida optimal 
bo‘lmagan marshrutlarni tanlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.


5.8-rasm. Kompyuter tarmog‘ida RIP protokoli asosida marshrutizatsiya jarayoni
Yuqorida takidlanganidek RIP protokoli eng yaxshi marshrutni tanlashda 
xoplar sonini metika sifatida oladi va qanchalik xoplar soni kam bo‘lsa bu 
marshrut eng yaxshi marshrut sifatida qabul qilinadi. 5.8-rasmda tasvirlangan 
tarmoqda paketlar A marshrutizatordan XYZ tarmog‘iga etkizilishi lozim. Buning 
uchun bir necha marshrutlar bor va marshrutizatorlarni o‘zaro bog‘anish tezliklari 
ham turlicha. Bu tarmoqda marshrutizatsiya RIP protokoli asosida ta’minlanganligi 
sababli ham marshrut A-E-F kabi marshrutizatorlar orqali tashkil etiladi (yashil 
uzlukli chiziqorqali tarsvirlangan). Rasmdan ko‘rinadiki bu marshrutda 
marshrutizatorlar orasidagi bog‘lanish tezliklari boshqa marshrutdagilarga nisbatan 
kichik. Lekin RIP protokolida marshrut tanlash kriteriyasi marshrutizatorlarni 
bog‘lanish tezligiga asoslanmagan. SHunga qaramay paket o‘tishi kerak bo‘lgan 
marshrutizatorlar soni ushbu marshrutda eng kam. SHu sababli bu tarmoqda eng 
yaxshi marshrut sifatida A-E-F marshruti tanlangan. 
Endi Cisco packet tracer dasturida marshrutizatorlarda RIP protokoli 
yordamida marshrutizatsiyani sozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun 
quyidagi 5.9-rasmda tasvirlangan tarmoqni tashkil etamiz. 
5.9-rasm 


Bu tarmoqda Router-1 ga ulargan 192.168.1.0 tarmoq va Router-3 ga 
ulangan 
192.168.2.0 
tarmoq 
o‘rtasida ma’lumotlar almashini uchun 
marshrutizatsiyani ta’minash lozim. Buning uchun har bir marshrutizatorda 
marshrutizatsiya jadvalni xosil qilish lozim, masalan RIP protokoli asosida.
Tasavvur qilamizki marshrutizatorlar orasidagma masofa etarlicha katta 
(ya’ni 100 metrdan ortiq) va ularni o‘zaro bog‘lashda o‘rama juftli mis o‘tkazgichli 
kabellardan (masalan UTP kabelidan) foydalanish imkonsiz. Bunday xolatda 
marshrutizatorlarni o‘zaro bog‘lashda optik tolali kabellardan foydalanish 
o‘rinlidir. Natijada bir-biridan bir necha km masofada joylashgan 
marshrutizatorlarni o‘zaro bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday ulanishni 
amalga oshirish uchun avvalo marshrutizatorlarni optik tolali kabellarni ulash 
interfeyslari bilan jixozlash lozim. Bu loyixada qo‘llanilgan Cisco 2911 markali 
marshrutizatorlar dastlabki xolatda bunday interfeyslarga ega bo‘lmasada, ularda 
kengaytirish slotlari mavjud (5.10-rasm).
a) 
b) 
5.10-rasm. Cisco 2911 marshrutizatorining kengaytirish slotlari. a- cisco packet 
tracer dasturida ko‘rinishi,b - real qurilmadagi ko‘rinishi 
Bu slotlarga mos modullarni qo‘yish orqali marshrutizatorlarni qayta 
jixozlab, ularni imkoniyatlarini ortirishimiz mumkin. Xususan marshrutizatorlarni 
optik interfeys orqali ulanishini ta’minlash uchun bu slotlarga
HWIC-1GE-SFP 
sloti o‘rnatiladi (5.11-rasm).


5.11-rasm. Cisco 2911 marshrutizatorida optik tolali ulanish uchun HWIC-1GE-
SFP sloti. a-dasturda HWIC-1GE-SFP slotning tanlanishi, b – real xolatda HWIC-
1GE-SFP slotining ko‘rinishi. 
Marshrutizatorni qayta jixozlashga kirishidan oldin albatta uni o‘chirish 
lozim. Kerakli modullar o‘rnatib bo‘lingach qurilma qayta yoqiladi.
Marshrutizatorga HWIC-1GE-SFP slotini o‘rnatishning o‘zi optik 
bog‘lanishni ta’minlash uchun etarli emas. Bu HWIC-1GE-SFP slotga endi GLC-
LH-SMD SFP modulini o‘rnatish lozim (5.12-rasm).
a) b)
5.12-rasm. Cisco 2911 marshrutizatorida HWIC-1GE-SFP slotiga SFP 
modulini joylashtirish. a - dasturda SFP modulidan foydalanish, b – real SFP 
modulining ko‘rinishi
GLC-LH-SMD SFP moduli optik tola orqali 10 km gacha masofdan 1000 
Mbit/s tezlikda bog‘lanishni ta’minlaydi. 
Shundan so‘ngina marshrutizatorni optik tolali kabel orqali ulash mumkin 
bo‘ladi. YA’ni marshrutizator optik interfeysga ega bo‘ladi. 5.9-rasmda 
tasvirlangan tarmoqagi har bir marshrutizatorda yuqoridagi qayta jixozlash 


jarayoni amalga oshirilgandan so‘ng marshrutizatorlarning konfiguratsiya oynasida 
optik interfeyslarning sozlash bandlari xosil bo‘ladi.
5.13-rasm. Cisco 2911 marshrutizatorida optik interfeyslarni sozlash 
bandlari
Demak Router-1 da qo‘shimcha 4 ta optik GigabitEthernet interfeyslari xosil 
bo‘ldi. Bu interfeyslar yordamida marshrutizatorlarni optik kabelli bog‘lash uchun 
optik tolali bog‘lanish turidan foydalanish lozim (5.14-rasm). 
5.14-rasm. Cisco packet tracer dasturida optik tolali bog‘lanishdan 
foydalanish 
Marshrutizatorlar o‘zaro bog‘lanib, ularga lokal tarmoqlar ulangandan so‘ng 
marshrutizatorlarni sozlashni boshlash mumkin. Buning uchun avvalo 
marshrutizatorlarning interfeyslariga ular ulangan tarmoqga mos IP manzil berish 
lozim.
5.15-rasm 


5.15-rasmdan ko‘rinadiki Router-1 marshrutizatori Gig 0/1/0 optik interfeysi 
orqali 192.168.10.0 tarmoqga ulangan va unga 192.168.10.1 kabi IP manzili 
berilsin. Gig 0/0/0 optik interfeysi orqali esa 192.168.20.0 tarmoqga ulangan va 
unga 192.168.20.1 kabi IP manzili beriktirilsin. Bundan tashqari Router-1 
marshrutizatori Gig 0/0 interfeysi orqali mis o‘rama juftli kabel bilan 192.168.1.0 
manzilli lokal tarmoqga ulangan va shuning uchun Gig 0/0 interfeysiga 
192.168.1.1 manzilini biriktiramiz. 
5.16-rasm. Marshrutizator interfeyslarini sozlash 
Shu kabi Router-2 marshrutizatorini ham tarmoqga ulangan interfeyslari 
sozlanadi. Bunda uning Gig 0/0/0 optik interfeysi 192.168.20.0 tarmoqga ulangan 
va unga 192.168.20.2 kabi IP manzili berilsin. Gig 0/1/0 optik interfeysi orqali esa 
192.168.30.0 tarmoqga ulangan va unga 192.168.30.1 kabi IP manzili beriktirilsin. 
Router-3 marshrutizatori Gig 0/0/0 optik interfeysi orqali 192.168.30.0 
tarmoqga ulangan va unga 192.168.30.2 kabi IP manzili berilsin. Gig 0/1/0 optik 
interfeysi orqali esa 192.168.20.0 tarmoqga ulangan va unga 192.168.20.2 kabi IP 
manzili beriktirilsin. Bundan tashqari Router-3 marshrutizatori Gig 0/0 interfeysi 
orqali mis o‘rama juftli kabel bilan 192.168.2.0 manzilli lokal tarmoqga ulangan va 
shuning uchun Gig 0/0 interfeysiga 192.168.2.1 manzilini biriktiramiz. 
Tarmoqdagi marshrutizatorlarni tarmoq interfeyslrini sozlash jarayoni 
yakunlandi. Endi marshrutizatorlarda RIP protokoli bo‘yicha marshrutizatsiyani 
sozlash lozim. Buning uchun avvalo har bir marshrutizatorning qanday tarmoqlar 
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yani o‘z interfeyslari orqali ulanganligini aniqlab olish 
lozim. Masalan Router-1 marshrutizatoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan tarmoqlar, 
bular: 192.168.10.0, 192.168.20.0 va 192.168.1.0 manzilli tarmoqlardir. Bu 
tarmoqlarni manzillarini RIP marshrutizatsiya jadvaliga kiritib chiqish lozim. 
Muning uchun marshrutizator konfiguratsiya oynasida RIP bandiga o‘tib 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin