Ishdan maqsad: rip protokoli yordamida multimediya tarmoqlarida marshrutizatsiya jarayonini sozlash. Nazariy qism


Networks tuynugiga marshrutizator to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan tarmoqlarni  manzillarini navbatma-navbat kiritiladi va  Add



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix10.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#138926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-10 Amaliy mashg`ulot MATdoc

Networks
tuynugiga marshrutizator to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan tarmoqlarni 
manzillarini navbatma-navbat kiritiladi va 
Add
turgmasi bosiladi (5.17-rasm). 


5.17-rasm. Marshrutizator RIP jadvaliga marshrutizator to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ulangan tarmoqlarni manzillarini kiritish 
Qolgan barcha marshrutizatorlada ham xuddi shunday RIP protokoli 
bo‘yicha marshrutizatsiyani sozlash jarayonlari bajariladi.
Masalan Router-2 marshrutizatoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan tarmoqlar
bular: 192.168.20.0, 192.168.30.0 manzilli tarmoqlardir. Bu tarmoqlarni 
manzillarini RIP marshrutizatsiya jadvaliga kiritib chiqish lozim. SHuningdek 
Masalan Router-3 marshrutizatoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan tarmoqlar, bular: 
192.168.10.0, 192.168.30.0 va 192.168.2.0 manzilli tarmoqlardir. Bu tarmoqlarni 
manzillarini ham RIP marshrutizatsiya jadvaliga kiritib chiqish lozim. SHu bilan 
marshrutizatorlarni RIP protokoli bo‘yicha marshrutizatsiyani sozlash jarayonlari 
yakunlandi.
RIP protokoli bo‘yicha marshrutizatsiyani jarayonlari tekshirib ko‘rish uchun 
har ikki lokal tarmoqdagi kompyuterlarga mos IP manzil biriktirish lozim. Masalan 
PC0 uchun 192.168.1.2 kabi, PC1 uchun 192.168.2.2 kabi IP manzil biriktirilsin. 
Endi ikki lokal tarmoqdagi kompyuterlarni o‘zaro aloqasini tekshirib ko‘rishimiz 
mumkin. Buning uchun PC0 dan PC1 ga oddiy PDU paket jo‘natib ko‘ramiz va 
Router-1 uni PC1 ga jo‘natishda qanday marshrutni tanlashini ko‘rishimiz mumkin 
(5.18-rasm).


5.18-rasm.
Yuqoridagi 5.18-rasmdan ko‘rinadiki Router-1 marshrutizator paketni 
jo‘natishda eng qisqa marshrutni tanladi. Ya’ni paketni uzatishda uni Router-2 
orqali emas balki to‘g‘ridan to‘g‘ri Router-3 ga uzatdi.
Bundan tashqari har bir marshrutizatorda uning CLI komandalar interfeysida 
quyidagi komanda orqali RIP bo‘yicha marshrutizatsiya jadvalini ko‘rish: 
Router#show ip route rip 
Bu komanda yordami quyidagi ma’lumotlar xosil bo‘ladi: 
5.19-rasm. Marshrutizatorda RIP protokoli bo‘yicha marshrutizatsiya 
jadvalini ko‘rish 
Yuqoridagi 5.19-rasmda tasvirlangan jadvaldan ko‘rinadiki Router-1 dan 
192.168.2.0 tarmoqga chiqish 192.168.10.2 manzilli interfeys orqali amalga 
oshiriladi. Jadvaldagi 00:00:25 bu jadvalning oxirgi marta qancha vaqt oldin 
yangilanganini anglatadi, ya’ni 25 soniya oldin bu marshrutizatsiya jadvali 
yangilangan. Ma’lumki RIP protokoli asosidagi tarmoqlarda har 30 soniyada 
marshrutizatorlardagi marshrutizatsiya jadvali yangilanadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin