Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:
auditorlik guruxining barcha a’zolariga yo’l - yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliya-xujalik faoliyati bilan tanishtirish ;
- auditorlik guruxi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi;
- auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.
4. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish tartibi Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish,xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi:
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilib tashlangan holda);
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;
Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi;
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Tekshiruv jarayonida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari auditi natijalarini umumlashtirish
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- mahsulot tannarxi auditi bo’yicha ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;
- mahsulot tannarxini tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklarning ahamiyatlilik darajasini baholash;
- mahsulot tannarxini tekshirish bo’yicha auditorlik dalil - isbotlarning etarliligini baholash;
- amal qilayotgan korxona printsipi bilan bog’lik omillarni baholash;
- tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;