Ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar Bunga ish joylarini yoritish, sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari holatini yaxshilash, maxsus kiyim, bosh vaoyoq kiyimlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish xonalarini, ko'rgazmali qurollami tashkil qilish va boshqalar kiradi. Nomenklatura chora-tadbirlari ishlovchilaming ish bitimiga kiritilganligi va ishchilarning umumiy majlisida tasdiqlanganligi sababli, bu tadbirlar korxona ma’muriyati tomonidan bajarilishi shart hisoblanib, uning bajarilishi haqida ma’muriyat ishchilarga axborot berib turishi kerak. Nomenklatura chora-tadbirlariga sarflanadigan mablag1 korxonaning asosiy fondidan ajratilib, bu mablag'lar faqat shu sohalarga ishlatilishi lozim. Aks holda ma’muriyat qonun oldida javob beradi. Mablag‘larni sarflash kasaba uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi. Bundan tashqari, korxona har yili yuqori tasljkilotga amalga oshirilgan tadbirlar va mablag'lar sarfi to‘g‘risida hisobot berib turishi talab etiladi.
Mehnat muhofazasini boshqarish korxona boshqarish tizimining bir qismidir. Mehnat muhofazasini boshqarishni korxona boshlig'i o'rinbosari (yoki bosh muhandis) va boMim boshiiqlari olib boradi. Bu tizimning asosiy e’tibori ishlab chiqarishda sogMom va xavfsiz mehnat qilish sharoitini yaratishga qaratilgan. Mehnat muhofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Mehnat muhofazasi ishlarini rejalashtirish, amalga oshirish, baholash ishlarini barqarorlashtirish.
Ishlovchilami mehnat xavfsizligiga o'qitish va mehnat muhofazasi masalalarini tashviqot qilish.
Bino va inshoot, ishlab chiqarish jarayonlari va asbob-uskunalarining xavfsizligini ta’minlash.
Mehnat sharoitining sanitar-gigiyenik holatini me’yorlashtirish.
Ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash.
Ishchilar uchun maqbul ish va mehnat sharoitini yaratish.
Ishlovchilar uchun davolash-oldini olish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
Alohida mutaxassisliklar bo‘yicha kasb taniovi o‘tkazish.
Ishlovchilarga sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatish va hokazo.
Tizim mehnat qonunchiligi hujjatlari. davlat va kasaba uyushmasi
qarori, yo‘llanma va farmonlari, texnikaviy hujjatlar asosida boshqariladi. Masalan, kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalarida inehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi uchun 1980-yil iyulda tasdiqlangan 480-sonli buyruq va 1984-yil 14-noyabrdan kuchga kirgan Nizorri asosiy hujjat hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz va sogMom mehnat sharoitini ta’minlashda xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena va yong'in xavfsizligiga bog'lik qoida, norma, yo‘riqnomalar katta ahamiyatga ega. Ular umumiy, tarmoq va oraliq turlariga bo‘linadi. Umumiy norma qoidalarga «Qurilish norma va qoidalari» (SNIP), «Sanoat korxonalarini loyihalash sanitar normalari» (SN-245-71), «Nurlanish xavfsizligi qoidalari» (NRB 78), «Elektrotexnik moslamalar tuzilishi qoidalari» (PUE), «Portlashdan himoyalangan elektr uskunalarini tanlash qoidalari» (PIVRE), «Bosim ostida qoilaniladigan idishlarning tuzilishi va xavfsizligi qoidalari» va boshqalar. Vazirlik, ilmiy tekshirish, loyihalash institutlari o‘zaro hamkorlikda tannoq qoida va normalarini ishlab chiqibtasdiqlab, ulami bir yoki bir necha tarmoq korxonalarida qo‘llash uchun tavsiya etadilar. Oraliq qoida va normalari korxonalarda zaruriyatga qarab bajariladigan ish va jarayonlar uchun xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tavsiya etiladi. Mehnat muhofazasi bo'yicha muhim me’ycriy hujjatlardan biri 1974-yildan 1-iyul amal qilayotgan «Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi»dir (MXST).
MXST-bu, mehnatjarayonida insonning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltiri!gan talablar, me’yorlar va qoidalami o‘z ichiga olgan o‘zaro bog'liq standartlar majmuasidir. U 5 turga bo‘linadi:
Tashkiliy-uslubiy standartlar - GOST 0.001-82, GOST 12.0.002 - 74, GOST 12.0.003-74, GOST 12.0.003 - 79.
Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari - GOST 12.0.003-74.
Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari - GOST 12.2.003-74.4.
Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari - GOST
12.3.003-74.5.
Ishchilarning himoya vositalariga bo‘lgan talablari davlat standartlari - 12.4.001-74.1973 yildan e’tiboran 300 dan ziyod standartlar tasdiqlanib, ishlab chiqarishga joriy etildi.
ularni bir yoki bir necha tarmoq korxonalarida qo‘llash uchun tavsiya etadilar. Oraiiq qoida va normaiari korxonalarda zaruriyatga qarab bajariladigan ish va jarayonlar uchun xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tavsiya etiladi. Mehnat muhofazasi bo'yicha muhim me’ycriy hujjatlardan biri 1974-yildan 1-iyul amal qilayotgan «Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi»dir (MXST).
MXST-bu, mehnat jarayonida insonning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan talablar, me’yorlar va qoidalami o‘z ichiga olgan o'zaro bogMiq standartlar majmuasidir. U 5 turga bo'linadi:
Tashkiliy-uslubiy standartlar - GOST 0.001-82, GOST 12.0.002 - 74, GOST 12.0.003-74, GOST 12.0.003 - 79.
Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari - GOST 12.0.003-74.
Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari - GOST 12.2.003-74.4.
Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari - GOST.
Ishchilarning himoya vositalariga bo‘lgan talablari davlat standartlari - 12.4.001-74.1973 yildan e’tiboran 300 dan ziyod standartlar tasdiqianib, ishlab chiqarishga joriy etildi.