Ishlab chiqarishdagi baxtsiz



Yüklə 58,64 Kb.
səhifə1/7
tarix26.11.2022
ölçüsü58,64 Kb.
#119964
  1   2   3   4   5   6   7
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz


Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va baxtsiz
xodisalarni tekshirish
Reja: 1. Jarohatlanish, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari xaqida
tushuncha. 2. Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo'yicha umumiy qoidalar. 3. Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini
tekshirish va xisobga olish. 4. Jarohatlanish va kasb kasalliklarini o'rganish usullari. 5. Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar. 6. Jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini taxlil qilish. 7. Mehnatdan mayibligi natijasida jabrlanuvchiga qoplanadigan
zarar miqdori




Tayanch iboralar-xodimlar salomatligi; zararlanish; xodimlar salomatligi va zaralarlanish ini tekshirishning tartibi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa; Jarohatlanish tushunchasi; kasbiy zaxarlanish; hujjatlarni to'ldirish; davriy tibbiy ko'rik; ekspert guruhlar hulosasi.
Jarohatlanish, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari haqida tushuncha
Korxonalarda xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong'in xavfsizligi qoidalariga, me'yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni Jarohatlanishga, zaxarlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta'siri natijasida shikastlansa, buni Jarohatlanish deb ataladi. Jarog'atlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o'tkir zaxarlanish va elektr toki ta'sirida organizmning ba'zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz xodisa deb xam yuritiladi.
Jarohatlanish uch turga bo'linadi. Birinchisi, ishlab chikarishda, ish joyida Jarohatlanish, ikkinchisi, ish bilan bog'liq lekin ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan Jaroxatlanish va uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog'liq bo'lmagan jaroxatlanish.
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan Jaroxatlanishga, ishchi maʼmuriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog'ida ish joyida, tsexda, zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba'zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona maʼmuriyatining topshirig'iga muvofiq ishlab chiqarish xududidan tashqaridagi ba'zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo'lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o'g'irlash va boshqa shunga o'xshash holatlardagi Jarohatlanishlar kiradi.
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo'lishdan maqsad, sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo'lgan har qanday baxtsiz hodisaga Javobga xisoblanadi. Ma'muriyat birinchi va ikki turdagi baxtsiz xodisa, ya'ni Jarohatlanish ishlab
chiqarish bilan bog'langan taqdirda Javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga uchragan kishining Jarohatlanish natijasida yo'qotilgan kunlari uchun to'liq xaq to'lanadi.
Agar baxtsiz hodisa u ma'muriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitini yaratish soxasida yul qo'yilgan xato orqasida bo'lmay, balki ishch in ing mehnatni muhofaza qilish qoida va me'yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo'lsa, unda ishchi ham ma'muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to'lov mikdori ma'muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog'liq, bo'lgan jarohatlan ishdan yo'qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to'lanishi kerak deb belgilangan. .U Z
Sanoat sanitariyasi me'yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish Joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta'siridan ishchi kasbiy zaxarlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaxarlanish ish chining nafas olish, ovqat hazm qilish yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta'sir qilishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o'tkir zaharlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaxarli moddalar yig'ilishi natijasida yuz bersa, surunkali zaxarlanish deyiladi. Surunkali zaxarlanish kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan xamma kasalliklar kiradi. Masalan, xavo bosimining ortiq yoki kam bo'lishi natijasida kesson kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang ta'si ridan pnevm okonioz kasalligi, yallig'lanish va zaxarli moddalar ta'siridan dermatit va yara kasalliklari kelib chiqadi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib bo'lmaydigan xol xisoblanadi. Agar bunday xol yuz berar ekan, uni sanoat korxonasida yo'l qo'yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
SHuning uchun xam ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan xar qanday baxtsiz xodisa xar tomonlama tekshiriladi va xisobga olinadi. Tekshirish va xisobga olish umumiy o'rnatilgan qat'iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo'l qo'yilgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli bunday baxt siz xodisa va kasb kasalliklarining qaytarilishini oldi olinadi.

Yüklə 58,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin