korxona raxbariga yuboriladi. Aktda bunday kasalliklarning qaytarilmasligini ta'minlovi chora-tadbirlar majmuasi tavsiya etiladi va uning bitta nusxasi Res publika Sog'liqni saqlash Vazirligining yuqori tashkilotlariga yuboriladi. Baxtsiz xodisaga uchragan kishi hisobga olinib, unga ma'lum davolanish kursi belgilanadi. Agar zarur bo'lsa, kasb kasalligiga uchragan kishini mehnat ekspert tibbiyot xodimlari komissiyasi (VTEK)ga yuboriladi va unda xodimning kasb kasalligining oqibati natijasida olgan nogironlik guruhi aniqlanadi va shunga yarasha ma'lum moddiy ta'minlanish miqdori belgilanadi. 2 yoki undan ortiq ishchilar Jabr ko'radigan baxtsiz hodisalar, shuningdek, o'limga olib keluvchi yoki nogiron etuvchi baxtsiz hodisalarni alohida ta'kidlash zarur. Bunday hodisalar to'g'risida ish beruvchi sutka davomida quyidagi tashkilotlarga ma'lum qilishi shart: *0 O'zbekiston Respublikasi sub'ekti bo'yicha Davlat mehnat inspektsiyasi; *1 Ijrochi hokimiyatning tegishli organlariga; *2 Baxtsiz hodisa ro'y bergan Joy bo'yicha prokuraturaga; *3 O'zbekiston Respublikasi sub'ektining ijrochi hokimiyat organlariga; *4 Davlat nazorat organlariga (agar baxtsiz hodisa shu organ nazoratidagi tashkilotda yuz bergan bo'lsa); *5 Tegishli kasaba uyushmalari organlariga. Tergov tarkibida quyidagilar mavjud komissiya tomonidan olib boriladi: • Mehnat muhofazasi bo'yicha Davlat nazoratchisi; *6 O'zbekiston Respublikasi sub'ektining ijroiya hokimiyat organlari vakili; • Kasaba uyushmalari organi vakili. Tergov olib borishga ketadigan barcha xarajatlarni baxtsiz hodisa yuz bergan korxona to'laydi. Komissiya a'zolari tergov chog'ida korxona va uning bo'linmalari rahbarlari hamda boshqa shaxslardan yozma tushuntirish xati olish huquqiga egalar. Mehnat muhofazasi bo'yicha davlat nazoratchisi agar baxtsiz hodisalarni tergov qilishni davom ettirishga ob'ektiv sabablarga ko'ra, imkoniyat Scanned with CamScanner bo'lmasa yoki aksincha tergovda ishtirok eta olish imkoni bo'lsa, u tergoy materiallari bilan tanishib chiqishi shart. Komissiya xulosalaridan rozi bo'lgan taqdirda baxtsiz hodisa qo'shimcha tergov qilinmaydi va bu haqda tergov aktida tegishli qaydnoma qilinadi. Baxtsiz hodisa tergov natijalariga ko'ra, mehnat muhofazasi bo'yicha Davlat nazoratchisi P-15 shaklida xulosa tuzadi. Guruhli baxtsiz hodisalar va nogironlik yoki o'lim bilan tugaydigan baxtsiz hodisalar tergov materiallari N-1 shaklidagi akt va ko'rsatilgan baxtsiz hodisalar tergov akti bilan birga 3 kunlik muddat ichida tuzilgandan so'ng ish beruvchi tomonidan baxtsiz hodisa ro'y bergan joy bo'yicha prokuraturaga Junatilishi kerak: *7 O'zbekiston Respublikasi sub'ekti bo'yicha Davlat mehnat inspektsiyasiga; *8 (talab etilishiga ko'ra) nazorat organlariga; *9 O'zbekiston Respublikasi mehnat Vazirligi huzuridagi mehnat inspektsiyasiga; Jabrlanuvchining vaqtincha mehnatga layoqatsizligi tugaganidan so'ng ish beruvchi O'zbekiston Respublikasi sub'ekti bo'yicha Davlat mehnat inspektsiyasiga: *10 ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa oqibatlari to'g'risida ma'lumotlar; *11 bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadlarida bajarilgan tadbirlar to'g'risida prokuratura qarori.