Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi



Yüklə 46,94 Kb.
səhifə6/11
tarix10.12.2023
ölçüsü46,94 Kb.
#139218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik -fayllar.org

2.1.4. Ishlab chiqarish turlari 
Ishlab chiqarish turi deganda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, turi va ishlab
chiqariladigan mahsulot nomenklaturasining doimiyligi, shuningdek mahsulotning
ish o‘rinlari bo‘ylab harakat shakli bilan belgilab berilgan ishlab chiqarishning
texnik, tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlarining majmuaviy tavsifi tushuniladi.
Quyidagi ishlab chiqarish turlari ajratiladi:
- bittalik (loyihaviy);
- seriyali;
- ommaviy.
Ishlab chiqarishning bittalik turi mahsulotning har xil turlari bir yoki bir
nechta nusxada tayyorlanadigan (donali chiqarilishi) ishlab chiqarishni tashkil etish
turidir.
Bittalik ishlab chiqarishning o‘ziga xosligi shundaki, korxonada mahsulotning
umumiy nomenklaturasidan bitta buyumning chiqarilishi cheklangan miqdorda
rejalashtirilgan. Zavodning dasturida mahsulot nomenklaturasi barqaror emas.
Nomenklaturaning barqaror emasligi, uning har xil turda bo‘lishi, chiqarilishi
cheklanganligi standartlashtirilgan konstruktiv-texnologik echimlardan foydalanish
imkoniyatining cheklanishiga olib keladi. Bu holda original mahsulotning nisbiy



miqdori katta bo‘lib, unifikatsiyalangan mahsulotning nisbiy miqdori juda kam


bo‘ladi.
Yakuniy mahsulotning har bir birligi o‘z konstruksiyasi, bajaradigan
vazifalari va boshqa muhim belgilariga ko‘ra betakror bo‘ladi.
Mahsulotni tayyorlashning ishlab chiqarish jarayoni uzlukli xususiyatga ega,
ya’ni har bir mahsulot birligini chiqarishga nisbatan uzoq vaqt sarflanadi.
Korxonalarda universal jihoz-uskunalar hamda qo‘l mehnatining katta ulushi
qo‘llaniladigan jarayonlar ishlatiladi va ishchilar universal malakaga ega
bo‘lishlari lozim bo‘ladi.
Mahsulotning katta mehnat sig‘imi, xodimlarning yuqori malakasi,
materiallarning yuqoriroq sarflanishi natijada chiqariladigan buyumlarning yuqori
tannarxini belgilab beradi. Bunda mahsulot tannarxida ish haqi katta nisbiy
ulushiga ega bo‘ladi, u to‘liq tannarxidan 20 - 25% gacha qismini tashkil etadi.

Yüklə 46,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin