Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi


Ishlab chiqarish turlarini tavsiflash



Yüklə 46,94 Kb.
səhifə8/11
tarix10.12.2023
ölçüsü46,94 Kb.
#139218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik -fayllar.org

Ishlab chiqarish turlarini tavsiflash. Ishlab chiqarish turi uni tashkil etish,
boshqarishning xususiyatlariga va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga hal etuvchi ta’sir
ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish turining tashkiliy-texnik xususiyatlari korxonaning
iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, uning faoliyati unumdorligiga ta’sir etadi.
Bittalik turidan seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga o‘tishda
mehnatning texnik qurollanganligi ortishi va mahsulotni chiqarish hajmining
o‘sishi bilan, tirik mehnatning ulushi kamayadi va jihoz-uskunalar ta’minoti va
undan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar ortadi. Bu mahsulot tannarxining
kamayishiga, uning tuzilishi o‘zgarishiga olib keladi. SHuning uchun, mahsulotni
ommaviy ishlab chiqarishda progressiv texnologik jarayonlar va jihoz-uskunalarni
qo‘llash, majmuiy mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish masalalari individual va
seriyali ishlab chiqarishga qaraganda osonroq hal etiladi.
Mahsulotning texnologik bosqichlar bo‘ylab harakatlanishi: vaqt bo‘ylab -
uzluksiz va uzlukli; fazodato‘g‘ri oqimli va noto‘g‘ri oqimli bo‘ladi. Agar ish
o‘rinlari bajariladigan operatsiyalar ketma-ketligi tartibida, ya’ni texnologik
jarayon borishi bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, bu to‘g‘ri oqimli harakatga mos keladi.
Mahsulotning ish o‘rinlari bo‘ylab harakati yuqori darajada uzluksizlik va
to‘g‘ri oqimlilik bilan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish oqimli deyiladi.
SHuning uchun, mahsulotning ish o‘rinlari bo‘ylab harakati shakllariga qarab,
ommaviy va seriyali ishlab chiqarish turlari oqimli va nooqimli bo‘lishi mumkin,
ya’ni ishlab chiqarishning ommaviy, ommaviy-oqimli, seriyali va seriyali-oqimli
turi bo‘lishi mumkin.
Ish o‘rinlarining ixtisoslashuvi, mahsulotning ish o‘rinlari bo‘ylab
harakatining uzluksizligi va to‘g‘ri oqimligi darajasi oshganda, ya’ni bittalik
turidan seriyali turiga va seriyali turidan ommaviy ishlab chiqarish turiga o‘tishda
maxsus jihoz-uskunalar va texnologik jihozlarni, unumliroq texnologik
jarayonlarni, mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullarini, ishlab chiqarish
jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni qo‘llash imkoni oshadi.
Bularning hammasi mehnat unumdorligi ortishiga va mahsulot tannarxining
kamayishiga olib keladi. Ishlab chiqarishni rejalashtirish.
Ishlab chiqarish turidan kelib chiqib, ishlab chiqarishni rejalashtirishning har
xil turlari ajratiladi.
Operatsiyalar bo‘ylab funksional sxemasida ishlab chiqarish resurslari
bajariladigan ishlar belgisiga ko‘ra guruhlanadi. Xizmat ko‘rsatishning har xil
turlari uchun ma’lum uchastkalar ajratiladi (xom ashyo va yordamchi moddalarni
tayyorlash uchastkasi, ekstraksiya uchastkasi, tozalash uchastkasi va hokazo).
Qat’iy belgilangan o‘rinli rejalashtirishda tayyorlanadigan mahsulot
harakatsiz bo‘lib, ishlab chiqarish resurslari zarur bo‘lganda uzatiladi. Bunday
rejalashtirish turli loyihalarni (masalan, qurilish) amalga oshirilishida ishlatiladi.



Bu rejalashtirish vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ladi va loyiha ustida ishlash


yakunlanguncha saqlanadi.
Ommaviy ishlab chiqarishga liniyali yoki oqimli rejalashtirish xos bo‘ladi,
bunda chiqariladigan mahsulot aslida bir xil ishlov berish operatsiyalaridan o‘tadi.
Shunday qilib, oqimli ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish jarayonini alohidagi
nisbatan qisqa, operatsiyalarga bo‘lish xos bo‘ladi, ular maxsus jihozlangan,
ketmaket joylashgan ish o‘rinlarida - oqimli liniyalarida bajariladi.


Yüklə 46,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin