Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi


 Ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari



Yüklə 46,94 Kb.
səhifə9/11
tarix10.12.2023
ölçüsü46,94 Kb.
#139218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik -fayllar.org

2.1.5. Ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari
Ishlab chiqarishni tashkil etishning uchta asosiy shakli ajratiladi:
- ixtisoslashgan;
- kooperatsiyalashgan;
- birlashtirilgan.
Ixtisoslashgan - ishlab chiqarish faoliyatining nisbatan kichik segmentida,
maxsus yo‘nalishida, ayrim texnologik jarayonlarda hamda operatsiyalarda yoki
chiqariladigan mahsulot turlarida amalga oshirilishidir. Sanoatda ishlab chiqarish
ixtisoslashuv uchta asosiy shaklida: predmetli, detallar bo‘yicha va texnologik
shaklida amalga oshadi.
Kooperatsiyalashgan ulardan har biri bir butunning ayrim tarkibiy qismlarini
ishlab chiqarishga yoki mahsulotning ayrim turini bajarishga ixtisoslashadigan
korxonalar, tashkilotlar va boshqa tuzilmalar orasida nisbatan barqaror va uzoq
muddatli ishlab chiqarish va boshqaruv aloqalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish
amalga oshiriladi.
Birlashtirish bitta yirik korxonada tubdan farqli har xil texnologik
jarayonlarning birikishiga asoslangan.

2.1.6. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash korxonaning moddiy-texnik bazasini
rivojlantirish, ishlab chiqarishni, mehnatni va boshqarishni tashkil etishga oid
faoliyatidir.
U quyidagini o‘z ichiga oladi:
- amaliy tadqiqotlarni bajarish;
-
yangi
mahsulotni
loyihalash
va
avval
chiqarilgan
mahsulotni
modernizatsiyalash;
- mahsulotni tayyorlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish;
- ixtisoslashgan jihoz-uskunalar va butlovchi materiallarni sotib olish;
- ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta’minlash;
- kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;
- texnik me’yorlar va normativlarni ishlab chiqish;



- axborot ta’minotini tashkil etish.


Texnik tayyorlash yangi mahsulot chiqarilishini samarali o‘zlashtirish, ishlab
chiqarishni tashkil etish va korxonani modernizatsiyalashning texnologik usullarini
takomillashtirishga qaratilgan. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning vazifalari
ishlab chiqarish jarayonining yuqoriroq texnik va texnologik darajasiga o‘tishini
kafolatlaydigan texnik, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish
hisoblanadi.

Yüklə 46,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin