Kurs ishning maqsadi.Talabalarga sanoat iqtisodiyoti sohasidagi bilimlarni berish, sanoatning takror ishlab chiqarish jarayonidagi alohida o‘rni,investitsiyalash strategiyasi va taktikasi, sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish va boshqarish, shuningdek, olingan bilimlardan xo‘jalik amaliyotida mahorat bilan foydalanish, ularni iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlariga ham amalda tatbiq eta olishni konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ularning shakllari va koʻrsatkichlarini o‘rgatishdir.
Kurs ishining ob'yekti-Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish tarmoqlarni joylashtirishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi tizimini tashkil etish.
Ishning predmeti- Talabalarga konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish tarmoqlarni joylashtirishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi qismilarini o`rganish mazmuni, shakl va usullarini to'liq o'rgatish va mohiyatini ochib berish.
Tadqiqotning vazifalari: -Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish;
I.BOB.Ishlab chiqarish jarayoni. 1.1.Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari. Ishlab chiqarishni (modiy va nomoddiy) hududiy jihatdan tashkil etishda, joylashtirishda, albatt hudud shart sharoitlari va omillari hisobga olinadi. Bu omillarni togri tanlay bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonunyatlarini asoslashga imkon beradi.Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda geografik orin, ekalogik omil, bozor iqtisodiyoti omillari bilan bir qatorda tabiiy (xomashyo, yoqilgI, suv, iqlim) , ijtimoiy (mehnat resurslari, istemolchi) va iqtisodiy (elektroenergiya, transport) omillar etiborga olinadi. Muayyan bir ishlab chiqarish tarmogini hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal qiluvchi rol oynaydi.
Qaysi omil boyicha yirik son chiqsa , odatda uning ahamiyati shuncha yuqori boladi va u mazkur ishlab chiqarish tamogini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifasini otaydi. Shuni alohida qayd etish lozimki, malum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar yoki kichik tarmoqchalar uchun bittagina omil tegishli bolmaydi. Jumladan, mashinasozlik tarmogiga kiruvchi bazi bir korxonalarni joylashtirishda xom ashyo koproq ahamiyatga ega bolsa, boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi.
Xomashyo Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo resurslari muhim omil hisoblanadi. Ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishda esa xom ashyo boshqa omillarga qaraganda koproq talab etiladi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xom ashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Sanoatning bazi tarmoqlari masalan, tog- kon, ormon, baliqchiliksanoatni tarmoqlarining joylashuvi xom ashyo bolmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar kolami bilan belgilanadi. Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq korinishga ega. Masalan, bir tonna paxta tolasi olish uchun taxminan 3 tonna paxta , bir tonna yogI uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yogI uchun 3 tonna kungaboqar, 1 tonna shaker uchun 7 tonna qand lavlagi ishlatiladi.
Yoqilgi . Komir havzalari qora metallurgiya sanoatining dastlabki bosqichini joylashtirishda asosiy rol oynaydi. Ammo uning tasiri har doim ham yetakchi kuchga ega emas. Qora metallurgiya (choyan erituvchi) zavodlarini joylashtirish qonunyatlari bir xil emas. Malumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50 foizi foydali, bu ortacha raqam hamma joyda ham bir xil emas, ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulishi atigi 17- 19 foizni tashkil etadi. Bunday konlarga Uraldagi Kochkonar yoki Qoraqalpogistondagi Tebinbuloq konlarini misol qilib korsatish mumkin. Bu yerlardan qazib olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bolmaydi, zero unda kerakli mineraldan kora foydasiz jinslar koproq. Shuning uchun bu ruda dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning hissasi oshirilishi lozim. Boyitilganidan song ruda tarkibidagi temirning (rangli metallar uchun boyitish jarayoni ayniqsa muhim, chunki ularning rudalar tarkibidagi ulushi ancha past) miqdori bir necha barobar ortadi.
Ammo bu bilan ham uning hissasi yetarlicha bolmaydi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari koproq xom ashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Bazi metallurgiya zavodlari xom ashy ova yoqilgI rayonlari ortasida joylashgan. Zero mazkur sanoat tarmogI uchun bu ikki omilning ahamiyati deyarli bir xil. Bunga yorqin misol qilib, Cherepoves metallurgiya kombinatini (Rossiya Federatsiyasi) korsatish mumkin. U Pechora kokslanuvchi komir havzasi bilan Kola yarim oroli temir rudasi konlarining ortasida qurilgan.
Elektroenergiya (elektr quvvati). Hozirgi zamon ishlab chiqarishni, hatto transportni , qishloq xojaligini eletr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sohaning oziga xos xususyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, yani elektr quvvatini jamgarib omborxonalarga yigib bolmaydi, undan ayni paytning ozida foydalanish kerak. Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon turiga ahamyat beriladi. Arzon elektr quvvati GESlardan olinadi, issiqlik elektr stansiyalarida esa komir, mazut yoki gaz sarflanadi. Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya; 1 tonna titan ishlab chiqarish uchun (titan polatdan bir necha marta yengil va chidamli) 40-50 ming kVt/ soat , misni tozalash, temir qotishmalarni ishlab chiqarish, elektr pechlarida polat eritish uchun ularning har bir tonnasiga 8-10 ming k Vt/soat atrofida elektr quvvati sarflanadi. Tabiiyki, bunday korxonalarni arzon elektr quvvati manbalariga yaqin joylashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boladi.
Orta osiyoda yagona bolgan Tursunzoda (Regar) shahridagi alyuminiy zavodi Norak GESiga yaqin joyga qurilgan. Demak, elektr quvvati bir qator sanoat korxonalarini oz atrofiga omil sifatida yigar ekan . Shu sababli , u yirik rayon va majmua hosil qilish quvvatiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni ozlashtirish uchun ham kerak . Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos stansiyalari vositasi bilan sugoriladi.Elektr quvvati Norak Tursunzoda (Regar) Guzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu yerning ozida juda yirik, mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tolimarjon GRESI qurilmoqda.
Suv va iqlim sharoiti ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda katta ahamiyatga ega. Suv manbalari ayniqsa, kimyo, yogoch, selluloza, metallurgiya zavodlarining faolyatiga sezilarli tasir qildi. Jumladan, choyan erituvchi pechlarni sovitish uchun ham suv kerak. Suv va iqlim sharoitlarni boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham etiborga olinadi Qishloq xojaligi uchun bu omilning ahamiyati katta. Chunonchi, Orta Osiyo, xususan Ozbekistonda ananaviy dehqonchilik uning issiq va quruq iqlimiy sharoitida faqat suniy sugorish asosida olib boriladi.
Aholi va mehnat resurslari. Albatta, har bir ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bolmaydi. Bu orinda ikki holni qayd etish lozim; birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan kop ishchi kerak . Masalan , tikuv fabrikasi, konserva ishlab chiqarish, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarda mehnat resurslarining kop bolishi shart emas, ularga oz va soz malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxona va tarmoqlar ( radio va asbobsozlik, aniq mashinasozlik va shunga oxshash) malakali ishchi kuchi mavjud bolgan shaharlarda, ilmiy- texnik markazlarga joylashtiriladi. Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo istemolchi hamdir . Bu omilning roli esa hozirgi kunda , xalqning yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish aholiga kerak bolgan oziq ovqat , kiyim kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqorda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli istemol omili oziq ovqat korxonalarini oziga tortadi , yani bunday zavod va fabrikalari bevosita aholi yashovchi maskanlarga joylashtiriladi.
Istemol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi , ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni istemol rayonlarda qurilishini nazarda tutadi. Masalan , qishloq xojaligi mashinasozligi osha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur.Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa, bu yerda shunga mos mashinasozlik tarmogI yaxshi rivojlangan bolishi qonuniy bir holder. Ozbekistonda paxta teruvchi , Belarusda kartoshka teruvchi , Ukrainada qand lavlagi teruvchi , Gruziyada choy teruvchi mashinalarini ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bola oladi. Shuningdek , boshqa sanoat va qishloq xojaligi tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda bolishi maqsadga muvofiq.
Transport omili. Bu omil juda muhim edi bolib, u ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmogi hisoblanadi. Shuning uchun taransportning ahamiyati barcha omillari bilan birga qoshilib, uygunlashib ketadi va uni sof holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga transport masalasi iqtisodiy- geografik orin omili bilan ham chambarchas bogliq zero bu orin obyektning eng avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.
Fan texnika taraqqiyoti omil. Bu omilning tasiri bir qator tarmoqlarning hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan korinadi ( mashinasozlik, elektro- texnika va kimyo). Shubhasiz, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli kopgina korxonalar , ayniqsa, mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy texnika qudratiga ega bolgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Ekalogik omil. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarning faolyati shu nuqtai nazardan totalgani bejiz emas. Ekalogik jihatdan koplab sanoat tarmoqlari va eng avvalo, kimyo, yogoch selluloza, gosht, konserva, charm zavodlari , issiqlik elektrostansiyalari va shunga oxshash korxonalar nomaqbul hisoblanadi. Binobarin, ular aholi istiqomat qiladigan markazlardan uzoqroqda joylashishi lozim.