14Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ular
2.3. Ixtisoslashtirish, uning shakllari va ko‘rsatkichlari. Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda uni ratsional tashkil etish, jumladan, ixtisoslashtirish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish (frans. – specialisatian, lotincha specialis – ayrim, maxsus) – ijtimoiy mehnat taqsimotining shakli. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish xilma-xil mahsulotlarni, ularni ishlab chiqarishning turli bosqichlarini bir biridan ajralib chiqishi tufayli yangidan yangi ko‘pgina ishlab chiqarish sohalarining vujudga kelish jarayonidir.Tarixiy taraqqiyot jarayonida qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish va boshqa har xil ishlab chiqarishlar mustaqil soha bo‘lib ajralib chiqqan. Bu sohalarning o‘z ichida ham ajralib chiqish sodir bo‘lishi natijasida biron alomatiga ko‘ra bir-biriga yaqin korxonalarni birlashtiruvchi ixtisoslashgan tarmoq vujudga kelgan.
Alohida ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar bir xil yoki turli mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga quyishga erishganlar hamda maxsus, o‘ziga xos texnologiya jarayoni va ixtisoslashgan kadrlar bilan ajralib turgan va turishi mumkin.Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning eng birinchi va elementar shakli sanoatning boshlang‘ich shakli bo‘lmish hunarmandchilik bilan birga vujudga keldi. Mehnat taqsimoti asosida rivojlanayotgan tovar xo‘jaligi natural xo‘jaligi, ishlab chiqarishning universalizmini yemirib tashladi. Korxonalarning ixtisoslashuvi - ularda mukammalroq texnika va texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullarini qo‘llashni yengillashtiruvchi turdosh mahsulot ishlab chiqarishni mujassamlashtirish jarayonidir.Ixtisoslashtirish jarayonining taraqqiyoti ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Ixtisoslashtirish, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish vositalari va ish kuchining juda keng miqyosda birlashtirilishi hozir iqtisodiy zarurat bo‘lib qoldi.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyotining muhim omillari– elektronizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish, yangi materiallarni yaratish va joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, biotexnolo-giyalarni vujudga keltirish ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish bilan bevosita bog‘likdir. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sanoat korxonalarining ishini eng ratsional, oqilona tashkil etish hisoblanib, binolardan, jihoz va asbobukunalardan, materiallardan bekami-ko‘st foydalanishda, fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini joriy etishda, takomillashgan maxsus mashina va asboblarni qo‘llashda, mehnat unumdorigini oshirishda, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xarajatlarini tejashda katta samara keltiradi. Korxona bo‘limlarining ixtisoslashuvi - ayrim sexlar, uchastkalar, ish joylarining ayrim mahsulotlar ishlab chiqarishga va jarayonlarni bajarishga ixtisoslashuvida ifodalanadi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish jarayonining quyidagi shakllari keng tus olgan:
-birinchi, eng oddiy va keng tarqalgan shakli buyumlar bo‘yicha ixtisoslashtirish. Uning bunday shakli korxonalarni texnologik jihatdan birbiriga o‘xshash bo‘lgan va cheklangan miqdordagi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashtirishdan iborat;
-ikkinchi, detalli ixtisoslashtirish, ya’ni buyum yoki mahsulotning bir qismini, uzel detalini (masalan, motor, reduktor, karbyurator, porshen, gilza, kuzov, bunker va h.k.larni) ishlab chiqarish;
-uchinchi, texnologik ixtisoslashtiriish. Bu ixtisoslashtirishning eng oliy shakli bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining ma’lum operatsiyalarini bajarishni o‘zida mujassamlashtiradi. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining kengayishi ixtisosla-shishning doimo rivojlanishi va mukammallashuvining zarurligini ifodalaydi. Masalan, mashinasozlikda buyumlar bo‘yicha ixtisoslashish - ma’lum ishlab chiqarish tarmoqlari yoki ish turlari (paxta terish, yo‘l qurilishi) uchun mashinalar ishlab chiqarishning mujassamlashuvi yo‘nalishida rivojlanmoqda. Bunday ixtisoslashish konstruktorlarga ayrim tarmoqlarda mashinalarning ishlash sharoitlarini chuqurroq o‘rganish hamda mukammalroq texnika yaratish imkonini kengaytiradi. Bir korxona miqyosida tugallangan holatda mahsulot ishlab chiqarishning tashkil etilishi unga doimo xizmat qilib, zarur qismlarni yetkazib beruvchi ixtisoslashgan korxonalar tashkil etilishini taqozo etadi. Chunki barcha turdagi mahsulot ishlab chiqarishni bir korxonaga to‘plash mumkin emas. Shu tufayli qismlar yoki mahsulotning bo‘laklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etilgan. Bu xil qismlar bo‘yicha ixtisoslashgan korxonalar ko‘proq mashinasozlikda ko‘rinadi.
Qismlar yoki mahsulot bo‘laklarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarga sharikopodshipniklar, porshen ishlab chiqaruvchi zavodlar, karbyurator zavodi, reduktor, asbob-anjomlar, quyma, ehtiyot qismlar, televizor transformatorlari, televizorga futlyarlar, kondensatorlar, yuqori bosimli nasoslar, divan-krovatlar uchun oyoqlar va boshqalarni ishlab chiqarish misol bo‘la oladi.
Masalan, sharikopodshipniklar, porshenlar, reduktorlar, motorlar va boshqalar tayyorlaydigan turli jarayonlarga tashkiliy jihatdan bo‘linishi mumkin.Korxonalarning texnologik ixtisoslashuviga mashinasozlik zavodlari uchun tayyor qismlar ishlab chiqaruvchi, quyuvchi va temirchi-presslovchi zavodlar, to‘qimachilik fabrikalari uchun ip-yigiruv fabrikalari misol bo‘la oladi.Ixtisoslash darajasining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
-ixtisoslashgan korxonalar ishlab chiqargan mahsulotining shu mahsulot turining umumiy hajmidagi salmog‘i;
-ishlab chiqarilgan,texnologik jihatdan o‘xshash bo‘lgan assortimentdagi buyumlarning guruhlari, turlari. Korxona tarkibidagi ixtisoslashuvni ta’riflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
-dastgohlar ilg‘or turlarining ushbu korxona yoki sex dastgoh-larining umumiy miqdoridagi salmog‘i;
-potok liniyalarda o‘rnatilgan dastgohlarning salmog‘i. Masalan, potok usulida ishlab chiqarishda band bo‘lgan metall qirquvchi dastgohlarning hamma asbob-uskunalar qiymatiga nisbati (foiz hisobida);
-korxona ishlab chiqaradigan turli mahsulotlarda unifikatsiyalashtirilgan yoki bir shaklga keltirilgan detallar va qismlar salmog‘i.Ixtisoslashgan korxona (firma)lar va ularning bo‘limalari sonining o‘sishi ham ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi.