2.6.Sanoatda ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish muammolari .
O`zbekiston Respublikasining siyosiy mustaqilligi uning milliy iqtisodiyotini mustaxkamlashni taqozo etadi. Bu borada mamlakatimiz o`ziga xos xususiyatlarga egadir. Chunonchi, qulay agroiqlimiy sharoitlar, har xil xom ashyo va ma`danlarga boy zaxiralar, meqnat resurslarining ko`pligi va xalqimizning tarixiy shakllangan an`ana va udumlari respublikaning siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustaqil rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, o`tish davrining obyektiv qiyinchiliklari O`zbekistonda bosqichma-bosqich hal qilinmoqda. Ayni paytda bunday qiyinchiliklar ayrim «ittifoqdosh» respublikalarda ancha keskin tus olmoqda. SSSR parchalanishi tufayli gorizontal iqtisodiy aloqalarning buzilishi, ishlab chiqarish kooperatsiyasining o`ta katta hududda, markazlashtirilgan holda tashkil etilganligi va «Butunittifoq mehnat taqsimotidagi» kamchiliklar ana shunday oqibatlarga olib keladi.
Bozor munosabatlarigi o`tish ilgari mavjud bo`lgan sotsialistik ishlab chiqarishning qator g`oya va tushunchalaridan qatiylik bilan voz kechishni talab qiladi. Endigi sharoitda mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirish va shu asosda erkin raqobat muhiti va ko`p qatlamli iqtisodiyot tizimini joriy etish katta aqamiyatga ega. Xususiylashtirish va mulkchilikning nodavlat shakllarini rivojlantirish ko`proq va ildamroq qishloq xo`jaligida amalga oshiriladiki, bu ham bo`lsa mamlakatimiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o`tishining o`ziga xos xususiyatini ifodalab beradi. Masalan, mavjud ma`lumotlarga qaraganda, O`zbekistonda yaratilgan sanoat mahsulotining deyarli 2/3 qismi nodavlat sektoriga to`g`ri kelsa, bu ko`rsatkich qishloq xo`jaligida 97-98 foizga barobardir.
Siyosiy mustaqillikni iqtisodiy mustaqilliksiz tasavvur etib bo`lmasligi hammaga ayon. O`z navbatida iqtisodiy barqarorlik va mustaqillik, eng avvalo, oziq-ovqat (jumladan, don yetishtirish) hamda yoqilg`i-energetika va yo`l mustaqilligini ta`minlashsiz amalga oshmaydi. Aynan shu xususda respublika raxbariyati tomonidan tegishli va muhim zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bozor munosabatlariga o`tish davrida sanoatning ijtimoiy tashkil etish shakllarida sezilarli o`zgarishlar bo`lishi aniq. Jumladan, konsentratsiya (mujassamlashuv) hozirgi sharoitda keskin o`zgaradi. Bunday o`zgarish bevosita yoki sof holdagi ishlab chiqarish mujassamlashuviga ham, shuningdek, uning hududiy shakliga ham taalluqlidir.
Ma`lumki, ilgari yirik sanoat korxonalarini qurish an`ana bo`lib qolgandi. Xuddi shunday ulkan korxonalar bizning respublikamizda ham qurilgan edi. Hozirgi kunda bunday ishlab chiqarish mujassamlashuvi bilan bog`liq bulgan muammolar jiddiy tus olmoqda. Chunonchi, «Ishlab chiqarishni hudud bo`ylab planli va proporsional rivojlantirish va joylashtirish» bo`yicha sotsialistik tuzumdagi tamoyil o`z kuchini yo`qotish bilan bir xil yo`nalishdagi sanoat korxonalari ko`pgina viloyatlarda qurila boshlandi (avvallari bunday korxonalar faqat ayrim joylarda bo`lardi, xolos). Buning asosida o`ziga xos hududlararo erkin va sog`lom raqobat vujudga keldiki, bu ham bozor munosabatlariga tegishli bo`lgan belgidir.
Biroq, bunday raqobat muhitini shakllanishi natijasida mavjud yirik korxonalarni xom ashyo bilan to`la va uzluksiz ta`minlash tartibi biroz buzildi. Oqibatda, ko`pgina sanoat korxonalari, ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoati tegishli xom ashyo bilan yetarlicha ta`minlanmagan va shu bois ular to`la quvvat bilan faoliyat ko`rsatmayaptilar. Og`ir sanoatda esa bunday hol, asosan, gorizontal iqtisodiy aloqalarning buzilishi, kerakli xom ashyo va dastgohlarning yetishmasligi sababli sodir bo`lmoqda. Binobarin, kelajakda tarmoqlararo va rayonlararo iqtisodiy integratsiya sharoitlariga ham e`tibor berish kerak.
O`tish davrida ixtisoslashuv ham o`zgacha kechadi. Bunda avvalgi tor ixtisoslashuv, «monopoliya»ga, yakkahokimlikka barham beriladi, detal (qism) va texnologik ixtisoslashuv kamayib, predmet ixtisoslashuv rivojlanib boradi. Demak, o`tish davrida hududiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish prinsiplari ham o`zgaradi, eng muhimi qayer nimani ishlab chiqarishi, nimaga ixtisoslashuvi bozor, talab bilan bog`liq bo`lib qoladi.
Ma`lumki, sobiq «Umumittifoq mehnat taqsimotida» har bir respublika asosan bir yoki ikki maxsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi, o`zi jahon bozoriga bevosita chiqa olmasdi. O`sha davrda respublikalar xo`jaligi nihoyatda bir-biriga bog`liq, integratsiyalashgan edi. Aytish mumkinki, Ittifoq parchalangandan so`ng aynan ana shunday holat talaygina qiyinchiliklarga sabab bo`ldi: har bir respublika o`zining oldingi «bir yoki ikki» mahsuloti bilan qoldi, siyosiy mustaqillikka iqtisodiy mustaqillik qiyinchiliklar to`g`ri kelmay qoldi. Bu esa sobiq ittifoqdosh respublikalarda o`tish davrini, ayniqsa, uning boshlang`ich yillarini ancha og`ir kechishiga olib keldi.
Hozirgi kunda ixtisoslashuv faqat respublika miqyosida emas, balki alohida hududlar, mintaqalar ehtiyojidan, mahalliy va mintaqaviy bozor talablaridan ham kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda. Masalan, ilgari butun O`zbekistonda shisha idishlar Toshkent viloyatining faqat Iskandar shaharchasida ishlab chiqarilar edi. Endi esa bunday mahsulotning ishlab chiqarish geografiyasi kengayib (u quvasoyda ham tashkil qilingan), raqobat muhiti yuzaga kelmoqda.
Biroq, ta`kidlash lozimki, ixtisoslashuv har qanday holda ham ma`lum darajada saqlanib qolishi shart. Aks holda mamlakat, viloyat va boshqa mintaqalar turli bosqichdagi bozorlarga qatnasha olmaydilar,ular orasida iqtisodiy integratsiya jarayonlari ham bo`lmaydi. qolaversa, ularning o`rni, «o`zligi» ham hududiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv bilan belgilanadi; ixtisoslashgan soha shu joyning umurtqa pog`onasi, «basharasi» hisoblanadi. Hududiy mehnat taqsimoti ixtisoslashuvga, bir joyning ikkinchi joy iqtisodiyotidan farq qilishiga, rayonlar shakllanishiga olib keladi. Bunday «zanjirsimon» holat iqtisodiy geografiya, hududiy taraqqiyot differensiyasi va integratsiya jarayonining negizida yotadi. Asosiy maqsad esa ixtisoslashuvni me`yorida tashkil qilish, bozor munasabatlariga o`tish davrida lozim bo`lgan sharoitda uni osonlik bilan, beshikast o`zgartirishdan iboratdir.
Ixtisoslashuv rayon iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchidir, u ochiq, erkin iqtisodiyotning vujudga kelishida eng asosiy omildir. Darhaqiqat, ixtisoslashgan sohalar orqaligina korxonalar, viloyat va mamlakatlar o`zaro munasabat qiladilar. Bu mamlakat ichida geoiqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashga olib keladi, jahon bozorida esa uning mavqeini ifodalaydi.
Ixtisoslashuv hamkorlik, kooperatsiya bilan chambarchas bog`liq. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, o`tish davri iqtisodiyotida mamlakatlararo, xususan sobiq ittifoqdosh respublikalar orasidagi kooperatsiya ancha buzildi. Mamlakat ichida dastlabki paytlarda har bir korxona, shahar yoki viloyat xo`jaligi ham mustaqil bo`lishga uringanligi tufayli ular o`rtasidagi hamkorlik ham biroz qisqarishi mumkin.
Masalan, to`qimachilik sanoatini olaylik. Ilgari Toshkent, Farg`ona, Buxoro kabi markazlarda yirik ip-gazlama kombinatlari barpo etilgan edi. Ular xom-ashyoni, ya`ni paxta tolasini yaqin joylashgan qo`yshni viloyatlar paxta tozalash zavodlaridan ham olar edi. Hozirgi kunda bunday tipdagi korxonalar deyarli barcha viloyatlarda qurilgan. Natijada yuqoridagi korxonalarning kooperatsiyasi (hamkorligi) buzildi, katta quvvatga, ko`p ishchi xodimlarga ega bo`lgan kombinat oqsab qoldi.
Ayni paytda kooperatsiyaning boshqa shakllari rivojlanib bormoqda. Chunonchi, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qo`shma korxonalarning qurilishi ham kooperatsiyaning muhim bir turidir.
Ishlab chiqarishda detal va texnologik ixtisoslashuvning vaqtincha kamayishi, kooperatsiya jarayonining qisqarishi o`z navbatida kombinatlashuvning rivojlanishini taqozo etadi. Chindan ham hozirgi sharoitda har qanday yiriklikdagi korxona yoki tashkilot «universal» bo`lishga harakat qilmoqda.
Ma`lumki, kombinatlashuvda muayyan bir xom ashyo aosida turli xil mahsulot ishlab chiqarish tashkil etiladi. U deyarli barcha sanoat tarmoqlariga xos obyektiv jarayonlardir. Ammo kombinatlashuv albatta aniq bir yo`nalishga ixtisoslashuv, asosiy ishlab chiqarish jarayoni atrofida shakllanishi lozim. Chunki har qanday mamlakat yoki viloyat xo`jaligi eng avvalo ma`lum rivojlangan soha bilan tavsiflanadi.
Kombinatlashuvning muhim iqtisodiy tomonlari mavjud. Chunonchi, xom-ashyo, «yarim mahsulot» (polufabrikat) va boshqa imkoniyatlardan foydalanishda transport harajatlari kamayadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Kombinatlashuv ishlab chiqarish chiqindilaridan, «ikkilamchi» xom-ashyodan foydalanish negizida ham olib boriladi. Bu, shubhasiz, katta iqtisodiy va eng zaruri- ekologik ahamiyatga egadir. Ammo, avval ta`kidlaganimizdek, korxona-kombinat darajsini nihoyatda kattalashtirish ham maqbul emas. Sababi-bunday holatda aks yoki teskari samaradorlik vujudga keladi, transport xarajatlari, integratsiya jarayonlari, ekologik vaziyat salbiylashadi.
XULOSA
Ishlab chiqarishni joylashtirishda katta ahamiyatga ega oladi ekologik omil atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq. Bu omil, agar zarar keltirishi mumkin bo'lsa, ishlab chiqarishni yaratishni cheklaydi muhit... Ifloslantiruvchi moddalar yoki boshqa katta emissiyalar bilan ajralib turadigan sanoat tarmoqlariga zararli ta'sirlar atrof-muhitga nisbatan ortib borayotgan ekologik talablar qo'yiladi. Ularni joylashtirish taqiqlanadi yirik shaharlar va aholi zich joylashgan hududlar. Bu korxonalar zamonaviy texnologiyalardan foydalanishlari kerak kam chiqindi texnologiyalar va chiqindilarni tozalash inshootlarini qurish.Zamonaviy sharoitlar ekologik omilning roli ortib bormoqda - bu barcha sanoat tarmoqlarining joylashishiga ta'sir qiladi. Kimyo sanoati, metallurgiya, energetika korxonalarini joylashtirishda, ayniqsa, atom elektr stansiyasini qurishda ekologik omilni hisobga olish eng muhim hisoblanadi.
Koʻp mehnat talab qiladigan faoliyat turlariga elektron uskunalar, kompyuterlar ishlab chiqarish, tikuvchilik, sholichilik, sabzavotchilik, meva yetishtirish kiradi. Zamonaviy sharoitda ishlab chiqarishni joylashtirishda ekologik omil tobora muhim rol o'ynaydi.Turar joy omillari bu fazoviy teng bo'lmagan sharoitlar va resurslar, ularning xossalari majmui bo'lib, ulardan to'g'ri foydalanish korxonalarni joylashtirish va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda yuqori natijalarni ta'minlaydi.
Ishlab chiqarishni joylashtirishga katta ta'sir ko'rsatadigan barcha xilma-xil omillarni o'zaro bog'liq guruhlarga birlashtirish mumkin: tabiiy omillar, jumladan, alohida sanoat va hududlarni rivojlantirish uchun alohida tabiiy sharoit va resurslarni iqtisodiy baholash; iqtisodiy omillar, jumladan, tabiat va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari oqilona foydalanish; aholi punktlari tizimlari, mamlakatning alohida hududlarini mehnat resurslari bilan ta'minlash tushuniladigan demografik omillar. Bu omillar ijtimoiy infratuzilmaning holatini o'z ichiga olishi kerak. Mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini oqilona taqsimlashda iqtisodiy, geografik va iqtisodiy omillar muhim rol o'ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |