Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari


Sanoat korxonasining joylashtirish va boshqarishni



Yüklə 446,5 Kb.
səhifə5/12
tarix30.11.2022
ölçüsü446,5 Kb.
#120155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ular

1.2. Sanoat korxonasining joylashtirish va boshqarishni
geografik tadqiq etish.
Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab masalalardan biridir. Bu borada ko’plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olish zarur. Avvalo sanoat korxonasi qanday xom ashyo asosida ishlab , qanday tayyor mahsulot chiqarishni aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarni chiqarishni, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi e’tiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masalalar jiddioy tahlil qilinganidan so’ng uni joylashtirish va uning muntazam faoliyat ko’rsatishi uchun har jihatdan qulay bo’lishi lozim.
Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yer osti suvlarime’yori, iqlimi , yer usti suvlari xususiyatlari , tuproq va o’simlik qoplamlari, aholi yashash joylari o’rganiladi. Korxona zararli chiqindilarni ko’plab chiqaradigan bo’lsa (ko’mir asosida ishlaydigan GRES, qora va rangli metallurgiya korxonalari), ularni aholi yashaydigan manzilgohlardan uzoqda, shamol yo’nalishiga teskari bo’lgan hududlarda joylashtirish lozim. Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlaydigan Muborak va Sho’rtan kimyo sanoati majmualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cho’lda joylashganligi sababli ulardan tabiat va inson ko’radigan zarar juda oz miqdorda. Aholi zich yashaydigan vohalarda sanoat korxonalarini joylashtirish juda murakkabdir. Oltiariq va Farg’ona neftni qayta ishlash korxonalari qurilishida hududning ba’zi xususiyatlari e’tiborga olinmaganligi tufayli keyingi vaqtlarda jiddiy ekalogik muammolar yuzaga kelmoqda. Chunonchi, Oltiariqdagi korxonadan neft mahsulotlarining singib o’tishi tufayli yer osti suvlari ifloslanmoqda, tuproq tarkibi buzilmoqda. Quvasoydagi sement ishlab chiqaradigan korxona atrof – muhitni ko’pdan beri chang bilan ifloslab kelmoqda, chunki u baland tog’ yonbag’urlari bilan o’ralgan botiqda joylashgan.
Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan. Ulardan atrof – muhit ancha zarar ko’radi, ko’p miqdorda chang ajralib chiqishi sababli, havo ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda albatta, mahalliy tabiiy sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususyatlari hisobga olinib , qurilish geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak. Geograflar bu boradagi tadqiqot ishlarini olib borishda dala izlanishlari natijalariga , statistic ma’lumotlariga tayanadilar. Bunda ular kartografik, qiyosiy, statistic, matematik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanadilar. Bu usullar nafaqat yirik hududiy birliklarni o’rganishda, balki kichik bir ishlab chiqarish korxonasini iqtisodiy- geografik baholashda xam qo’l keladi. Bunda eng muhimi korxona qurish uchun aynan shu hudud tanlaganligining sababini aniqlash va uning iqtisodiy – geografik o’rnini baholash, iqtisodiy rayon majmuasi, xo’jalik tarmog’I nuqtayi nazardan iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iboratdir. Bundan tashqari korxonani Iqtisodiy- geografik tahlil qilishda quyidagi ko’rsatgichlar e’tiborga olinadi; - korxonaning hududiy tarkibi , ya’ni uning alohida bo’limlari (sexlari) ning, zavod transport tuguning joylashishi ;
- korxonaning iqtisodiy aloqalari (mahsulot va qiymat birligida), qancha mahsulot ishlab chiqariladi, qanday xom ashy ova yoqilg’I qancha miqdorda qabul qilinadi;
- asosiy mahsulot turlarining tan narxi ( bunda xizmatchilarga to’lanadigan ish haqi, o’zlashtirish va tabiiy muhitni muhofaza qilishga to’lanadigan mablag’, shuningdek transport xarajatlari alohida ko’rsatiladi) va korxonaning foydasi(yoki zarari ) aniqlanadi. - xizmatchilarning soni , ularning doimiyligi, almashinuvi va qayerdan ishga qatnashi; - korxonaning atrof- muhitga ta’siri. Korxonani tadqiq etishda korxona ishchilari bilan suhbatlashish, korxonaning tarixi bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnik loyiha ma’lum muhandislik ma’lumotiga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi. Lekin hozirgi zamon loyihalari tabiat bilan jamiyat munosabatlarining ko’p jabhalarini o’z ichiga olganligi sababli yetarli darajada murakkab hisoblanadi. Shu sababli , bu borada faqat loyihaning xususiyati va tabiatga bo’ladigan funksional ta’sirini ham e’tiborga olish kerak bo’ladi. Bu borada geografik izlanishlar va loyihaning uzoq muddat xizmat qilishi uchun uni geografik jihatdan asoslash lozim bo’ladi.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini asoslash. Yirik yer maydonlarini sug’oriladigan dehqonchilik maqsadlarida o’zlashtirish gidromeliorativ tadbirlar jumlasiga kiradi. Sug’orishni tashkil qilish uchun ajratilgan hudud geografik nuqtayi nazardan chuqur o’rganilishi keyinchalik turli noxush hodisalar kelib chiqishining oldini oladi. Avvalo, hudud qanday qanday landshaftlarini egallaganligini aniqlanadi. Chunonchi, daryosi , soyning konus yoyilmasi , prolyuvial tekislik, daryo deltasi va boshq. Shundan so’ng atrofdagi tabiiy geografik hududlarning xususyatlari, sug’oriladigan dehqonchilikda foydalanishi yoki tabiiy yaylov ( lalmi dehqonchilik)da ishlatilishi aniqlandi. Tog’ yonbag’ridda joy;lashgan bolsa, sel, surilma, jar eroziyasi kabi halokatli hodisalar ta’sir iga berilishi hisobga olinadi. Shuningdek , yangi yerlar o’zlashtirilshi tufayli quyida joylashgan, ilgaridan foydalanib kelinayotgan yerlarga yetkazilgan zarar tahlil qiulinadi.


Yüklə 446,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin