Ishlari vazirligi


O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə102/113
tarix31.12.2021
ölçüsü1,08 Mb.
#113500
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113
Ishlari vazirligi

2. O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari

MDHning tashkil topishi. 1991— yil 8-dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari-B.Yelsin, L.Kravchuk S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo'ldi. O'sha kuni Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi (MDH)ni tuzish to'g'risida Shartnoma imzoladilar. Shart-nomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank sistemasi bo'ladi, fan, ta'lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to'xtatiladi, deb e'lon qilindi.

Ukraina, Belorussiya, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922— yil 30-dekabrdagi SSSRni tuzish to'g'risidagi shartnomani bekor etdilar.

Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkma-niston Prezidentlari MDHga uni ta'sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar.

1991— yil 21-dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog'iston (N.Nazarboyev), O'zbekiston (I.Karimov), Qirg'iziston (A.Akayev), Tojikiston (R.Nabiyev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo'ldi. O'sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, «Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar» maqomida MDH muassisi bo'ldilar. Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi:

• hamdo'stlik qatnashchilarining o'zaro aloqalari ular o'rtasidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muas-sasalar orqali amalga oshiriladi;

• MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas;

• Xalqaro strategik barqarorlikni va havfsizlikni ta'minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning birlashgan qo'mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi;

• MDH ochiqdir, uning barcha a'zolari roziligi bilan sobiq SSSR ning a'zolari va boshqa davlatlar ham unga qo'shilishi mumkin;

umumiy iqtisodiy makonni, umumiy bozorni vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi;

• MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to'xtatiladi;

• Hamdo'stlik qatnashchilari o'z Konstitutsiyalaridagi tartib, qoi-dalarga binoan sobiq SSSR ning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar;

• MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalarigaog'ishmay rioya etish majburiyatini oladilar.

MDH kengashlarini tayyorlash bo'yicha ishchi guruhini tuzish to'g'risida protokol imzolandi. Shu tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tashkil topdi.

1993—yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo'ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi.

1991-1999— yillarda MDH davlat bosliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo'lib, ularda hammasi bo'lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 gа yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi.

Hamdo'stlik mamlakatlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog'ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni yechishni istamayotganida emas, aksincha, o'zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog'liq edi. O'tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o'zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi.

2001— yil 29-30-noyabrkunJari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag'ishlangan yubiley sammiti bo'lib o'tdi. Sammit qatnashchilari Afg'onistondagi voqealar to'g'risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi.

Yubiley sammitida yana bir hujjat - MDH tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta'kidlandi. Hamdo'stlik barcha a'zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo'lida salohiyatga ega ekanligi, undan foydalanish zarurati e'tirof etildi.

MDHnnig 10 yilik tarixi guyohlik beradiki, Hamdo'stlikning tashkil etilishi foydali bo'ldi. Hamdo'stlik 10 yil oldin qanday kerakii tashkilot bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda ham shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog'langan iqtisodiyotini to'ldirib turish zarur edi. Hamdo'stlik mana shuntday to'ldiruvchilik rolini bajardi, parchalanish jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo'l qo'ymadi..




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin