Ishlari vazirligi


O'zbekiston va Ukraina hamkorligi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə104/113
tarix31.12.2021
ölçüsü1,08 Mb.
#113500
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113
Ishlari vazirligi

O'zbekiston va Ukraina hamkorligi. Mazkur 2005— yil 14-noyabrda ittifoqchilik mimosabatlari to'g'risida shartnoma hujjatlari o'zaro xavfsizlikni ta'minlash, global tahdidlarga qarshi harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mustahkam poydevor bo'Iib xizmat qiladi. «O'zbek neft-gaz» milliy xolding kompaniyasi bilan «Lukoyl» neft kompaniyasi OAJ hamda «Gazprom» ochiq aksiyadorlik jamiyati o'rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu hujjat Rossiya tomonidan O'zbekiston yoqilg'i-energetikasi sohasiga qariyb 2.5 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hajmi 2004— yilda 1 mlrd. 642 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

O'zbekiston Rossiya o'rtasidagi munosabatlar torn ma'nodagi teng huquqlilik, o'zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bormoqda.

O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solishda I.Karimovning 1992— yil avgust oyida Kiyevga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo'Idi. Tashrif chog'ida, 25-avgust kuni O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat o'rtasidadiplomatikmunosabatlar o'rnatish to'g'risida protokol va savdo iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi.

1995— yil 20-21-iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma O'zbekistonda bo'Idi. Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan O'zbekiston-Ukraina hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish yo'llari to'g'risida Deklaratsiya, O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasidagi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to'g'risida shartnomani imzoladi. Safar chog'ida O'zbekiston va Ukraina hukumatlari o'rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitim, ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida bitim, elchixonalar faoliyati haqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999— yil oktabrida Ukrainaga safari chog'ida O'zbekiston va Ukraina o'rtasida 1999-2008— yillarga mo'ljallangan iqtisodiy hamkorlik to'g'risida bitim imzolangan.

Muxtasar aytganda, O'zbekiston va Ukraina o'rtasida 1992-2002— yillarda neftni qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik bo'yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. O'zaro savdo hajmi 1992— yildagi 20 mln. AQSH dollaridan 2003— yilda 280 mln. AQSH dollariga yetdi. O'zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyo va engil sanoat moilari, paxta tolasi, rangli metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini o'zlashtirishda zarur bo 'Igan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati moilari, shakar, pista yog'i import qilinmoqda. 0 'zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo'lga qo'yildi. O'zbekistonda Ukraina investitsiyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo'shma korxonasi ishlamoqda. Jumladan, «ToshVALEO» qo'shma korxonasida bir kunda ming qutiga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlanmoqda. Shuningdek, ikki davlat o'rtasida Urn-fan, ta'Hm, madaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda.

O'zbekistonning, Belorus va Moldova bilan aloqalari. Belorus Respublikasi Oliy Kengashining raisi S.Snushkevichning 1991-yil pyg 6-noyabrda O'zbekistonga rasmiy davlat tashrifi O'zbekiston bilan Belorus o'rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Tashrif paytida Toshkentda I.Karimov va S.Shushkevich O'zbekiston Respublikasi bilan Belorus Respublikasi o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to'g'risida shartnoma imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat hukumatlari o'rtasida 1992—yilda savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari to'g'risida bitim imzolandi.

1994— yil 21-22-dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo'Idi. Tashrif paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har ikki davlat muas-sasalari o'rtasida 18 ta hujjat imzolandi. O'zbekiston bilan Belorus o'rtasida do'stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash haqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va san'at sohasida hamkorlik qilish to'g'risida shartnomani I.Karimov va A.Lukashenko imzoladilar. Hukumatlar o'rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o'zaro soliq olmaslik, avtomobil, temir yo'l, havo yo'li va pochta aloqasi bo'yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida maslahatlashuv haqida protokol hamda tarmoqlararo hujjatlar imzolandi.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin