3. Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida hamkoriik aloqalari
O'zbekiston tashqi siyosatning ta'sirli yo'nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar - Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkoriik, do'stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Mintaqadagi beshta davlat o'rtasida o'xshash jihatlar ko'p. Tari-ximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.
Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarining uchrashuvi 1991 — yil 13-15-avgust kunlarida Toshkent shahrida bo'ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda O'rta Osiyo va Qozog'iston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish to'g'risida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o'rtasida iqtisodiy hamkoriik qilish uchun shart-sharoit yaratishdan, bozor munosabatlariga o'tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muam-molarini hal etishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |