Ishlari vazirligi


Orol muammolarini hal qilish tomon tashlangan qadam



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə108/113
tarix31.12.2021
ölçüsü1,08 Mb.
#113500
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Ishlari vazirligi

Orol muammolarini hal qilish tomon tashlangan qadam. 1993— yil 4-yanvarda l.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda O'rta Osiyo respublikalari va Qozog'iston Prezidentlarining yig'ilishibo'libo'tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda O'rta Osiyo respublikalari va Qozog'iston tushuniladigan bo'ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi.

Orolni saqlab qolish xalqaro jamg'armasini tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. Jamg'arma majlislarini Qizil O'rda, Nukus va Toshxovuzda o'tkazish zarur deb topildi. Besh davlat boshliqlari hamkoriik haqidagi bitimni imzoladilar.

1993— yil mart oyida Qizil O'rdada Markaziy Osiyo davlatlari bosh liql arm ing Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo'yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog'Iomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to'g'risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug'ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni quiqarish xalqaro jamg'armasi ta'sis etildi.

1993— yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug'ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasiningqo'shmamajlisi bo'ldi. 1994—yil И-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh .vaziri o'rinbosari) ishtirokida konferensiyasi bolib o'tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi hozirgi ahvol bilan bog'liq ko'pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi mablag'lari qanday to'planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma'qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo'lgan muayyan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo'yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda lining ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo'yicha qarorlar qabul qilindi.

1994— yil 30-aprelda Cho'Iponota shahrida O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston o'rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to'g'risida uch tomonlama Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati shartnoma imzolandi.

O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston Prezidentlarming 1994— yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvida o'zaro integratsiyani kuchaytirish bo'yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to'g'risida bitimlar imzolandi, Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta'sis etdilar. O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'i/ыоп o'rtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.

1995— yil 15-dekabrda Jambulda Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston respublikalari Davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo'ldi. Prezidentlar 2000— yilgacha bo'lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo'lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab chiqildi. BMT rahnamoligida harakat qiladigan Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston Respublikalarining tinchlikni saqlash kollektivbatalyonini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv batalyoni shakllantirildi.

1997— yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston davfat boshliqlarining kengashi bo'lib unda uch qardosh davlatlar o'rtasida abadiy do'stlik haqida shartnoma imzolandi. Bu hujjatda o'zbek, qozoq, qirg'iz xalqlarining orzu-niyatfari o'z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkor-ligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo'naltirdi.

1997— yil 12-dekabr kuni Qozog'iston Respublikasining yangi poytaxti - Ostona shahrida Qozogiston, Qirg'iziston va O'zbekiston Prezidentlarining kengashi bo'lib o'tdi. Kengashda uch mamlakat o'rtasida energetika, suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat ta'minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zaxiralarini o'zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo'yicha xalqaro konsorsiurnlar tuzish to'g'risida muzokara bo'ldi. Prezidentlar xalqaro konsorsiumlar tuzish bo'yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari konsepsiyasini ma'qulladilar.

1998—yilda Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a'zo bo'lib kirdi.

2000—yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston Prezidentlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To'rt mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik to'g'risida shartnoma imzoladilar.

2001—yil 28-dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo'lib o'tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish,

Markaziy Osiyo Hamkorlik tashkiloti mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoiiyatini to'xtatishga qarorqilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti deb qayta tuzishga kelishib olindi.

2002—yil 28-fevral - 1-mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar tomonidan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHT ning raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar koiamini kcngaytirish masalalari bilan shug'ullanadi. Har bir a'zo mamlakatdan bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 2002— yiining oktabrida o'tgan Dushanbe sammitida suv-energetika, oziq-ovqat va kommunikatsiya bo'yicha konsorsiumlar tuzishga kelishib olindi va hukumatlarga konsorsium loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

2004—yil 28-may kuni Ostona shahrida MOIH tashkilotiga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining sammiti bo'lib o'tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama etildi. Muzokaralar yakunida O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston Prezidentlarining qo'shma bayonoti MOHTga a'zo mamlakatlar o'rtasida televideniye va radio dasturlarini o'zaro tarqatish to'g'risida bitim imzolandi.

2005—yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tgan MOHT Davlat rahbarlarining sammitida o'tgan davrda amalga oshirilgan ishar sarhisob qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi.

O'zbekiston Prezidenti taklifiga binoan MOHT bilan Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YeOIH) birlashtirishga kelishib olindi. Negaki, ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli bir-biriga yaqin edi.

YeOIH. Rossiya, Belorus, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasida 1995— yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida Yevroosiya iqtisodiy hamjamiyati tashkil topgan edi. YeOIXning 2006— yil 24-25-yanvar kunlari Sankt-Petcrburg shahrida bo'lib o'tgan sammitida O'zbekiston unga a'zo bo'lib kirdi. Mazkur sammitda O'zbekistonning




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin