4. Vatanimiz xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi
Miloddan awalgi VI asr o'rtalarida Axomaniylar davlatiga (mil. av. 558-330 yillar) qadimgi fors qabilalari ittifoqi boshiig'i Kir II asos solgan. Hind daryosidan Egey va O'rta dengizgacha bo'lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O'rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko'radi. Kirning O'rta Osiyoga birinchi harbiy yurishlari miloddan. awalgi. 545-539— yillarga to'g'ri keladi. Kir II ning O'rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi miloddan. awalgi. 539-530— yillarni o'z ichiga oladi. O'rta Osiyoning tabiatan erksevar, yurtparvar xalqlari, qavm-qabilalari Axomaniylarga bo'ysunmaslik uchun o'z ona zamini, diyorini himoya qilib mardonavor kurash olib borganlar. Bu esa, Kir JI ni qayta-qayta bu hududga katta qo'shin bilan bostirib keiishga majbur etgan.
Axomaniylar podshosining yurishiga doir bir qator ishonchli ma'lumotlar Yunon va Rim mualliflaridan Gerodot, Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko'p uchraydi. Kirning massagetlar yurtiga bostirib borishi, Eron shohi bilan massagetlar malikasi, mard va jasur ayol To'maris o'rtasidagi munosabatlar, ularning o'zaro urushi, uning yakunlariga oid Gerodot ma'lumotlari alohida e'tiborga loyiqdir.
200 minglik katta jangovar qo'shin tuzib To'maris yurtiga kelgan Kir II harbiy mahoratda tengsiz bo'lgan massaget qabilalarini ochiq jangda yengish qiyinligini his etib, turli hiyla-nayranglar ishlatishga urinib ko'radi. Shu maqsadda, To'maris huzuriga elchilar yuborib, go'yo o'zini malikaga jazman ekanligini va shu bois unga uylanmoq-chiligini bildiradi. Bu nayrang natijasiz chiqadi. Kir II stiundari so'ng yana hiyla ishlatib, To'marisning mard, jasur o'g'li Spargalisni asirga oladi va oqibatda u o'zini halok etadi. Yagona farzandidan judo bo'lib o'rtangan onaning dushmanga bo'lgan o'tli nafrati o'n chandon ortadi. Buning ustiga el-u yurt erki, ozodligini har narsadan a'lo bilgan To'maris Kirqo'shiniga qarshi hayot-mamot jangiga hozirhk ko'radi.
Butun vujudlari ila g'animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan massaget qo'shinlari bosqinchilarga qarshi jangga tashlanishadt. Nihoyat, massagetlar g'alaba qozonadilar. Fors qo'shinlarining katta qismi, jumladan Kir ham jang maydonida halok bo'ladi. Bu miloddan awalgi 530—yilga to'g'ri keladi.
Axomaniylar shohi Doro I (522-486) davrida O'rta Osiyo hu-dudlari bosib olinadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Doro I 519-518— yillardagi harbiy yurishlari davomida sak qabilalarini yengib, itoatga keltirishga musharraf bo'ladi. Lekin bunga osonlikcha erishgan emas. Loaqal, bu yurtning oddiy cho'poni Shiroq singari mard shunqorlarining ajnabiy bosqinchilar bilan mardona kurashganligi buning yorqin isboti bo'la oladi.
Eron Axomaniylariga qarshi O'rta Osiyoning Parfiya, Marg'iyona hududlarida, Saklar o'lkasida ko'plab xalq qo'zg'olonlari yuz berib turgan. Jumladan, Eron hududidan topilgan Bihistun yozuvlarida aytilishicha, mil. av. 522—yilda Marg'iyonada ko'tarilgan kuchli xalq qo'zg'oloniga Frada degan shaxs yetakchilik qilgan. Doro I qo'shini qo'zg'olonchilardan qonli o'ch oladi. 55 ming qo'zg'olonchi qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo'lga olinib, qiynab o'ldiriladi.
Bularning hammasi mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar zulmiga bo'yin egmay, o'z erki, ozodligi yo'lida tinimsiz kurash olib borganligini ko'rsatadi.
Mil.av. Vi-IV asrlarda ham O'rta Osiyoning Baqtriya, So'g'diyona, Marg'iyona va Xorazm vohasi hududlarida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati to'xtovsi? rivojlanishda davom etgan.
O'Meaning o'sha davrdagi asosiy qon tomirlari hisoblangan Samarqand (Afrosiyob), Marv, Baqtra, Yerqo'rg'on, Qiziltepa, Ko'zaliqir singari shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlars sifatida qadimgi ajdodlarimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu davrda zarb etilib, muomalaga chiqarilgan dastlabki tanga pullar ham shaharlar hayotining o'sganligidan guvohlik bcradi.
O'rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo'lida olib borgan kurashlari pirovard oqibatda o'z samarasini bermay qolmadi. Mil. av. to'rtinchi asrga kelib Eron Axomaniylari hokimiyati kuchsizlanib, zaiflashib qoladi. Bunday sharoitda birinchi bo'lib Xorazm o'z mustaqiltigini tiklashga muvaffaq bo'ladi. Ustadiplomat, rnohir siyosalchi Farasman mil.av. IVasrda Xorazm mustaqilligini qo'iga kiritib, uni mustahkamlay bordi. O'lkaning boshqa hududlarida ham mahalliy xalqlarning Eron Axomaniylaridan yurtni ozod qilish borasidagi qat'iy kurash harakatlari avj olib bordi. Biroq, afsuski. o'lkamiz xalqlarini bu davrda tarixning yana og'ir sinovlari kutmoqda edi.
Antik dunyo tarixida makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (Alek-sandriya, Makedoniya podshosi Filipp П ning o'g'li) olamga dovrug' taratgan jahongir hukmdorlardandir. Yunoniston, Kichik Osiyo. Arabiston hududlarini qudratli harbiy kuch bilan egallab, o'shajoylarda o'z hukmronligini o'rnatgan Iskandar mil. av. 331— yil oktabrida Gavgamela yonida (shimoli-sharqiy Mesopotamiya) bo'lgan jangda Eron qo'shinlarini yengadi. Eron podshohi Doro III Iskandardan uzil-kesil yengilib, mamlakat sharqiga, Baqtriyaga qochadi. U yerda esa, Baqtriya satrapi Bess tomonidan oidiriladi. Tez orada Iskandar qo'shini ortiqcha qarshiliksiz Baqtriya poytaxti - Baqtra (hozirgi Balx) shahrini hamda Aorn, Drapsak singari mustahkam qaraiarni egallaydi. Ko;p оЧтау, Bess qo'lga olinib, qati etiladi. Mil. av. 328—yiida Xorazm shohi Farasman Baqtradagi Iskandar qarorgohiga o'z elchisini jo'natadi va ittifoqehilik bitimi imzolanadi. Shu botsdan Iskandar Xorazmga yurish qilrnaydi. Mil. av. 329—yilda Oks (Amu) daryosi sohiliga yetib kelgan Yunon qo'shinlari daryodan o'tib Navtaka (hozirgi Qashqadaryoning bCesh-Shahrisabz vohasi)ga kirib boradi. Endigi harakat yo'nalishi So'g'diyona poytaxti - Marokanda (Samarqand)ga qaratiladi. Rim olimi rCursiy Rufning ma'lumot berishicha. Iskandar armiyasi Marokandani uncha qiynaimasdan va kam talofat bilan ishg'ol etgan va «shaharda o'zlarining garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», so'ngra esa shimoli-sharqqa qarab harakatlanganlar. U Sirdaryoning chap sohiliga Aleksandriya Esxata (Xo'jand) qal'asini qurdiradi.
Biroq Marokandadan so'ng yunon-makedon qo'shinlarining yurishlari nihoyatda qiyin va murakkab kechdi. Chunki ular endilikda mahalliy xalqning kuchli qarshiligiga duch keldi. Iskandar bosqinidan, uning yurtga soiayotgan qirg:ini-yu zulm asoratidan ko'zi g'aftat uyqusidan ochilgan, erk, ozodlik qadrini har narsadan afzal bilgan ona zamin kishiiari bir yoqadan bosh chiqarib, ajnabiy istilochilarga qarshi harakatga keladi. Mil. av. 329—yil kuzida So'g'diyonada boshlanib, O'rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlarida keng aks sado bergan xalq qo'zg'oloni yurtimiz ozodligi tarixida chinakam yangi sahifa yozgan.
Iskandar tajovuzi va zulmiga qarshi ko'tarilgan bu ommaviy harakatga so'g'd xalqining mard o'g'loni Spitamen boshchilik qildi. So'g'diyona va Baqtriyada mahalliy xalqlarning chuqur ishonchini qozongan, katta harbiy salohiyat sohibi Spitamen xalqdan lashkar tuzib, dastlab Iskandarning Marokandada qoldirib ketgan harbiy garnizoniga hujum qilib uni yanchib tashlaydi. Bu xabar yerli aholiga katta ruhiy quwat bag'ishlab, ajnabiylarga qarshi faol kurashga turtki beradi. Iskandar o'z qo'shinining bir qismini sarkarda Menedem boshchiligida qo'zg'olonchilarga qarshi Marokandaga yo'llaydi. Bu davrda Iskandarning o'zi Yaksart (Sirdaryo)ning chap sohilidagi shaharlar va aholi turarjoylarini bo'ysundirish uchun og'ir janglar olib borayotgan edi. Ajoyib jang taktikasini qo'llagan Spitamen Iskandar lashkari Marokandaga yaqinlashib kelayotganini eshitgach, darhol shaharni tark etib, Politimet (Zarafshon) daryosining quyi oqimi tomon jang qilib chekinadi. So'ngra bu yerdagi dashtli ko'chmanchilarning otiiq askarlari bilan qo'shilib, kutilmaganda qarshi hujumga o'tadi. Bundan sarosimaga tushgan yunon qo'shini katta taiofatga uchrab, qolgan-qutgan jangchilari bilan shaharga chekinadi. Spitamen Marokandani qamal qiladi. Bundan xabar topgan Iskandar Sirdaryo bo'yidagi hujum harakatlarini vaqtincha to'xtatib, o'zi qo'shinga bosh bo'lib Spitamenga qarshi yurish boshlaydi. U Marokandaga yetib kelganida Spitamen kuchlari allaqachon bu joyni tark etib, So'g'diyonaning cho'llik qismiga chekingan edi. Iskandar Spitamendan o'ch ololmagach, butun qahri-u zahrini Zarafshon aholisiga qaratadi. U Spitamen kuchlarini ta'qib qilib, Marokandadan cho'lli hududlar tomon borar ekan, yo'I-yo'Iakay 120 mingdan ziyod tinch aholini qirib tashlagani tarixiy manbalarda uchraydi. Biroq mahalliy xalqlarni o'ziga uzil-kesil bo'ysindira olmaydi.
Iskandar Doroning yuz minglab muntazam lashkarlariga qarshi jang olib borishdan ko'ra, Spitamen boshchiligidagi qo'zg'olonchilarga qarshi kurashish qiyin ekanligini tushunib yetadi. Negaki, yerli aholi o'zining har bir qarich tuprog'i, daryo-ko'li, qir-adiri, qoyasi uchun dushman bilan beayov kurashgan. Iskandar lashkarining yengil-masligi to'g'risidagi afsonalar ham bizning yurtimizda barham topdi.
Oxiri shunday bo'lib chiqdiki, O'rta Osiyo yerlarini kuch, qurol bilan yenga olmasligiga kolzi yetgan Iskandar aql-u zakovat, hiyla yo'li bilan mahalliy aholining yuqori tabaqasi, zodagonlari bilan umumiy til topishishga, yerli xalqning milliy udumlari, urf-odatlari, marosimlarini qabul qilishga majbur bo'ladi. Shu tariqa, So'g'diyona ulug'laridan Oksiart, Xorien degan mahalliy aslzodalar u tomonga o'tadi. Iskandarning Oksiartninggo'zal qizi Raxshanak (Roksana)ga uylanishi esa qarindoshlik aloqalarining kuchayishiga xizmat qiladi. U xalq qahramoni Spitamenni qo'Iga tushirib, uni jismonan yo'q qilishda ham mahalliy zodagonlar xizmatidan foydalanadi.
Spitamenning tez orada o'ldirilib, boshi Yunon podshohiga tortiq qilinganligi fakti ham qo'zg'olonchi kuchlar o'rtasida birlik bo'lmagan-ligining alomatidir. Shunga qaramay, ajnabiy bosqinchilarga qarshi xalq g'alayonlari 327— yil boshlariga qadar davom etdi. Garchand, Spitamen boshchiligidagi keng ommaviy xalq harakati oxir-oqibatda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa~da, ulug' ajdodlarimizning mardlik jasoratini, el-u yurt hurligi, ozodligi yo'lidagi fidoyiligini yorqin namoyon etdi.
Shunday qilib, muttasil uch yil davom etgan shiddatli jang-u jadalfardan so'ng Iskandar Baqtriya, So'g'diyona va Ustrushonaning faqat bir qisminigina itoat ettirib, bu hududlarga o'z ishonchli odamlarini, o'ziga sodiq so'g'dlik zodagon Oropiyni So'g'diyona hokimi etib tayinlab, o'zi mil. av. 327— yilda Hindiston tomon qo'shin tortadi.
Yunon-Makedon qo'shinlari O'rta Osiyo yerlarida shu qadar holdan toyib, o'zining jangovarlik qobiliyatini yo'qotdiki, buning oqibatida ularshimoliy Hind yerlariga arang kirib bordilar. Bu holatni tan olgan Iskandar tez orada Hindistondagi urush mavsumini tugatib, ortga, ikki daryo oralig'idagi Bobil shahriga qaytib ketishga buyruq beradi. Antik dunyo olimlarining yakdil ta'kidlashicha, Yunonlar podshosining bu buyrug'i ruhan cho'kkan butun qo'shinda katta qoniqish bilan qarshi olingan ekan.
Shunday qilib, t butun yer yuzini egallab, dunyo hukmdori bo'lishga daVo qilgan Iskandarning sharqiy yurishlari oxir - oqibatda ko'zlangan yuksak natijalarsiz tugadi. Uning o'zi mil. av. 323—yilda Bobilda hayotdan ko'z yumadi. Ayniqsa, uning ko'p sonli lashkar-larining Vatanimiz sarhadlarida mislsiz xalq qarshiligiga duch kelib, son-sanoqsiz qurbonlarberishi pirovardida uningjahongirlik da'vosini puchga chiqardi.
O'zgalar yurtini zo'rlik bilan egallash evaziga qudratli saltanat qurish, boshqalarga o'z irodasini majburan o'tqazish pirovard natijada qanday xunuk oqibatlarga olib kelishini Iskandar Zulqarnayn timsoli yaqqol isbot etadi. Tarixning bu achchiq sabog'ini hech mahal unutmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: |