Ishlari vazirligi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə25/113
tarix31.12.2021
ölçüsü1,08 Mb.
#113500
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
Ishlari vazirligi

6.G'aznaviylar

961 — yilda Somoniy hukmdor Abdumalik vafotidan so'ng G'azna mulkiga asli turkiy qavmga mansub boigan salohiyatli lashkarboshi Alptegin noib bo'ladi.

Somoniylar davrida yetuk harbiy lashkarboshi darajasiga erishgan Sabuktegin 977— yilda Somoniylar davlati ichida davom etayotgan o'zaro nizolardan foydalanib, Qobul daryosi havzasiga qarashli yerlarni ham G'azna viloyatiga qo'shib, mustaqil davlat tuzishga muvaffaq bo'ladi. U tez orada Xurosonga egalik qilish huquqini ham qo'lga kiritadi. Qoraxoniylar Somoniylar hukraronligini qulatib, Movarounnahrni egallagunlariga qadar, Amudaryoning janubida Sabuktegin va uning vafotidan so'ng o'g'li Mahmud davrida G'aznaviylar mavqeyi va davlat boshqaruv tizimi kuchayadi.

G'aznaviylarning eng yuksalgan, qudratli saltanatga aylangan davri Sulton Mahmud (998-1030) vaqtiga to'g'ri keladi. Taxtga chiqqandan so'ng, Sulton Mahmud katta qo'shin tuzib, uni o'sha davrning eng zamonaviy qurol-asiahalari bilan, yetarli maosh bilan ta'minlab, juda ko'plab bosqinchilik yurishlarini amalga oshirdi. U XI asr boshlarida Qoraxoniylar bilan shimoliv chegara sifatida Amudaryoni belgilab olgach, o'zining asosiy e'tiborini janubda - Hindistonga, g'arbda -Xuroson va unga chegaradosh hududlar tomon qaratadi. Faqat Hindistonga 17 bor yurish qilib, u yerdan katta miqdordagi o'lja va boyliklar olib keladi. Birgina 1019— yilda Kanuadja shahrini egallab, olib kelingan o'lja — katta miqdordagi oltin, kumush va qimmatbaho buyumlardan tashqari 350 ta fil va 57 ming asir-qulni tashkil etgan. U 1008— yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomani buzib, Amudaryo shimolidagi Chag'oniyon va Xuttalon viloyatlarini bosib oladi. 1010-1011— yillardaesa Mahmud katta qo'shin bilan jang qilib G'ur viloyatini egallaydi. 1017— yilga kelib esa, Mahmud G'aznaviyning nigohi geografik jihatdan g'oyatda qulay nuqtada joylashgan, boy hudud - Xorazmga qaratiladi. U Xorazmshohlar saltanatidagi qaltis siyosiy vaziyatdan, xususan, Xorazmshoh Ma'munning o'limidan foydalanib, u yerga katta qo'shin yuborib, osonlik bilan Xorazmni tobe qiladi. Ayni paytda, shuhratparast Sulton Xorazm Ma'mun akademiyasiningbirqator atoqli namoyandalarini, shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyni G'aznaga ko'chirib keladi. Uning so'nggi istilochilik yurishlaridan biri 1029— yilda Eronning Ray shahrini egallash bo'ladi.

Mahmud G'aznaviyning harbiy yurishlari oqibatlaridan biri shu bo'ldiki, shimoliy Hindiston hududining bosib olinishi natijasida turkiy aholining ancha qismi bujoylarga kelib joylasha boshlaydi. Bu esa Hindistonning keyingi tarixiy taqdiriga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.

Mahmud davrida G'aznaviylar davlati hududlari benihoya kengayib, mamlakat shaharlarida, ayniqsa, G'aznada katta inshootlar, salobatli masjid-u madrasalar, kutubxona-yu shifoxonalar, ilm maskanlari ko'plab barpo etilgan bo'lsa-da, biroq ko'pchilik aholining moddiy — maishiy ahvoli nochor bo'lgan, turli xil soliq va majburi-yatlar odamlarning tinkasini quritgan.

1011— yilda Xuroson o'lkasida boshlangan ocharchilik minglab odamlarning nobud bo'lishiga olib kelgan. Shu bois, Mahmud G'aznaviy davlati tashqaridan go'yo qudratli ko'ringani bilan aslida uning ichdan yemirilayotganini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, uning vafotidan keyin ko'p o'tmay, bu saltanatning tush-kunlik sari yuz tutganligi ham shundandir. Bu o'rinda, Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o'z mustaqilligini tiklashga erishganini aytish kifoya. Shuningdek, saljuqiy turklarning Xuroson hududlarini egallash uchun harakatlari kuchayadi. Agar Mahmud davrida uning roziligi bilan Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy qabilalar kelib joylashgan bo'lsa, endiliJcda ular butun Xurosonni ishg'ol qilishga kirishadilar. O'lkaning G'aznaviylar siyosatidan, haddan ziyod soliq-to'lovlar asoratidan norozi bo'lgan mahalliy aholisi ham Saljuqiylarni qo'Ilab-quvvatlab chiqadi. Bu esa ikki o'rtadagi harbiy to'qnashuvlarning pirovard yakuniga hal qiluvchi ta'sir o'tkazadi. G'aznaviylar qo'shini bilan Saljuqiylar o'rtasidagi birinchi katta urush 1035— yilda Nissa shahri yonida bo'lib o'tdi. Bu jang Saljuqiylar g'alabasi bilan yakunlandi. Ko'p o'tmay, Saljuqiylar o'z g'alabalarini mustahkamlab, Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo'lga kiritdilar (1038).

1040— yil bahorida Dandanakon yonida (Saraxs bilan Marv oralig'i) bo'lgan hal qiluvchi so'nggi jangdan keyin Mas'ud G'aznaviy qo'shini qaqshatqich zarbaga uchrab, butun Xuroson o'lkasidan mahrum bo'ladi. Ko'p o'tmay, Mas'ud ukasi Muhammad tomonidan qatl qilinadi (1041). Tez vaqt ichida hokimiyatni egallagan Mas'udning o'g'li Mavdud ham bir necha bor kuch to'plab saljuqiylar bilan urush oiib borgan bo'lsa-da, ammo o'z qo'shinini mag'lubiyatdan saqlab qola olmadi. 1059— yilda G'aznaviylarning muhim tayanchi bo'lgan Balxning Saljuqiylar qo'ltga o'tishi G'aznaviylarning so'nggi umidini ham puchga chiqardi. Bu esa, pirovardda, G'aznaviylar davlatining tarix sahnasida butunlay yo'qolib ketishiga sabab bo'ldi.




  1. Yüklə 1,08 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin