3. Turkiston muxtoriyati.Turkiston muxloriyati. Sovet hokimiyati Turkiston jilovini qo'lga olib, o'zining avvai e'lon qilgan balandparvoz ya'dalaridan voz kechib, o'lka xalqlariga nisbatan olib borgan ikkiyuzlamachilik va munofiqlik siyosatiga javoban yurtning millatparvar rahnamolari faol harakatga keldilar. 1917-yil 26-noyabrida Qo'qonda o'lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Turkiston o'tkasining 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida "Sho'roi Islomiya", "Sho'roi Ulamo", Musulmon harbiylari Sho'rosi, o'lka yahudiylari jamiyati namoyandalari ham qatnashdilar. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati tuzildi. Bu xususda qabul qilingan qarorda shunday deyiladi:
"Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning o'z huquqlarini o'zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shu bilan birga, muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sis maj-lisiga havola etadi". Shundan so'ng, qurultoy "Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e'lon qiladi".
Yangidan tarkib topayotgandavlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo'ldi. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyatining hokimiyat organi - Muvaqqat Kengash tuzildi. Muvaqqat Kengash tarkibi 12 kishidan iborat etib belgilandi. Dastlab unga quyidagi nomzodlar kiritildi:
1. M. Tinishpayev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri1;
2. Islom Shoahmedov - bosh vazir o'rinbosari;
3. Mustafo Cho'qayev - tashqi ishlar vaziri (keyinroq bosh vazir);
4. Ubaydulla Xo'jayev - harbiy vazir;
5. Yurali Agayev - yer va suv boyliklari vaziri;
6. Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri;
7. Abdurahmon O'razayev - ichki ishlar vaziri o'rinbosari;
8. Solomon Gersfeld - moliya vaziri.
Hukumat tarkibiga yevropalik aholi orasidan yana to'rtta vakil kiritilishi belgilab qo'yilgan edi.
Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Milliy majlisi (parlamenti) tuzilganligi bo'ldi. Unga "Sho'roi Ulamo" tashkiloti rahbari Sherali Lapin rais etib saylandi.
Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash a'zolaridan tashqari o'sha davrning atoqli arboblari: T. Norbo'tabekov, S. Sharifxo'jayev, Nosirxonto'ra Kamolxonto'ra o'g'li, M. Behbudiy, Alixonto'ra Shokirxonto'ra o'g'li, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov singari yurt peshvolari ham saylangan edilar.
Shunday qilib, o'lkaning mo'tabar millatparvar zotlaridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, uning zimmasiga ulug'vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, Turkiston xalqining erki, mustaqilligini asta-sekin tiklash - bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi edi, Shu boisdan ham o'lkaning millionlab fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e'lon qilinganligini katta qoniqish ruhi bilan qarshi oldilar. 1917-yil dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo'qon, Samarqand shaharlari aholisi mitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg'in qo'llab-quvvatlab chiqdilar.
Biroq o'lkada o'rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo'lda ushlab turgan Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari Turkiston muxtoriyati va uning tarafdorlarini tezroq yo'q qilish payiga tushdilar. 1917-yil 13-dekabridaToshkentda muxtoriyatni yoqlab o'tkazilgan katta mitingni zo'rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko'plab qurbonlar berilishi (eski shaharlik
Qozoq taraqqiyparvarlari 1917-yil dekabrda Orenburgda syezd o'tkazib «Alash-O'rda» avtonom Respublikasini luzdilar, uning hukumati tarkibiga M.Tinishpayev saylanadi. Shu munosabal bilan M .Tinishpaycv «Alash O'rda» poytaxti Semi palatinskka kctadi.
16 kishi otib o'ldirilgan edi) - bu Turkiston muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi.
1917-yjl 25-dekabr kuni Qo'qonda o'lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarining 1 favqulodda qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin kishi ishtirok etdi. Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va ma'naviy madad ko'rsatish shiori ostida o'tdi. Unda, Turkiston Muvaqqat Kengashi tarkibini musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga to'ldirish to'g'risida qaror qilindi. Qurultoy o'zining so'nggi ish kuni 27-dekabrda Petrogradga, Xalq Komissarlari Soveti Raisi V. I. Lenin nomiga telegramma yo'lladi. Unda Turkiston muxtoriyatini e'tirof etish, Toshkent Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni Turkiston muxtoriyati Muvaqqat Kengashiga topshirish to'g'risida farmoyish berish so'ralgan edi.
Lenin va uning safdoshlari esa ochiq va yashirin tarzda Toshkentda faoliyat yuritayotgan Turkistondagi sovet hukumati oldiga milliy muxtoriyatni tugatishni vazifa qilib qo'yganligi hech kimga sir emas. Turkistondagi sovet hokimiyati o'lka muxtoriyati faoliyatini cheklash, uni butunlay barham toptirishga qaratilgan xoinona yo'l tutdi. Bu manfur maqsadni amalga oshirish uchun sovetlar hokimiyati tasarrufida bo'lgan hamma vositalar ishga solindi. 1918—yil 19-26-yanvarda bo'lib o'tgan Turkiston o'lka sovetlarining IV syezdi Turkiston muxtoriyati hukumatini, uning a'zolarini qonundan tashqari holatda deb hisobladi va ularning boshliqlarini qamoqqa olishga qaror qildi.
Buning ustiga, Turkiston muxtoriyati o'zini o'zi yetarli darajada himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lolmadi. Muxtoriyatchilar orasida ko'pginamuhim hayotiy masalalardabirlik, hamjihatlik, jipslikmayjud emasdi. Unga moddiy, ma'naviy hamda harbiy, moliyaviy madad ko'rsata oladigan real kuchlar va imkoniyatlar yo'q edi. 1918-yil 18-fevralda «Ulamo» jamiyati tashabbusi bilan Muxtoriyatda to'ntarish sodir etildi. Mustafo Cho'qayev boshchiligidagi hukumat ag'darildi. Hukumat boshqaruvi Qo'qon shahar militsiyasi boshlig'i Kichik Ergashga o'tadi.
Turkiston sovet hukumati 1918-yil 14-fevralida Farg'ona viloyati hududida favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo'qondagi mahalliy hokimiyati - ishchi va askar deputatlari soveti 17 -fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo'lishga da'vat qildi. Ayni vaqtda, Toshkentdan Perefilev boshchiligida qurollangan ko'p sonli qizil qo'shin olib kelindi va ular darhol ishga solindi. Qo'qondagi ashaddiy millatchi arman dashnoqlari1 ham bu bosqinga jalb qilindi. Ayniqsa, 19-21-fevral kunlari Qo'qon xalqi ustiga balo-qazo yog'ildi. Shahar o't ichida yondi. Shu tariqa, Turkiston Muxtoriyati mag'lubiyatga uchradi.
Eng dahshatlisi sluki, bu xunrezlik lagida hech bir gunohi bolmagan ming-minglab Qo'qon fuqarosi mislsiz jabr tortdi, behisob qurbonlar berdi. Qo'qonda sovetlar sodir etgan qonli fojiani sovel davlati arboblaridani biri D. Manjara keyinroq shunday e’tirof etgandi: "Milliy siyosatda yo'l qo'yilgan xatolarimiz tufayli Qo’qon muxtoriyati vujudga keldi. Uni yo'qotish paytida yana bir xatoga yo'l qo'ydik. Qurol-yarog'i deyarli bo'lmagan muxtoriyatchilar joylashgan eski shaharni qamal qilish o’rniga, biz to'plardan o'qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli tlo'dalarini ishga soldik. Nalijada, talon-taroj, nomusga tegish, qirg’in boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo'lmagan tinch aholi katta zarar ko'rdi".
Sovet hokimiyati o'zining avvaldan rejalashtirgan sotsialistik yobnalishdagi iqtisodiy va siyosiy qayta qurishlar yo'lini izchil amalga oshirishga kirishdi. Chunonchi, yer to'g'risidagi dekret asosida yerga bo'lgan xususiy mulkchilikni tugatish boshlandi. Shu maqsadda joylarda yer qo'mitalari tuzildi. Jumladan, 1918-yil kuzida Sirdaryo viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Yettisuvda 25 ta shunday qo'mitalar tashkil etildi. Biroq dehqonlar sovet ma'murlarining yer qo'mitalarini tuzish harakatini keskin norozilik bilan qarshi oldilar. Shunga qaramasdan, bolsheviklar bu yo'lni qat'iy amalga oshirishda davom etdilar. Buning natijasida, o'lkadagi ko'plab yirik mulklar, xususiy yerlar musodara etildi va davlat tasarrufiga o'tkazildi.
TASSRning tuzilishi. Sovet hukmdorlarining yana bir hiylakorligi va ustamonligi shunda ko'rinadiki, ular Turkiston muxtoriyati tajribasidan muhim xulosa chiqarib, bu hududda o'ziga xos sovet muxtor respublikasini tuzish yo'lini tutdilar. Bundan ko'zda tutilgan bosh maqsad - Turkistonning kelajakda mustaqil, suveren davlat bo'lib, ajralib chiqib ketishiga izn bermaslik edi. Sovetlar ishlab chiqqan rejaga ko'ra, 1918— yilning 20- aprelidan 1-mayigacha Toshkentda bo'lib o'tgan o'lka Sovetlarining V qurultoyida Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi (TASSR) tuzildi va RSFSR tarkibiga kiritildi. Sinfiylik tamoyillariga asoslangan o'ziga xos davlat boshqaruvida hokimiyat funksiyalari butunlay sovetlar va ularning organlari ixtiyorida edi. Qurultoyda respublikaning hokimiyat organlari: Markaziy Ijroiya Qo'mitasi (M1Q) va Xalq Komissarlari Soveti (XKS) saylandi. MIQning jami 36 a'zosidan atigi 9 nafari mahalliy millat vakillari edi. Avtonom respublika MIQning raisi etib bolshevik P. A. Kobozev saylandi, Bolshevik F. I. Kolesov boshchiligida 16 kishidan iborat tuzilgan XKS tarkibiga ham 3 nafar mahalliy aholi vakillari kiritilgan edi, xolos.
1918-yil iyunda 2 ming nafar bolsheviklarni o'z safida birlashtirgan Turkiston Kompartiyasi tuzildi. 1919-yil martda Turkiston Kompartiyasi huzurida Turor Risqulov raisligida O'lka musulmonlari byurosi tuziladi. Musbyuroning organi - «Ishtirokiyun» gazetasi nashr etila boshlandi, unda Turkiston ma'murlarining shovinistik siyosati fosh etila bordi.
1918-yil oktabrda bo'lgan o'lka sovetlarining VI qurultoyida TASSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda Turkistonni RSFSRning "ajralmas, tarkibiy qismi" ekanligi, o'lka xalqlarining barcha hayotiy masalalari uning mas'ulligida ekanligi qonunlashtirildi.
Turkistonda sovet hokimiyatining tobora kuchayishi, uning yakka-hukmronligining ortib borishi, o'lka hayotining hamma jabhalarining qattiq markazlashtirilishi, qattiqqo'l iqtisodiy tadbirlarning o'tkazilishi faqat mahalliy aholi qatlamlarining keskin noroziligiga sabab bo'lib qolmasdan, boshqa siyosiy muxolifatchi kuchlarni ham harakatga keltirdi. 1919—yil 19-yanvardaharbiy komissar K.Osipov uyush-tirgan isyon natijasida Toshkentda 14 nafar Turkiston xalq komis-sarlarining otib o'ldirilishi ham buning aniq ifodasi bo'lgandi. Ammo tezlikda o'zlarini o'nglab olishga ulgirgan bolsheviklar vaziyatni o'z foydalariga o'zgartirib, sovet hokimiyatini yana saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Hokimiyat organlari yangi kadrlar bilan to'ldirildi. Rahbarlik lavozimlariga mahalliy millat vakillari ham jalb etila bordi.
Moskva sovet Turkistonida o'z ta'sirini kuchaytirish, uni har tomonlama o'ziga qaram qilish maqsadida 1919-yil kuzida Toshkentga alohida favqulodda vakolatlar berilgan Turkkomissiya (Sh. Eliava - rais, V. Bokiy, F. Goloshchekin, V. Kuybishev, M. Frunze, Ya. Rudzutak)ni yubordi. Uning zimmasiga katta vazifalar yuklangan edi. Uning butun faoliyati TASSR sovet va partiya qurilishi ishlarini jadal sur'atlar bilan olib borish, yangi tuzumni chuqur ildiz ottirish edi. TASSR hayotida kechayotgan barcha ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan bog'liq eng asosiy masalalarning birortasi ham Turkkomissiya a'zolarining izmisiz hal etilmas edi.
Bu davrda mahalliy xalq orasidan chiqqan, sovet va partiya qurilishida ancha tajriba orttirgan, chiniqqan T. Risqulov, N. To'raqulov, A. Rahimboyev, N. Xo'jayev, Q. Otaboyev, A. Ikromov, S. Segizboyev kabi yurt arboblari u yoki bu rahbarlik mansablarida faoliyat yuritgan bo'lsalar-da, ammo ularning inon-ixtiyori moskvalik hukmdorlar tizginida bo'lgan. Xullas, Turkkomissiya siymosida TASSR hayotida zo'rlik bilan qaror topdirib borilayotgan bolsheviklar diktaturasining asl mazmun-mohiyati mujassamlashgan edi.
Dostları ilə paylaş: |