4. Urushdan keyingi yillarda O'zbekiston qishloq xo'jaligi, paxta yakkahokimligi
Garchi ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari sovetlar mam-lakati foydasiga hal bo'lib, bundan keyin uning xalqlari oldida ijtimoiy taraqqiyotning yangi marralari ochilgandek ko'rinsa-da, biroq tez orada totalitar tuzumning ularga zug'umi, zo'ravonligi, ta'sir-tazyiqi yangidan kuchaya bordi. O'zbekiston iqtisodiyotini bir tomonlama rivojlantirish, uni mamlakatning asosiy paxta bazasiga aylantirish, bu hududda paxta yakkahokimligini kuchaytirish ~ Ittifoq hukmdor-larining bosh maqsadiga aylandi. SSSR XKS va VKP (b) MQning 1945— yil 15-iyuldagi "O'zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada rivojlantirish choralari to'g'risida" gi va SSSR XKSning 1946— yil 2-fevraIdagi "3946-1953— yillarda O'zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish rejasi va tadbirlari to'g'risida" qabul qilgan qarorlari ham shu maqsadga qaratilgan edi. Tub aholi manfaatlariga hamohang bo'lmagan, paxta yakkahokimligini kuchaytirishga yo'nalgan bu qarorlar O'z KP MQning 1945— yil sentabrida bo'lgan XII plenumida muhokama etilib, ijro etish uchun qabul qilindi.
O'zbekiston xalq xo'jaligini rivojlantirishga mo'ljallangan mab-lag'larning katta qismi paxtachilikka ajratildi va u bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarga sarflandi. Respublika traktor parki sezilarli ko'paydi, kolxozlarga texnik xizmat ko'rsatuvchi MTS lar soni 245 taga yetdi, ulardagi traktorlar soni 1950— yilda 29,5 mingtani, paxta terish mashinalari soni 3617 tani tashkil etdi.
Respublika qishloq xo'jaligining yuk avtomobillar parki 1950— yilda 7934 ta yuk avtomobillari va avtosisternalarni tashkil qildi. 1950—yilga kelib amalga oshirilgan muhim tadbirlardan yana bin, bu mavjud jamoa xo'jaliklarining yiriklashtirilishi bo'ldi.
O'zbekiston SSRda 1777 ta mayda koixozlar o'rniga 752 ta yirik kolxozlar tashkil etildi. Hukmron sovet mafkurasining zo'rberib yurl odamlari O'rtasida soxta vatanparvarlik, mehnatsevarlik, fidoyilik g'oyalarini yoyishi, doimiy mehnat safarbarligining o'tkazilishi va shu singari zo'rma-zo'raki tadbirlar natijasida respublikada paxtachilik va boshqa sohalar butun choralar bilan rivojlantirib borildi. Agar 1940—yilda gektaridan 14,9 s. paxta hosili olingan bo'lsa, 1950— yilda respublika paxtakorlari 2282,4 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirdilar, hosildorlik gektariga 20,1 m tashkil qildi.
50— yillardan boshlab Markaz amri bilan respublika mehnat ahlining butun e'tibori taqir va bo'z ycrlarni o'zlashtirish va u yerlarda paxtachilik xo'jaliklarini yangidan tashkil etishga qaratildi. Sobiq KPSS MQ va SSSR Ministrlar Sovetining 1956— yilgi "paxta yetishtirishni ko'paytirish uchun O'zbekiston SSR va Qozog'iston SSRdagi Mirzacho'l qo'riq yerlarini sug'orish to'g'risida"gi, 1958— yilgi "O'zbekiston SSR, Qozog'iston SSR va Tojikiston SSR dagi Mirzacho'lni sug'orish va o'zlashtirish ishlarini yanada kengaytirish va jadallashtirish to'g'risida"gi qarorlariga asosan Mirzacho'lda katta maydonlarda qo'riq yerlarni o'ztashtirish ishlari olib borildi.
Yangi yerlarni o'zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo'jalik binolari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan birga o!ib borildi. 1956-65— yillarda Mirzacho'lda 84 ming gektar yangi yer o'zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bitta bog'dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil etildi. Shu yillarda o'zlashtirilgan joylarda 456 ming kv. metr turar joy binolari, o'nlab maktablar, bolalar bog'chalari, kasalxonalar, oshxonalar, madaniy maishiy muassalar barpo etildi. 170 kmli temir va 759 km avtomobil yo'llari qurildi, 637 km elektr liniyalari o'tkazildi, xo'jaliklar, turar joy binolari gazlashtirildi. Mirzacho'l yerlarini sug'orish, meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho'l kanali qurildi. 1957— yilda Yangiyer va 1961— yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1963— yil 16-fevralda markazi Guliston shahri bo'lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi. Viloyatda paxta ekiladigan yer maydonlari 1956— yildagi 130 ming gektardan 1965— yilda 211 ming gektarga, paxta xomashyosi yetishtirish esa 243 ming tonnadan 441 mingtonnaga ko'paydi.
Markaziy Farg'ona, Qoraqalpog'iston ASSR, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug'oriladigan yerlarni kengaytirish, irrigatsiya quriiishi ishlari keng ko'lamda olib borildi. Qoraqalpog'istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushdi. Buxoro viloyatida 1963—yilda Amu-Qorako'l mashina-kariali, 1965—yilda Amu-Buxoro mashina-kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada, Buxoro viloyatida 90 ming gektar yer, jumladan, 26 ming gektar yangi yer maydonlari sug'oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo'ldi.
1953-1963— yillarda Markaziy Farg'ona cho'llarida 72,4 ming gektar yer o'zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi.
50-60— yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg'ona, Pachkamar, Chorvoq, Quyimozor, Janubiy Surxon, Chimqo'rg'on, Toshkent, Ohangaron suv omborlari, suvdan tejab foydalanish maqsadida 545 km beton ariqlar qurildi.
Sobiq KPSS MQning 1966— yil may plenumining meliorativ ishlarni kengaytirish haqidagi qarori O'zbekistonda yangi yerlarni o'zlashtirsh va sug'orish ishlarini yanada kengaytirshga asos bo'ldi.
Jizzax cho'Iida 70 ming gektardan ko'proq yangi yerlar o'zlashtirildi. O'zlashtirilgan yerlarda Mirzacho'f (1967), Do'stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyolkalar bazasida Paxta-kor(1974), Do'stlik(1974), Gagarin (1974), Ulyanovsk 1974), Ilich (1980) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho'Iida 1454 ming kv/metr turar joy binolari, 21,9 ming o'rinli maktablar, 6800 o'rinli bolalar bog'chalari, klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi. 1973— yilda Jizzax viloyati tashkil etildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg'ona, Samarqand, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpog'iston ASSRda ham suv xo'jaligi, yangi yerlar o'zlashtirish ishlari keng miqyosida olib borildi. 70- yilfarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo'yin, Kampirrovot daryosi bo'yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatida Dehqonobod suv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa kanallar qurildi.
Shunday qilib, O'zbekiston hududida 1946-65— yillarda qariyb 600 ming gektar yangi sug'oriladigan yerlar ishga tushirilgan bo'lsa, 1966-85— yillarda 1,6 million gektar yangi yerlar o'zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985— yilda 10 milliard kubometr suvni to'plovchi 23 suv ombori, 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug'orish tarmog'i, 92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O'zlash-tirilgan qo'riq yerlarda 160 sovxoz tashkil etildi. 7,7 mln kv m turar-joy, 37 ming o'rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102 ming o'rinli umumta'lim maktablari barpo etildi.
Qishloq xo'jaligining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Xo'jaliklarni elektr energiyasi bilan ta'minlash, ularga traktorlar va boshqa qishloq xo'jalik mashinalari, mineral o'g'itlar yetkazib berish ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985— yilda kolxoz va sovxozlarda 189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinasi va boshqa turdagi texnika vositalari bor edi.
Cho'llarni o'zlashtirish uchun ming-minglab odamlar safarbar etildi. Bu joylarni obodonlashtirish, paxta plantatsiyalarini ko'pay-tirish uchun yuz minglab aholi oilalari bilan yashab turgan so'lim maskanlarini tashlab, majburan ko'chirildi. Qanchadan qancha yoshlar, yigit-qizlar komsomol yo'Uanmasi bilan bu dasht-biyobonli yerlarga kelib, og'ir mehnat mashaqqatini chekib, davlatga ko'proq "oq oltin" yetkazib berish uchun ter to'kdilar. Respublikada paxta yakkahokimligining kuchayib borganligi faktini shunda ko'rish mumkinki, agar 1950— yilda 1,1 mln gektar yerga g'o'za ekilgan bo'lsa, 1985— yilga kelib bu ko'rsatkich 2 mln gektargacha yetdi. Paxta xomashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan 5,4 mln. tonnaga ko'paydi. Hosildorlik har gektar hisobiga 20,1 s. dan 27,0 s. ga ko'tarildi.
Respublika qishloq xo'jaligida paxta yetishtirish salmog'ining ortib borishi davomida o'zbek halqi nomini ne zamonlar dunyoga mashhur qilgan muhim ziroatchilik sohalari: shirin-sharbat meva, poliz, sabzavot, sohibkorlik, donchilik va boshqa mahsulotlar yetishtirish asta-sekin kamayib, qisqarib bordi. Eng achinarlisi shuki, xalqi-mizning azaliy mashg'uloti samarasi bo'lgan bu xil mahsulotlarning ko'pi bora-bora respublikamizga chetdan keltiriladigan bo'lib qoldi. Masalan, bug'doy, arpa yetishtirish imkoniyati katta bo'lgani holda, uni ekish uchun sug'oriladigan yerlar ajratilmas, shu bois bu ekin turlari asosan lalmikor yerlarda yetishtirilardi. Hosildorlik ham gektar boshiga atigi 5-8 sentnerni tashkil etardi, xolos. 1985— yilda respublika bo'yicha atigi 387,9 ming tonna g'alla yetishtirilgan. Bu Lining ehtiyojini mutlaqo qanoatlantirmas edi, albatta. Chorvachilik, parandachilik, baliqchilik sohalarini rivojlantirishda respublikaning imkoniyat darajasi qanchalik keng va va katta bo'lmasin, biroq bular ham sovetlar davrida yetarli foyda va daromad bilan ishlaydigan xo'jalik tarmoqlariga aylana olmadi.
Buning ustiga paxta maydonlarining meliorativ holatini yax-shilash, obi-hayot bilan ta'minlash borasida ham jiddiy muam-molar kelib chiqib, ularning yillar davomida hal etilmay kelishi esa ko'plab noxush hollarning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Atrof-muhitning buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, kasallik turla-rining ortishi, erlarning kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi kabi holat vujudga keldi.
Ekin maydonlarining surunkali zararli kimyoviy o'g'itlar, aralash birikmalar bilan ishlanishi, nafaqat, yerlarni yaroqsiz holatga, tuproq eroziyasiga olib kelib qolmasdan, balki ayni paytda ming-minglab dala mehnatkashlarining umriga ham zavol bo'ldi, son-sanoqsiz kasalliklarning vujudga kelib, keng tarqalishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |