Ishlari vazirligi


O'zbekiston sanoati va qishloq xo'jaligi front xizmatida



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə61/113
tarix31.12.2021
ölçüsü1,08 Mb.
#113500
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
Ishlari vazirligi

2. O'zbekiston sanoati va qishloq xo'jaligi front xizmatida

Sanoat. Respublika sanoati urush manfaatlariga moslashtirilgan holda jadal rivojlantirildi, yangi tarmoqlar yaratildi. 1941— yil oxirlarida O'zbekistonning 300 sanoat korxonasi faqat harbiy mah-sulot bera boshladi.

Respublika sanoat korxonalari quvvatining kengayishi, yangidan qurilgan zavodlarning ishga tushirilishi elektr energiyasi va yoqilg'i ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi. O'zbekiston partiya va hukumati Ittifoq hukumatiga xat yo'llab bu muammoni hal etishda ko'mak so'radi. Tez orada 1942- yil 10-noyabrda VKP (b) MQ va SSSR Xalq Komissarlari Soveti «O'zbekiston SSRda beshta gidroelektr-stansiya qurilishi to'g'risida» qaror qabul qildi. O'zbekistonda metallurgiya zavodi qurish, ko'mir va neft qazib olishni ko'paytirish tadbirlari ham belgilandi.

1943— yilda O'zbekistonda eng yirik gidroelektrstansiya - Farhod GESi qurilishi boshlandi, qurilish zarur materiallar va ishchi kuchi bilan ta'minlandi. Farhod qurilishi umumxalq qurilishiga aylandi, binokorlik ishlari hashar yo'li bilan bajarildi. 10 oylik fidokorona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi.

Urush yillarida Bo'zsuv daryosi o'zanlarida Tovoqsoy, Oqqovoq, Salar, Quyibo'zsuv, Oqtepa, Qibray GESlari, shaharlar va yirik korxonalar yonida kichik G ESlar ishga tushirildi. O'zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2,5 baravarga, ya'ni 1940— yilgi 462 mln kilovatt soatdan 1945— yilda 1187 mln kilovatt soatga ko'paydi. Urush davrida «Angrenugol» ko'mir konida yana uchta shaxta va ochiq usulda ko'mir qazib olinadigan karyer bunyod etildi. O'zbekiston va Qirg'iziston chegarasida Qizilqiya ko'mir koni foydalanishga topshirildi.

1940— yilda O'zbekistonda atigi 3,4 mln tonna ko'mir qazib olingan bo'lsa, 1945— yili 103 mln tonna, ya'ni 30-marta ko'proq ko'mir qazib olindi.

Neft mahsulotlari ishlab chiqarishni keskin ko'paytirish tadbirlari ko'rildi. Neft-geologiya qidiruv tresti, neft tarmog'i qurilish montaj tresti, neft qazib oluvchi 2 ta trest, neft qazib chiqarish asbob-uskunalarini ta'mirlash zavodi, neft mashinasozligi zavodi barpo etildi. Farg'ona vodiysida ishlab turgan «Andijon», «Polvontosh», «Changartosh», «Chimyon» neft konlarida mahsulot ishlab chiqarish kuchaytirildi. Yangi neft konlari, neftni haydash zavodi ishga tushirildi. Urush yillarida Respublikada neft ishlab chiqarish 4 marta ko'paydi va 1945— yilda 478 ming tonnadan ortdi.

G'arbdan ko'chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta stanok-sozlik, to'qimachilik va mashinasozlik korxonalari tashkil etildi. Urushdan oldin qurilgan respublikamizdagi ko'pgina zavodlar ham turli harbiy asbob-uskunalar, mashinalar, jangovar texnika ishlab chiqarishga moslab qayta qurildi.

O'zSSRXKS 1942— yil 17-iyunda Bekobodda metallurgiya zavodi qurish to'g'risida qaror qabul qildi. Metallurgiya zavodini qurish butun respublika mehnatkashlarining zarbdor ishiga aylandi. Sanoat korxonalari zarur mutaxasislar bilan, kolxoz va sovxozlar ishchi kuchi bilan ta'minlashdi. Zavod qurilishida 30 mingdan ko'proq kishilar ishtirok etdilar. O'zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi J944— yil 5-mart kuni dastlabki metall mahsulotlarini bera boshladi va tez kunlarda zavodning birinchi navbati, 1945— yil fevraldan ikkinchi navbati ishga tushirildi.

Geologik-qidiruv ishlari natijasida ko'plab qora va rangli metall konlari ochildi. Urush yillaridayoq Langar, [ngichka, Qo'ytosh, Qoratepa, Olmaliq rangli metall konlari, Oqtosh boksit koni o'zlash-tirildi. Ulardan qazib olingan volfram, molibden, mis, alyumin va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash bilan bog'liq korxonalar qurildi.

Urush yillarida kimyo, qurilish materiallari sanoati, to'qimachilik va poyabzal sanoati, oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Faqat 1943— yilda 12 ta yog' zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi.

Urush yillarida O'zbekistonda hammasi bo'lib 280 ta yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari -aviatsiya, stanoksozlik, og'ir mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlari vujudga keldi.

Sanoatchilarimizning fidokorona mehnati tufayli O'zbekiston Sovet Armiyasimng qurol-aslahaxonasiga aylandi. O'zbekiston frontga 2090 samolyot, 17342 aviamotor, 2318 ming aviabomba, 1,7 mingdan ortiq minomyot, 22 mln. mina, 560 ming snaryad, milliontacha granata, 330 ming parashyut, harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming km dan ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon kabellari va boshqa mahsulotlar yetkazib berdi. Bu o'zbekistonliklarning fashist bosqinchilarini tor-mor etishga qo'shgan ulkan hissasi sifatidajahon tarixidan munosib o'rin oldi.

Transport va aloqa. Respublikamizda transport va aloqa vositalarining to'xtovsiz va samarali ishlashini ta'minlashga e'tibor berildi. 1943— yil 25-yanvarda «Toshkent temiryo'li ishi to'g'risida» maxsus qaror qabul qilindi. Temir yo'l harbiy holatga o'tkazildi, unda ishlovchilar safarbar etilgan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiq intizomga rioya etish majbur qilib qo'yildi.

1941-1945— yillarda temir yo'llar 2 barobar uzaydi. Toshkent-Angrenugol, Boysun-Otquloq-Turangli, Toshkent tovar stansiyasi temir yo'llari qurilib ishga tushirildi. Respublika avtotransportida tashilgan yuklar hajmi 1945— yilda 1940— yilga nisbatan 2,5 barabar o'sib, 2116 ming km tonnadan 5139 ming km tonnaga yetdi.

Aloqa, telefon, telegraf xodimlari ham urush talablariga moslashib ishladilar. Aloqa xodimlari O'zbekistonni Markaz bilan, Respublika rahbariyatini viloyat, shahar, tumanlar, yuzlab sanoat korxonalari bilan aloqasini yo'lga qo'ydilar. Toshkent-Samarqand-Ashxobod, Toshkent-Samarqand-Boku, Toshkent-Samarqand-Krasnovodsk, Toshkent-Samarqand-Buxoro telefon aloqa yo'llari qurildi. 1943— yilda qurib ishga tushirilgan 500 kilometrlik telefon yo'li Respublika poytaxtini Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston bilan bog'ladi.

Yirik korxonalarning o'zlarida ham 50-100 o'rinli telefon stansiyalari qurildi. Natijada xo'jaliklarga rahbarlik qilish, ularga o'z vaqtida ko'maklashish ishlari yaxshilandi.

Qishloq xo'jaligi. Urush respublika qishloq xo'jalik xodimlarini qattiq sinovdan o'tkazdi. Ular oldida sanoatni xomashyo bilan, aholini oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan uzluksiz ta'minlashdek ulkan, murakkab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligi shundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloq xo'jaligi asosan paxta yetishtirishga yo'naltirilgan bo'lib, oziq-ovqat mahsulotlari ittifoq fondidan keltirilar edi. Urush boshlangach, oziq-ovqa keltirish to'xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlar topish zarur bo'lib qoldi. Ikkinchidan, ko'chirilib keltirilgan aholi hisobiga shaharlar aholisining ko'payishi oziq-ovqatga bo'lgan talabni yanada oshirdi. Uchinchidan, kuch-quvvatga to'lgan dehqonlar frontga va harbiy sanoatda ishlashga safarbar etilgan, dehqonchilikning mashaqatli ishlari keksalar, ayollar, o'smirlar zimmasiga tushgan edi. To'rtin-chidan, MTS va sovxozlarga G'arbdan yangi traktorlar, qishloq xo'jalik mashinalari va ularga ehtiyot qismlar keltirish to'xtab qoldi. Bugina emas, xo'jaliklardagi traktorlar, otlarning bir qismi Qizil Armiya ehtiyojlari uchun frontga olib ketildi.

Urush yillarida respublika dehqonchiligining tarkibiy tuzilishi keskin o'zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoq sifatida saqlab qolgan holda, don, qand lavlagi, kanop, pilla, sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish tadbirlari ko'rildi. Birinchi navbatda ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish, irrigatsiya quvvatlarini oshirish tadbirlari ko'rildi.

O'zKP(b) MQning birinchi kotibi Usmon Yusupov 1941— yil dekabrda bo'lgan MQning V Plenumida O'zbekistonda g'alla masalasini hal qilish, o'zimizni-o'zimiz un-non bilan ta'minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi. Don ekiladigan, sug'oriladigan yer maydonlari kengaytirildi. Zarang yerlar, qo'riqlar, lalmikor yerlardan ham foydalanildi. 1942— yilda 1408,1 ming gektar, 1943— yilda 2090,2 ming gektar yerga g'alla va dukkakli ekinlar ekildi. Natijada, don mahsulotlarini yetishtirish ko'payib, 1941— yilgi 4,8 mln. s. o'rniga 1943— yilda 5,3 mln. s. don olindi.

Qishloq xo'jaligida O'zbekiston uchun yangi tarmoq - qand lavlagi yetishtirish yo'lga qo'yildi. Samarqand, Farg'ona, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari lavlagi yetishtirish bo'yicha ixtisoslashtirilib, 1942— yildayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gektardan ortiqroq hosildor yerlarga qand lavlagi ekildi. Respublika bo'yicha 1944— yilda davlatga 1 mln. 373 ming ts., 1945— yilda esa 1 mln. 646 ming s. qand lavlagi topshirildi. Qand lavlagini qayta ishlash, shakar-qand ishlab chiqarish uchun Zirabuloq, Krasnogvardeysk, Qo'qon, Yangiyo'l qand zavodlari qurildi. Urush yillarida O'zbekiston butun Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning to'rtdan bir qismini berdi. Respubfikamiz qishloq xo'jaligi xodimlari urush yillarida davlatga 4 mln. 806 ming tonna paxta xomashyosi, 1282 ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482 ming tonna kartoshka va sabzavot, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonna go'sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar.

Urush yillarida ishchi va dehqonlar o'rtasida o'zaro hamkorlik, yordam yanada mustahkamlandi. Ular mustahkam jipslashib front-ni moddiy jihatdan ta'minlash orqali dushman ustidan qozonilgan g'alabaga salmoqli hissa qo'shdilar. O'zbekiston xo'jalik xodimlari urush yillarida dushmandan ozod etilgan viloyat, shahar, tuman, xo'jalik-larini qayta tiklashga ham ko'maklashdilar. Rossiya g'arbiy viloyatlari, Ukraina, Belorussiyada ko'plab korxonalar, temir yo'llar, kolxoz va sovxozlarni tiklashga moddiy jihatdan ham, mutaxassislarni safarbar etish yo'li bilan ham yordam berildi.




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin